Jahon tarixi 11 1-§. "Sovuq urush"ning boshlanishi



Download 0,91 Mb.
bet43/112
Sana02.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#524737
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   112
Bog'liq
21 11-JAHON TARIXI

1997-yil martda Albaniya janubida sotsialistlar rah­barligida qo’zg’olon ko’tarildi. Tez orada u umumxalq miqyosiga yetdi. Qo’shin prezidentni himoya qilishdan voz kechdi, Berishu mamlakatdan qochdi. Fato Nano va uning izdoshlari qamoqdan ozod etildi va sotsialistlar hokimiyatga keldi. Biroq, 1999-yil bahorida mamlakat Kosovada etnik mojarolarga jalb etildi, undan serblar etnik albanlarni quvib chiqara boshladi, 440 ming kishi Albaniyaga qochib o’tdi. Mamlakat bosh vaziri etib sotsialist Ilir Meta saylandi. U mamlakat iqtisodiyotini yangilash, jinoyatchilikni tugatish, yuridik va soliq tizimini isloh qilishga urindi, biroq o’z siyosiy raqiblarining qarshiligi­ga duch keldi va 2002-yil iste’foga chiqishga majbur bo’ldi. 2002-yil iyundagi prezidentlik saylovlarida sobiq general Alfred Moisiu g’alaba qozondi, uni sotsialistlar ham, demokratlar ham qo’llab-quvvatladi. Fato Nano mamlakat bosh vaziri bo’ldi. Qariyb 10 yil mobaynida Albaniya iqtisodiyoti turg’unlikni boshidan kechirdi. Aholining 25% ishsizlardir. Mamlakatda norozilik bosh­landi.
20-§.YUGOSLAVIYA:RIVOJLANISHYO’LlNING ZIDDIYATLARI
Yugoslaviya urush tufayli 1,7 million kishi yo’qotdi. Bu - Angliya, Fransiya, AQSHda jami halok bo’lganlardan ham ko’p. Bosqinchilar ko’plab metallurgiya, kimyo, to’qimachilik sanoati korxonalarini yo’q qildi yoki ishdan chiqardi, ko’priklarni portlatdi, 223 shaxtani, barcha temir yo’llarni buzib tashladi yoki zarar yetkazdi. 1945­ yilning aprel-mayida Serbiya, Xorvatiya, Makedoniya, Chernogoriya, Bosniya va Gersogovina, Sloveniya huku­mati tuzildi. Yugoslaviyada yangi davlat apparati tashkil topdi. 1945-yil martda Iosif Broz Tito Belgradda Yugoslaviyani ozod etish milliy qo’mitasi vakillaridangi­na iborat hukumatni shakllantirdi. Ta’sis skupshinasiga saylovlar kommumstlar nazorati ostiga o’tdi. 1945-yil 29-noyabrda Ta’sis skupshinasi monarxiyani bekor qildi va Yugoslaviyani Federativ Xalq Respublikasi (YFXR) deb e’lon qildi. 1946-yil 31-yanvarda Skupshina yangi kons­titutsiyani tasdiqladi. Yugoslaviya olti teng huquqli respublika - Serbiya, Xorvatiya, Sloveniya, Bosniya va Gersogovina, Makedoniya, Chernogoriyani birlashtiruv­chi federatsiya deb e’lon qilindi. Serbiya tarkibida mux­tor o’lka Voyevodina va muxtor viloyat Kosovo ­Motoxiya tashkil etildi. O’z mavqeini mustahkamlagan kompartiya (YKP) muxolif siyosiy tashkilotlarni tugatdi. Londondagi muhojir hukumatning sobiq mudofaa vaziri Draje Mixaylovich gitlerchilar bilan hamkorlikda ayblanib, otib tashlandi. Sloven kollaboratsionistlari (fashistlarga xizmat qilgan vatan xoinlari) yo’lboshchisi Ruinikov taqdiri ham shunday bo’ldi. Shu tariqa mamlakatdagi siyosiy ahvol bar­qarorlashdi. 1945 yil avgustda islohot o’tkazildl. Eng ko p, ya’ni 25-35 ga yer egaligi belgilandi. Hamma yirik yer mulklari, shu jumladan, monastir, cherkov, bank yerlari to’lovsiz davlat yoki xususiy dehqon qo’liga o’tdi. Hammasi bo’lib 1,566 ming gektar yer musodara qilindi. Ularning yarmidan ko’pini dehqonlar, 270 ming gektar yerni davlat oldi. Agrar islo­hot natijasida zamindorlar yer mulklari tugatildi. Iqtisodiy o’zgarishlarning keyingi bosqichi sanoatda­gi xususiy mulkchilikni tugatish bo’ldi. Yirik va o’rta burjuaziya tugatildi. 1946-yil fevralda ittifoq reja komissiyasi tashkil etildi, yillik va besh yillik rejalarga tayyorgarlik ko’rildi. Yugoslaviyada iqtisodiy bunyodkorlik muvaffaqiyatli boshlandi. 1947-yilga kelib urushgacha bo’lgan darajaga keldi. 1947-1951-yillarda birinchi besh yillik reja amal­ga oshirildi. Uning asosiy vazifalari Yugoslaviyani in­dustrlash va ektrlashtirish, qoloq agrar davlatdan industrial-agrar mamlakatga aylantirish edi. Yangi sanoat korxonalari, elektrostansiyalar, katta yo’llar qurila boshlandi, sanoatning yangi tarmoqlari, asosan og’ir sanoat barpo etildi.
Mamlakatda ta’lim bepul bo’ldi: maktab cherkovdan ajratildi; yangi o’quv muassasalari yuzaga keldi; savod­sizlikni tugatishga kirishildi. Iqtisodiy va madaniy rivojlanish rejalarining amalga oshirilishida SSSR yordami katta rol o’ynadi. 1945-yil 11-aprelda I. Broz Titoning Moskvaga tashrifi chog’ida do’stlik, o’zaro yordam va urushdan keyingi hamkorlik haqida shartnoma imzolandi. Biroq SSSR va Yugoslaviya o’rtasidagi mu­nosabatlar buzildi va dushmanlik darajasiga yetdi. Mojaroning asosi ikki davlat siyosatidagi ulug’ ­davlatchilik tendensiyalari edi. Yugoslaviya rahbariyati Bolqon yarimorolida rahbarlik roliga da’vogarlik qildi. U Albaniya hududiga yugoslav aviapolkini joylashtirishga urindi, barcha Bolqon mamlakatlari kirishi lozim bo’lgan Bolqon federatsiyasini tuzish bo’yicha keng faoliyat olib bordi. Yugoslaviya hukumatining ko’plab tashqi siyosiy tadbirlari sovet hukumati bilan kelishmay amalga oshirildi. Zero, Yugoslaviya va SSSR o’rtasida o’zaro manfaatlarni ifodalovchi barcha muhim xalqaro masalalar bo’yicha ikki tomonlama maslahatlar haqida protokollar imzolangan edi. Bu hol Stalinning jig’iga tegdi. Uning shaxsiga sig’inish sharoitida ittifoqchilar siyosatidagi mustaqil­likning bunday namoyon bo’lishi mavjud muammolarni sun’iy mushkullashtirish va yangilarining yuzaga kelishi­ga sabab bo’ldi. Yugoslaviyadan sanoat korxonalari va harbiy obyektlar qurilishida yordam bergan sovet muta­xassislari chaqirib olindi. 1949-yilning o’rtalaridan SSSR Yugoslaviya bilan iqtisodiy aloqalarni qariyb to’xtatib qo’ydi. Sharqiy Yevropa mamlakatlari ham shunday yo’l tutishdi. Bunga javoban YKP rahbariyati SSSRga qarshi targ’ibot kompaniyasini boshlab yubordi. KPSS mark­sizm-Ieninizmni taftish qilishga o’tish, gegemonlikda ayblandi. Bu kompaniya YKP VI syezdida, partiya Yugoslaviya kommunistlari ittifoqi deb qayta nomlan­ganda yuqori nuqtasiga yetdi. 1953-yildan, Stalin vafoti­dan so’ng ikki mamlakat o’rtasida diplomatik muno­sabatlar tiklandi. SSSR va boshqa sotsialistik mamlakatlar bilan munosabatlarning uzilishi yugoslav iqtisodiyotiga 50-yillar boshlarida og’ir ta’sir etdi. U kapital mablag’lar yetishmovchiligini boshdan kechirdi, ulkan qurilishlar to’xtab qoldi, malakali kadrlar yetishmadi. Bu sharoitlarda Yugoslaviya rahbariyati mamlakat iqtisodiy tuzilmasida tub o’zgarishlar amalga oshirishga qaror qildi. Iqtisodiy va siyosiy boshqarishning yang shakl, tuzilma va usullari ishlab chiqildiki, ular "o’z o’zini boshqarish sotsializmi" deb nomlandi. U bozor iqtisodiyotiga yaqin edi. Korxonalarga ishchi kengashlari rahbarlik qila boshladiki, ular o’zlari ishlab chiqarish rejalarini tuzishar, ularni amalga oshirishni nazorat etar, mehnat intizomi haqida g’arnxo’rlik qilar, korxonaning sof daromadini xodimlar o’rtasida taqsimlar edi. Mahalliy organlar demokratik asosda saylandi. Xalq qo’mitalari ikki palatadan iborat edi: biri butun aholi tomonidan, ikkinchisi - mahalliy miqyosda ishlab chiqarish masalalarini hal etuvchi ishlab chiqaruvchi kuchlar vakillari tomonidan saylanardi. Kolxozlar tarqa­tib yuborildi. Erkin savdo-sotiq, yerni ijaraga olish, yol­lanma ishchi kuchidan foydalanishga ruxsat berildi. Ayni paytda yerga egalik hajmi 10-15 ga miqdorida kamayti­rildi, bu yirik yer egaligi o’sishining oldini olish uchun qilindi. Partiya siyosiy va mafkuraviy ishlarni o’zida qoldirib, mamlakatning iqtisodiy va davlat hayotidagi bevosita tashkilotchi hamda rahbarlik rolidan voz kechdi. 1953 ­yilning yanvarida Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi, unga ko’ra YFXR ijtimoiy va siyosiy qurilishidagi o’zga­rishlar "o’z-o’zini boshqarish sotsializmi"ga muvofiq olib borildi. Davlat hokimiyatining oliy organi Ittifoq xalq skupshinasi bo’ldi. U ikki palata: Ittifoq vechesi va Ishlab chiqaruvchilar vechesidan iborat edi. Ittifoq xalq skupshinasi I.Broz Titoni mamlakat prezidenti va huku­mat rahbari etib sayladi. YFXR totalitarizmdan voz kechdi. 50-­yillar oxirlariga kelib sanoat ishlab chiqarishi hajmi urushgacha bo’lgan darajaga nis­batan 3 marta, qishloq xo’jalik mahsulotlari esa 40 foiz­ga o’sdi. Elektr energiya ishlab chiqarish va neft qazib chiqarish oshdi. Canoatning elektrotexnika, kimyo, me­tallurgiya sohalari mahsuloti ulushi tez o’sdi. 70-yil­lar boshlarida mamlakatdagi siyosiy ahvol murakkablash­di. Millatchilik kuchlari faollashdi. 1971-yilning kuzida Xorvatiyada yirik g’alayonlar yuzaga keldi. Ularning ishtirokchilari mustaqil davlat tuzilishini talab etdilar. 1974-yilning fevralida ittifoqdosh respublikalar huquqlarini cheklovchi mamlakat konstitutsiyasi qabul qilindi. Xorvatiya, Serbiya va Voyevodinada millatchilik harakatlari vakillari davlat organlari rahbarligidan chet­latildi. 1974-yilning mayida I.Broz Tito cheklanmagan mud­datga mamlakat prezidenti etib saylandi. Tez orada mamlakatda iqti­sodiy qiyinchiliklar boshlandi. Iqtisodiy o’sish sur’atlari pasaydi, inflyatsiya, narx-navo o’sdi. 1 millionga yaqin yugoslavlar Yevropaga ish qidirib ketdi. Aholining tur­mush darajasi pasaydi, bozorni eng zarur tovarlar bilan ta’minlashda uzilishlar boshlandi, ish tashlashlar ko’paydi. Iqtisodiy qiyinchiliklarning asosiy sababi ulkan qarz­ 1965-yilda Yugoslaviyada mamlakatni industr­lashtirish tugadi. Sanoat va qurilish birgalikda milliy daromadning 55 foizini berdi. Mashinasozlik sanoati keng rivojlandi, uning mahsulotlari jahon bozoriga chiq­di. 1962-yili Skopeda Bolqondagi eng yirik metallurgiya kombinati qurila boshladi. 1966-1970-yillardagi islohotlarga muvofiq dinor kursi o’zgartirildi, eksport va import bevosita korxo­nalarning o’zida, davlat tomonidan minimal nazorat etilgan holda amalga oshirildi. Islohotlar korxonalar huquqining kengayishiga olib keldi. Korxonalar ishi
jahon bozorida mahsulot sifati, rentabelligi, raqobatbar­doshligi bo’yicha belgilandi. Yangi korxonalar yangi ilg’or texnologiyalar bo’yicha qurildi. Sanoat rivojlanishi sur’atlari 80-yillar boshlariga kelib susaydi, biroq yugoslav sanoat mahsulotining sifati oshdi va mamlakat Yevropadagi iqtisodiy munosabatlarda sezilarli rol o’ynadi.
Mamlakatning g’arb mamlakatlariga qarz­dorligi 40 milliard dollarni tashkil etdi, Yugoslaviyada uni qoplash uchun manbalar yo’q edi.Yugoslaviyadagi siyosiy vaziyat ko’p jihatdan prezi­dent I. Broz Titoning shaxsiy obro’yi bilan bog’liq bo’ldi. U davlat va partiya rahbari, e’tirof etilgan xalq qahra­moni, fashizm va totalitarizmga qarshi kurashchi, Qo’shilmaslik harakatining rahbari edi. Uning ta’siri mamlakatda ham, xalqaro darajada ham yuqori bo’lib keldi. U davlat va partiyani boshqarish tizginini o’z qo’lida 35 yil ushlab turdi. Tito 1980-yil 4-mayda 88 yoshda vafot etib, o’zidan so’ng og’ir meros qoldirdi. Broz Tito (1892-1980)- YFXR hukumati raisi (1946-1963), Yugoslaviya prezidenti(1953-1980) 1948­-yildan mamlakatni rivojlantirishning o’z modelini ilgari surdi. SSSR yo’lidan voz kechdi. Qo’shiimaslik harakati yo’lboshchilaridan biri.
"Q’z-o’zini boshqarish sotsializmi" amalda samarasiz bo’lib chiqdi. Titodan so’ng o’z kuchiga ishonib xalq xo’jaligini rivoj­lantirishga tuzatishlar kiritish bundan keyingi mqirozli hollarga olib keldi. Yangi rahbariyat yana yordam so’rashga majbur bo’ldi: 1983-yili Yugoslaviya Yevropa mamlakatlari va tijorat banklaridan 4 milliard dollardan ziyod kredit oldi, avvalgi kreditlarni to’lash kechiktirildi. Yugoslaviya xalqaro kapitalga to’liq tobe bo’lib qoldi. Biroq yangi kreditlar ahvolni o’zgartirmadi. 80-yillar oxirida Yugoslaviya iqtisodiyoti yangi inqirozga duch keldi. 1991-yil iyunda Xorvatiya va Sloveniya o’zini mus­taqil respublika deb e’lon qildi. Ular mustaqilligining g’arb mamlakatlari tomonidan tan olinishi o’sha yili Makedoniya, 1992-yil yanvarida Bosniya va Gersogovina mustaqillik e’lon qilishiga olib keldi. Serbiya yagona yugoslav davlatini saqlash uchun kurashdi. Serbiya sotsialistik partiyasi (SSP) raisi Slobodan Miloshevich (1941-yilda tug’ilgan) 1989-yil­ning mayida Serbiya respublikasi prezidenti etib saylan­di, shu yil dekabridagi saylovlar uning partiyasiga g’alaba keltirdi. Partiya ulug’ davlatchilik shovinizmi yo’lidan bordi, serb millati rahbarligi ostida yagona yugoslav davlatini saqlab qolishni maqsad qilib qo’ydi. Belgraddan yuborilgan federal qurolli kuchlari Xorvatiyada yangi hukumatni ag’darishga urindi. Biroq qarshilikka uchradi. Ayni paytda Bosniya va Gersogovinada musulmonlar, serb-xristianlar va xorvat­lar o’rtasida urush boshlandi. Xorvatiyadagi urush 5 oy davom etdi, uning oqibatida 5 ming kishi o’ldirildi va 500 ming kishi qochoqqa aylandi. Yugoslaviyadagi bu voqealar yakuniga ko’ra, 10 ming kishi jazodan qochib Vengriyaga ketdi, o’n minglab kishilar G’arbiy Yevropa mamlakatlaridan joy topdi. 1991-yili alban aholisi ko’p bo’lgan Kosovo o’lkasi muxtoriyati bekor qilindi. Bu hol muxtoriyatni qaytarish uchun Kosovoda faol milliy harakatni uyg’otdi. 1992-yili Serbiya va Chernogoriya Yugoslaviya Ittifoq Res­publikasini tashkil etdi. Kosovodagi milliy harakat kuchaydi. Bunga javoban Yugoslaviya hukumati qatag’on choralarini ko’ra boshladi. G’arb davlatlari Kosovo hududida tinchlik o’rnatish uchun u yerga NATO qo’shinlarini olib kirishni talab qilib chiqdi. S.Miloshevich bunga rozi bo’lmadi va nati­jada 1999-yil martda NATO Serbiyaga qarshi yirik har­biy-havo operatsiyalarini boshlab yubordi. Harbiy kuch­lar ta’siridagina Yugoslaviya hukumati 1999-yilning sentyabrida NATO qo’shinlarining Kosovoga olib kiri­lishiga rozi bo’ldi. Prezident S.Miloshevich hokimiyat vakolatini qo’lga kiritish uchun 2000-yil sentyabrda saylov o’tkazdi. Saylov natijalari soxtalashtirilib, SSP g’alaba qozonganligi e’lon qilindi. G’azablangan xalq g’alayon ko’tardi. Hokimiyat tepasiga V.Koshtunitsa yetakchiligidagi Demokratik koalitsiya keldi. S.Milo­shevich qamoqqa olinib, 2001-yil 28-iyunda sobiq Yugoslaviya ishi bo’yicha Gaaga Xalqaro tribunaliga topshirildi. S.Miloshevich topshirilgandan so’ng, AQSH Yugoslaviyaga kredit berdi, BMT Xavfsizlik kengashi unga qarshi sanksiyani bekor qildi. 2002-yil martda Yugoslaviya Serbiya va Chernogoriya Federatsiyasiga aylantirildi. Demokratlarning hokimiyatga kelishi siyosat va iqtisodiy ahvolining yomonlashishi jarayonini to’xtata olmadi. 2003-yil inflyatsiya 42% ni tashkil etdi, ishsizlik 30% gacha oshdi. Demokratik islohotlar to’xtatib qo’yil­di. 2003-yil saylovlarida V.Koshtunitsa boshchiligidagi demokratik koalitsiya yutqazdi.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish