Jahon tarixi 11 1-§. "Sovuq urush"ning boshlanishi



Download 0,91 Mb.
bet46/112
Sana02.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#524737
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   112
Bog'liq
21 11-JAHON TARIXI

G.Dimitrov 1945-yil noyabr­da Bolgariyaga qaytib keldi va Xalq majlisi raisligiga say­landi. " 1946-yilda u Bolgariya Vazirlar Kengashi raisi lavozimini egalladi. 1945-yil 18-noyabrdagi saylovlardan so’ng Xalq majlisi harbiy jinoyatchilar mulkini natsionalizatsiya qildi. Natijada 2300 ta sanoat korxonalari davlat ixtiyo­riga o’tdi. 1946-yil mart oyida agrar islohot o’tkazilib, unga ko’ra haydaladigan shaxsiy yer mulkini 20 gektar­dan oshirish cheklandi. Barcha ortiqcha yer davlat tomonidan oz miqdordagi to’lov hisobiga olib qo’yildi. 1947-yilning oxirida 126 ming nafar dehqon yerga ega bo’ldi. Ular yangi hokimiyatning qishloqdagi ishonchli suyanchig’i bo’lib qoldi. 1946-yil 15-sentyabrda Bolgariya Xalq Respublikasi deb e’lon qilindi. Yangi hukumatni G .Dimitrov bosh­qardi. Hukumatning pul islohoti va bir yo’la olinadi­gan soliq to’g’risidagi Qonuni tufayli yirik mulkdor­larning pul jamg’armalari olib qo’yildi va davlat ixtiyo­riga o’tkazildi. 1947 - yilning avgustida Bolgariya dehqonchilik xalq ittifoqi (BDXI) faoliyati taqiqlandi va bu BKP diktaturasiga yo’l ochib berdi. 1949-yil boshida boshqa partiyalar ham o’z faoliyatini to’xtatdi. 1947-yil dekabrda qabul qilingan qonunlar nafaqat yirik, shuningdek, o’rtahol kapital va ko’chmas mulk egalarini tugatdi.
Dimitrov Georgiy (1882-1949) - Bolgariya daviat arbobi. Nemis hokimiyati tomonidan reyxstagga o’t qo’yishda ayblangan, ammo sudda o’z aybsizllglni isbotla­gach dunyoga tanildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Mamlakat frontiga rahbarlik qildi. 1946-1949-yillarda ­Bolgariya Vazirlar Kengashi Raisi.
1949-yilda G.Dimitrov vafo­tidan so’ng Vasil Kolarov, u ham vafot etgach, 1950-yildan V. Chervenkov rahbarlik qildi. Sotsializm qurilishi stalincha yo’ldan olib borildi: besh yillik rejalar ishlab chiqildi, industrlashtirish boshlandi, qishloqda esa ommaviy kollektivlashtirish siyosati yuri­tildi. 40-yillar oxiri-50-yillar boshida 700 dan ortiq sanoat korxonalari qurildi Kimyo, mashinasozlik, elektrotexnika, qora va rangli metal­lurgiya kabi yangi sanoat tarmoqlari paydo bo’ldi. Sanoat mahsulotlari hajmi 1955-yilda 1948-yilga qara­ganda ikki baravar, 1939-yildagidan esa 4 baravar ko’paydi.
Kolarov Vasil (1877-1950) – Buyuk Xalq majlisi raisi (1946-1950). 1949-50 yillarda Bolgariya Xalq Respublikasi Vazirlar kengashi raisi.
1956-yilda Vazirlar Kengashi raisligini Anton Yugov egalladi. Biroq, hokimiyat amalda Todor Jivkov qo’lida edi. 1962-yilda u Yugov o’rnini egalladi va huku­mat rahbari bo’lib qoldi. 1971-yil iyuldan esa Bolgariya prezidentligiga saylandi. Davlat sotsializmining totalitar rejimi Jivkoy urug’­aymoqlari hukmronligi bilan yanada "kuchaydi". T. Jivkov o’z qo’liga ulkan hokimiyatni oldi. U ham BKP Bosh kotibi, ham Davlat Kengashi raisi va mam­lakat prezidenti edi. T.Jivkov urug’-aymoqchilik ­davlat sotsializmining majruh simbiozini yaratdi. Chunki bunda davlat ishlari T.Jivkov oilasi va qarindosh­urug’lari manfaatiga xizmat qilar edi. Mamlakat yo’lboshchisining rahbarlik usullarini tanqid qilishga bo’lgan har qanday urinish qattiq jazolandi. Ayni paytda industrlashtirish sur’ati kuchaydi, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishida o’sish boshlandi, texnik progress tezlashib, iqtisodning barcha tarmoqlari­da modernizatsiyalash olib borildi. 1970-yilning oxirida Bolgariya sanoatini boshqarish tizimi qayta tashkil etildi. Korxonalar huquqi va mustaqilligi kengaydi, korxonalar­da xo’jalik qo’mitalari tashkil etilib, ular Yugoslaviyadagi kabi ishlab chiqarish boshqaruvida ishchilar ishtirokining organi bo’lib qoldi. 1970-1975-yillar davomida Bolgariyada sanoat mahsulotlari hajmi 55 foizga, milliy daromad 46 foizga o’sdi. Bolgariya jahondagi sanoati rivojlangan mamlakat­lar qatoridan o’rin oldi. Bu yerda - Kozloduda mam­lakatdagi energetik muammoni hal etuvchi birinchi atom elektrostansiyasi qurildi. Ammo, tez orada endi bunday sur’atda o’sishga Bolgariyaning qurbi yetmasligi ma’lum bo’ldi. 1976­-1980-yillar mobaynida sanoat mahsulotlari hajmi va milliy daromad atigi 33 foizga o’sdi. Inflyatsiya, ishsizlik kuchaydi, oylik deyarli to’liq "muzlatilgani" holda narx­-navo keskin ko’tarilib ketdi. Ko’pgina qurilish obyektlari to’xtab qoldi, korxonalar yopildi. T.Jivkov siyosati Bol­gariya iqtisodini inqiroz yoqasiga olib keldi va mehnatkashlar turmush tarzi keskin pasayib ketdi. Mamlakatda muxolifat paydo bo’ldi. Islomga hujum boshlandi, musulmon urf-odatlari taqiqlab qo’yildi. Partiya safida korrupsiya kuchaygan edi. T. Jivkov shaxsi mashhur partiya obro’sini tushirib yubordi. Bolgariya iqtisodiy o’sish sur’ati bo’yicha sotsialistik mamlakatlar ichida birinchi, biroq rivojlangan Yevropa mamlakatlariga nisbatan oxirgi o’rinda edi.
1980-yil 1-yanvardan Bolgariya sanoatida sanoat korxonalari boshqaruvini markazlashtirmaslik va liberallashtirishga yo’naltirilgan yangi iqtisodiy tizim joriy etildi. Yangi tizim bo’yicha rejalashtirish organlarining roli qisqartirildi va sanoat korxonalarining ish darajasi ko’rsatkichlari daromadlar bo’lib qoldi. Joriy etilgan yangi qoidaga ko’ra mahsulot sifati va ilmiy-texnik yangiliklar rag’batlantirilar edi. Ish haqi miqdori korxona oladigan foydaga bog’liq bo’lib qoldi. Biroq, davlat korxona ishlariga haddan ziyod aralashar edi. 1986-yilda Bolgariyaning 2000-yilgacha bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanish rejasi ishlab chiqildi. Uning mohiyati ilg’or fan va texnika yutuqlari­ni va zamonaviy ishlab chiqarish infrastrukturasini tatbiq etgan holda sifatli yangi moddiy-texnik bazani yaratish edi. 2000-yilgacha milliy daromadni deyarli ikki baravar ko’paytirish mo’ljallandi. Bolgariya iqtisodining o’sha paytdagi ahvolini hisobga olgan holda aytish joiz­ki, bu rejani amalga oshirish mumkin emas edi. Bundan maqsad bolgar xalqining ko’nglini ko’tarish va sovet tipidagi sotsializm g’oyasining kuchiga ishonchni tiklashga urinish bo’lgan. Bolgariya xalqi endi targ’ibot va’dalariga ishonmas va avva­lo mamlakatni demokrat­lashtirishni talab qilar edi. T. Jivkov yetilib kelayotgan "to’lqin"ning oldini olish maqsadida 1987-yilning yozida "sotsializmning yangi modeli"ni yaratishni e’lon qildi, partiya apparatlarining barcha hokimligini tugatish va demokratik islohotlar o’tkazilishiga va’da berdi. Biroq bu totalitar tuzumning yemirilishiga olib kelmadi. Barcha hokimiyat avvalgidek Jivkov va uning qarindoshlari, oshna-og’aynilari qo’lida qolaverdi. 1989-yil yozda sharoit keskin og’irlashdi. T.Jivkov tomonidan e’lon qilingan "qayta qurish" kutilgan nati­jani bermadi. Tovar tanqisligi va inflyatsiya mavjud og’ir ahvolni yanada kuchaytirib yubordi. Mamlakatdan erkin chiqib ketish to’g’risidagi qonun musulmon va turkiy zabon aholining ommaviy ravishda Turkiyaga qochib o’tishiga sabab bo’ldi. Ular Bolgariya aholisining 15 foizini tashkil etib, asosan qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanar edi. Shunday qilib, sotsializm yemirilishi ma’lum bo’ldi. Partiyada parchalanish yuz berdi va 1989-yil 10-noyabrda T. Jivkovning iste’foga chiqqanligi, bir oydan so’ng esa bir partiyali siyosiy tizim tugatilgan­ligi e’lon qilindi.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish