19-§. ALBANIYA: MILLIY TIKLANISH SARI OG’IR YO’L
Ikkinchi jahon urushidan so’ng qoloq qishloq xo’jaligi Albaniya iqtisodiyotining asosi bo’lib qolaverdi. 1946-yilgi agrar islohot davrida zamindor va quloqlar yeri tortib olinib, dehqonlarga berildi. Agrar islohot zamindorlarning iqtisodiy negiziga putur yetkazish va reaksion kuchlar ta’sirini kuchsizlantirdi. 1948-yilning noyabrida Albaniya kommunistik partiyasi (AKP) mamlakatda sotsializm qurishni e’lon qildi. U Alban mehnat partiyasi (AMP) deb o’zgartirildi. Ikki besh yillik rejalar bajarilishi chog’ida (1951,1955 va 1956-1960-yillar) Albaniya asosan texnik-iqtisodiy qoloqlikka barham berqi. U Durres portini o’z harbiy-dengiz bazasiga aylantirish va shu yo’l bilan Adriatika dengizida nazorat o’rnatishni mo’ljallagan SSSRning strategik rejalarida muhim o’rin tutdi. Boshqa tomondan, Albaniya Yugoslaviya bilan mojaroda umumiy aksilyugoslav frontida janubiy qanot rolini o’ynashi lozim edi. SSSR yordami bilan dastlabki besh yilliklarda alban sanoatining o’zagi barpo etildi: elektrostansiyalar, neftni qayta ishlovchi va shakar kombinatlari qurildi, toshko’mir, mis, temir-nikel va xrom konlari ochildi. 1956-yilga kelib Albaniya qoloq agrar mamlakatdan agrar-sanoat mamlakatiga aylandi, 1960-yilda esa sanoat yalpi mahsuloti 1938-yilgi ko’rsatkichlaridan 25 marta oshdi. Anvar Xo’ja boshchiligidagi alban kommunistlari KPSS XX syezdi qarorlari va Stalin shaxsiga sig’inishni fosh etishga qarshi chiqdilar. SSSR bilan diplomatik aloqalar uzib qo’yildi. Albaniya O’IYK va Varshava shartnomasi tashkilotidan chiqdi. So’ngra XXR unga moddiy va harbiy yordam bera boshladi. Biroq 1978-yili xalqaro siyosat masalalari bo’yicha kelishmovchiliklar tufayli bu ikki mamlakatlar o’rtasidagi munosabatlar ham to’xtadi.
Anvar Xo’ja (1908-1985) – Albaniya kommunistik partiyasini tashkil etgan(1941) fashist bosqinchilariga qarshi ozodlik kurashi rahbari.
Albaniya biqiqlikda qoldi. Ichki siyosatda o’z-o’zini ta’minlash, ya’ni avtarkiya yo’li bilan olib borildi. Bu siyosat Albaniyaning qoloqligini yanada mustahkamladi. Besh yillik rejalar barbod bo’ldi, oziq-ovqat va sanoat tovarlari kartochka bo’yicha taqsimlandi. AMP rahbariyati mutlaq hokimlikni qo’lida saqlab, har qanday o’zgacha ftkrlashni beshafqat bostirdi, xavfsizlik organlari butun aholi ustidan yalpi nazorat o’rnatdi. A.Xo’ja o’z hokimiyati davrida birgalikda partiyani tuzgan va fashistlarga qarshi kurashda ishtirok etgan kommunistlarning ko’pchiligini ishdan chetlatgan yoki jismonan yo’q qilgan. A. Xo’ja vafotidan so’ng 1985-yilda AMP yo’lboshchisi etib Ramiz Aliya saylandi. U davr ruhiga muvoftq tizimga ba’zi tuzatishlar kiritdi, biroq uni to’liq saqlab qoldi. Yangi alban hukumati Sharqiy Yevropadagi o’zgarishlarga salbiy munosabatda bo’lib, "sotsialistik demokratiyani takomillashtirish" yo’lini davom ettirishni bildirdi. Tashqi siyosatda eng ko’p o’zgarishlar ro’y berdi. SSSR, GFR bilan diplomatik munosabatlar o’rnatildi, o’zaro foydali asosda barcha Sharqiy Yevropa mamlakatlari bilan munosabatlarni rivojlantirishga tayyorgarlik haqida bayonot berildi. 1988-yil fevralda Belgradda Albaniya Bolqon konferensiyasida Yugoslaviya, Bolgariya, Gretsiya, Ruminiya, Turkiya bilan birgalikda ishtirok etdi. 1989-1990-yillarda milliy daromad 13 foizga qisqardi. Ishsizlik o’sdi, narx-navo osha boshladi. Talabalar norozilik harakati kuchaydi, o’n minglab kishilar chet elga qochishga harakat qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |