Jahon tarixi 11 1-§. "Sovuq urush"ning boshlanishi



Download 0,91 Mb.
bet49/112
Sana02.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#524737
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   112
Bog'liq
21 11-JAHON TARIXI

V.Gomulka (1905-1982) – “Sotsializmga o’tishning polshacha yo’li” muallifi.PIP tashkilotchilaridan biri va 1956 yildan birinchi kotibi. Uning dasturi siyosiy va iqtisodiy inqirozga olib keldi. 1970 yil bo’shadi.
Bu qaror Polshaning barcha port shaharlari ­Gdansk, Gdin, Shotsin, Elblongda ishchilarning ommaviy chiqishlariga olib keldi. PBIPda yana rahbar­lik o’zgardi. 1970-yil 20-dekabrda uning yo’lboshchisi etib Edvard Gerek (1913-2002) saylandi. Yangi rah­bariyat ustuvor ijtimoiy vazifalar haqida so’zladi va narxlarning oshirilishini man etdi. Iqtisodiy ahvol bir qadar yaxshilandi, oylik ish haqi oshirildi, nafaqa, qo’shimchalar ko’paydi. Biroq bu hol vaqtinchalik. Hukumat jadal industrial­lashtirish siyosatiga yana qaytdi. O’IYK mamlakatning davlat xarajatlarini qoplash uchun yetarlicha mablag’ ajrata olmas edi. Polsha hukumati g’arb mamlakatlariga kredit so’rab murojaat qildi. U yerdan qurilma va texnologiyalar sotib olindi. Biroq o’z mahsulotini jahon bozoriga eksport qi­lish yo’li bilan kreditlarni qoplash mumkin degan mo’ljal o’zini oqlamadi - Polsha tovarlari raqobatga bardosh berolmas edi. 70-yillar oxiriga kelib, Polshaning tashqi qarzdorligi 23 milliard dollarni tashkil etdi. 1976-yil yozida oziq-ovqatlar narxini yana bir bor oshirish va shu yo’l bilan tashqi qarz foizlarining hech bo’lmasa bir qismini to’lashga urinish ish tashlash harakatini yuzaga keltirdi va hukumatni o’z rejasidan voz kechishga majbur etdi. Rim-katolik cherkovi ulkan ta’sirga ega bo’ldi. 1978-yilda Rim papasi lavozimiga Krakov arxiyepiskopi Karol Voytila (u Ioann Pavel II nomini olgan) saylanishi bilan bu ta’sir keskin oshdi. Uning 1979-yil iyunda Polshaga tashrifi chog’ida PBIP siyosatini keskin tanqid qilishi muxolifatni kuchaytirdi va jamiyatda keskinlikning yangi bosqichiga sabab bo’ldi. Iqtisodiy ahvolning bundan keyingi yomonlashuvi 1980 yilning iyul-avgustida Baltika sohillarida, ayniqsa Gdansk, Gdin, Shotsinda yangi ish tashlash to’lqinini yuzaga keltirdi. Gdansk verflarida (kemasozlik korxonalari) "Solidarnost" mustaqil kasaba uyushmasi paydo bo’ldi. Unga ish tashlash qo’mitasining rahbarlaridan biri, ishchi-elektrik Lex Valensa boshchi­lik qildi. Qisqa vaqtda "Solidarnost" ommaviy harakat­ga aylandi. Unda millionlab polyaklar, shu jumladan PBIP a’zolari ishtirok etdi. Bu harakat diktatura, Polsha suverenitetini cheklashga qarshi, sotsializm va partiya apparati zo’ravonligiga qarshi umummilliy norozilikni ifodaladi. Valensa Lex (1943 yilda tug’ilgan) - 1967-1987 yillarda Gdanskdagi kemasozlik zavodida elektrik bo’lib ishlagan.1980 yilning sentyabridan "Solidarnost" ommaviy ijtimoiy harakatga boshchilik qilgan. 80-yillar oxirlariga qadar siyosiy muxolifatning eng faol arboblaridan biri.. Huquqni himoya qilish faoliyati uchun tinchlik bo’yicha Nobel mukofoti sohibi.
Hukumatning "Solidarnost" yo’lboshchilari bilan ke­lishuvi senzurani yumshatish, ish haftasini qisqartirish, ommaviy-axborot vositalariga erkinlikni ta’minladi. Butun mamlakatni ish tashlashlar qamrab oldi. "Solidarnost" va boshqa muxolifat tashkilotlari tub iqti­sodiy o’zgarishlar o’tkazish, PBIPning o’z rahbarlik roli­dan voz kechishi va erkin saylovlar o’tkazishni talab etdilar. Bu harakat katolik cherkovi tomonidan qo’llab-­quvvatlandi. E.Gerek PBIP birinchi kotibi lavozimidan chetlatil­di, partiyaning o’zida islohotchi qanot shakl­landiki, u "Solidarnost" bilan kelishishga yo’l topish zarur deb hisobladi. PBIP va "Solidarnost" o’rtasidagi mojaro kuchaydi, iqtisodiy ahvol esa ommaviy ish tashlashlar tufayli ishlab chiqarishning qisqarishi oqibatida fojiaviy ahvolga kelib qoldi. Hosilning yaxshi bo’lmagan­ligi 1980-1981­
yilning qishida norozilik to’lqinini kuchaytirib yubordi. 1981-yilning fevralida Polsha mudofaa vaziri, general Voysex Yaruzelskiy (1923-yilda tug’ilgan) bosh vazir etib tayinlandi. Biroq norozilik to’lqinlari pasaymadi: 1981­ yilning iyulida Polsha shaharlarida nonning narxini kamaytirishni talab qilib chiqqan ayollarning ommaviy namoyishi bo’lib o’tdi. 1981-yilning sentyabrida V.Yaruzelskiy PBIP MK birinchi kotibi etib sayhindi. U Katovitsedagi ish tashlaganlarga qarshi ko’zidan yosh chiqaruvchi gazdan foydalanish uchun qo’shinlarga buyruq berdi. Shuningdek, u 1981-yil 14-dekabrda mam­lakatda harbiy holat e’lon qildi. "Solidarnost"ning faoli­yati man etildi, uning yo’lboshchilari qamoqqa olindi.
Harbiy holat kiritilishi bilan ish tashlash harakati to’xtab qoldi. 1982-yil yanvarda esa iqtisodiy islohotlar amalga oshirila boshladi. Ularning asosida uch tamoyil ­korxonalar mustaqilligi, o’z-o’zini boshqarishi va o’z-­o’zini moliyaviy ta’minlashi turardi. Ishlab chiqarishning pasayishi to’xtatildi, 1982-yilning yozidan boshlab esa hatto o’sish boshlandi. Biroq baribir sezilarli samaraga erishilmadi. 1983-yilning yozida harbiy holat bekor qilindi. 1988-yilda partiya siyosiy plyuralizmga o’tish haqida qaror qabul qildi. Muxolifatning ochiq faoliyatga haq-­huquqi tan olindi, "Solidarnost" faoliyatiga ruxsat beril­di, saylov tizirni o’zgartirildi va parlament islohoti o’tkazildi. 1989-yilning iyunida parlament quyi palatasi ­Seymga saylovlar bo’lib o’tdi. Barcha qarama-qarshi kuchlar kelishuviga muvofiq hal etildiki, 65 foiz o’rin PBIP va uning ittifoqchilariga beriladi, qolgan 35 o’rin uchun barcha siyosiy partiyalar kurashadi, biroq ularni muxolifat egalladi. U yana ta’sis etilgan ikkinchi pala­ta - senatdagi barcha o’rinlarni ham oldi. Ikkala pala­taning qo’shma majlisida respublika prezidenti etib V.Yaruzelskiy saylandi. Hukumatni tasdiqlash masalasida PBIP Ittifoqchilari dehqonlar va demokratik par­tiya u bilan aloqani uzib, muxolifat tomoniga o’tdi. PBIPning to’rt vaziri ishtirokida (25 tadan) koalitsion hukumat tuzildi, uni katoliklar doirasi vakili, o’tmishda "Solidarnost" ning maslahatchisi bo’lgan Tadeush Mazovetskiy boshqardi. PBIP real hokimiyatdan mah­rum bo’ldi. Polsha parlament demokratiyasi yo’liga kirdi. Yangi siyosiy va iqtisodiy tuzilmalarni shakllantirish jarayoni boshlandi. Mamlakat Polsha respublikasi deb nomlandi. Harbiy kuchlar xavfsizlik organlari va ichki ishlarda departizatsiya (partiyasizlik), depolitizatsiya (siyosatsizlik) va deideologizatsiya (mafkurasizlik) amal­ga oshirildi. PBIP ko’ppartiyaviy tizimli va bozor iqti­sodiyotiga ega bo’lgan parlament demokratiyasi taraf­dorligini bildirdi. Yangi hukumatning iqtisodiyotni qayta qurish bo’yicha chora-tadbirlari "shok terapeyasi" (terapiya) degan nomni oldi. Narx-navo ustidan nazorat qilish tugatildi, davlat mulkchiligini xususiylashtirish boshlandi. Bu hol bozorni barqaror­lashtirishga erishishga imkon berdi, Polsha pul birligi konvertizatsiya qilindi.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish