Berut Boleslav (1892-1956) – 1948 yilda - PIP MK bosh kotibi, O’lka Xalq Radasl raisi (1944-1949), 1948-1952-yilarda - prezident va PXR Davlat kengashi raisi.
Polshada tanlash imkoni yo’q edi. U sharqda va shimolda SSSR bilan, janubda Chexoslovakiya bilan, g’arbda sovet qo’shinlari qismi joylashgan GDR bilan chegaradosh edi. Ayni paytda urush natijasida Polsha SSSR tufayli Baltika dengizida keng dengiz bo ‘yi zonasi va mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi hamda dengiz davlati sifatida qaror topishida muhim rol o’ynagan Gdansk va Shotsin portlariga ega bo’ldi. Polsha, shuningdek, Potsdam konferensiyasi qaroriga ko’ra Germaniyadan tortib olingan g’arbiy yarmini ham oldi. Unga 2 million polyak ko’chirildi. Biroq urushdan keyingi dastlabki yillardayoq bu yerlardan ko’chirilgan 6 million nemis G’arbiy Germaniyada aralash shaxslar ittifoqlarini tuzib, yerlarini qaytarishni talab qilib chiqishdi. Shu bois ham Polsha tashqi siyosatda SSSRga suyana boshladi. 1945-yil 20-aprelda Moskvada do’stlik, o’zaro yordam va urushdan keyingi hamkorlik haqidagi Sovet-Polsha shartnomasi imzolandi. Bu shartnoma Germaniya tomonidan bo’ladigan har qanday xavf-xatarni bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlarni ko’zda tutdi. U 20 yil muddatga tuzildi va 1965-yili yana 20 yilga yangilangan shaklda tuzildi.
Polshaning mudofaa qobiliyatini oshirish uchun 1949-yil noyabrda sovet marshali K.Rokossovskiy (1896-1968) mamlakat mudofaa vaziri etib tayinlandi, u mazkur lavozimda 1956-yilgacha ishladi. 1949-yilda Polsha O’IYKga a’zo bo’lib kirdi. Mamlakat tashqi savdosining 70 foizi SSSRga to’g’ri kelar edi. 1955-yilda Polsha Varshava Shartnomasi tashkilotlariga a’zo bo’lib kirdi. 1952-yil 22-iyul – Polsha Seymi PBIP taklif etgan yangi Konstitutsiyani ma’qulladi. Mamlakat Polsha Xalq Respublikasi deb e’lon qilindi. Konstitutsiya PBIPning rahbarlik roli va PXRning iqtisodiy asosi sifatida sotsialistik xo’jalik tizimini mustahkamladi. 1952-yil 26-oktyabrda yangi Seymga saylovlar bo’lib o’tdi. 1951-yildayoq Milliy front tuzilgan bo’lib, unga PBIP, Birlashgan dehqon partiyasi va yangilangan Demokratik partiya birlashdi va real hokimiyat kommunistlarga tegishli bo’ldi. Saylovlar Milliy birlik frontiga g’alaba keltirdi. Uning nornzodlari uchun 99 foiz saylovchilar ovoz berdi. SSSR bilan yaqin iqtisodiy aloqalar agrar mamlakatdan industrial davlatga aylangan Polshaning yirik iqtisodiy muvaffaqiyatlariga imkon yaratdi. Polsha SSSRdan uzluksiz energiya va xomashyo olib turdi. 1962-yilda Polsha energotizimi yagona "Mir" energotizimiga ulandi, 1964-yilda esa dunyoda eng yirik "Drujba" neft quvuri ishlay boshladiki, uning nefti SSSRdan yuborib turildi va narxi jahon narxidan 30 foiz arzon edi. SSSR Polsha sanoati mahsulotlarining asosiy iste’molchisi bo’ldi. Misol-Polsha ekskvatorlari, avtobuslari, kemalari, vagonlari, asbob-uskunalari. Nisbatan qisqa muddatda u yuqori rivojlangan mamlakatga aylandi. Sanoatning an’anaviy tarmoqlari - ko’mir, to’qimachilik va oziq-ovqat sohalari modernizatsiya qilindi. Oltiyillik yillarida (1950-1955) yangi Guteda metallurgiya kombinati, Pulavaxra kimyo kombinati, Plotskda neft-kimyo kombinati, Gdanskda kemasozlik korxonasi va boshqa ko’plab yirik sanoat korxonalari ‘qurildi. Bu yillarda mamlakat uchun yangi bo’lgan mashinasozlik, avtomobilsozlik, elektrotexnika, kemasozlik tarmoqlari rivojlana boshladi. Mamlakatning sanoat ishlab chiqarishi 1950-yildan 1974-yilgacha 10 marta ko’paydi. Xalq xo’jaligi rivojlanishining yuqori sur’atlari milliy daromadning tezkor o’sishini ta’minladi: u 1950-1974-yillarda 5,4 marta o’sdi. Savodsizlik tugatildi, bepul o’rta va oliy ta’lim hamda tibbiy xizmat yo’lga qo’yildi. 1975-yil boshlariga kelib mamlakat aholisi 23 milliondan 33 millionga oshdi. Shahar aholisining ulushi 35 dan 55 foizgacha o’sdi. Ishchilar soni oshdi. Xo’jalik qurilishidagi yutuqlar mehnatkashlar turmush darajasining oshishiga olib kelmadi. Polsha oziq ovqat va turar joy yetishmovchiligini boshdan kechirdi. Sanoat va qishloq xo’jaligi rivojlanishi o’rtasida nomutanosiblik kuzatildi. 1956-yilda mamlakatda siyosiy inqiroz boshlandi. Polsha xalqi siyosiy hayotni demokratlashtirish, so’z va yig’inlar o’tkazish erkinligi uchun kurashdi, mamlakatda ta’siri katta bo’lgan katolik cherkovini quvg’in qilishlarga qarshi chiqdi. 1956-yil 28-29-iyunda Polshada ishchilar ish tashlashi va talabalar namoyishi boshlandi. Politsiya va qo’shin bilan to’qnashuvlarda 53 kishi o’ldirildi. Namoyishchilar tarqatib yuborildi. 1951- yilda barcha lavozimlardan olib tashlangan va qatag’onga uchragan V.Gomulka partiya yo’lboshchisi bo’ldi. Mashhur yo’lboshchining qaytishi ma’lum muddatga mojaroni pasaytirib turdi. V. Gomulkaning siyosiy harakatlari asosan sotsializmning polyakcha modelini tadqiq etishga yo’naltirilgan edi. Biroq uning faoliyati faqat rejalashtirish usullarini yaxshilash, kolxozlarni tarqatish va barcha yerlarni dehqonlarga berish bilan cheklandi. 1970-yil 12-dekabrda oziq-ovqat tovarlari asosiy turlari narxlarining oshishi e’lon qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |