Jahon tarixi 11 1-§. "Sovuq urush"ning boshlanishi



Download 0,91 Mb.
bet47/112
Sana02.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#524737
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   112
Bog'liq
21 11-JAHON TARIXI

Jivkov Todor (1911-yllda tug’ilgan) -BXR Davlat ken­gashlning raisi (1971-1989), BXR Vazirlar Kengashi raisi (1962-1971). 1985J-yil dekabrda BKP safidan o’chirilgan.
Mamlakatda o’nlab siyosiy tashkilotlar tuzila boshla­di, ilgari mavjud partiyalar faoliyati yangilandi. Bir qator partiya va tashkilotlar Demokratik kuchlar ittifoqiga (DKI) birlashdi. T.Jivkov ustidan sud bo’lib o’tdi. U korrupsiya, xiz­mat mavqeini suiiste’mol qilganlikda ayblanib, uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilindi. 1996-yilda bu jazo uy qamog’iga almashtirildi. 1990-yilda BKP Bolgariya sotsialistik partiyasi (BSP) deb o’zgartirildi. U demokratiya va diktatura o’zaro murosasizligini e’lon qildi. 1990-yilning oxirida BSP, BDXI, DKI vakillaridan iborat komissiya hukumati tashkil etildi va unga Jelyu Jelev rahbar etib saylandi. Davlat endi Bolgariya Respublikasi deb yuritila boshladi. Hukumat Xalqaro valyuta jamg’armasi tavsiyalariga muvofiq radikal islo­hotlarga kirishdi. Unda bozor iqtisodiga o’tish, narx­-navoni liberallashtirish, ziyon keltiradigan korxonalarni tugatish ko’zda tutilgan edi. 1991-yil sentyabrda yangi konstitutsiya qabul qilinishi bilan bog’liq holda yangi parlament saylovi o’tkazildi va unda DKI g’olib chiqdi. Bolgariyada sotsializmni o’zgartirib, mamlakatni g’arb tizimiga yaqinlashtirish boshlandi. 1997-yilgi par­lament saylovida o’ng blok - Demokratik kuchlar bir­lashmasi g’olib chiqdi. 1999-yilda Bolgariya hukumati NATOga kirishga tayyor ekanligini bildirdi. Demokratik kuchlar Ittifoqi yetakchisi Ivan Kostav boshchilik qilgan koalitsion hukumat islohotlarni amalga oshirolmadi va korrupsiya bilan kurashda muvafIaqiyat­sizlikka uchradi. 2001-yil iyulda hukumat saylovlarda mag’lubiyatga uchradi. Hokimiyatga Bolgariya qiroli Simeon II tuzgan Milliy harakat hukumati keldi. 23-§. CHEXOSLOVAKIYA 50-90-YILLARDA
Fashistlar Germaniyasi tor­-mor etilgandan keyin mamlakatga asosiy siyosiy kuchlar yo’lboshchilari - kommunistlar rahbari K.Gotvald, muhojirlar hukumati boshlig’i E.Benesh, Koshitskiy hukumati bosh vaziri Z.Firlingerlar qaytishdi.
Chexoslovakiya hududida katta janglar bo’lmagani uchun mamlakat xo’jaligi vayron bo’lmadi. Biroq siyosiy jihatdan Chexiya va Slovakiya tarixan shakllangan yagona davlat bo’lmagani uchun avvalboshidanoq ular o’rtasidagi raqobat mamlakatni bo’lib yubordi. Milliy kengash E.Beneshni mamlakatning birinchi prezidenti etib tayinladi. E.Benesh prezident lavozimi­dan voz kechishi yoki kommunistlar irodasini mo’minlik bilan bajarishdek ikki mushkul ishdan birini tanlashi lozim edi. U ikkinchisini tanladi. E.Benesh 1945-yil 19­ mayda german va venger mulkdorlari, shuningdek, kol­laboratsionistlarga tegishli zavod, yer mulklari, bank, sug’urta kompaniyalari va boshqa korxona hamda muas­sasalarni davlatga berish haqida dekret chiqardi. 1945-yil 21-iyunda german va venger mulkdorlari, shuningdek, fashistlar bilan hamkorlik qilganlarning yer, o’rmon, buyumlarini bepul musodara qilish haqida dekret qabul qilindi. Uncha ko’p bo’lmagan to’lov evazi­ga dehqonlar 13 dekabrga qadar yer olishi mumkin edi. Dehqonlarga Chexoslovakiya hududidan ko’chirib yuborilgan nemislar yerlari ham berildi. Potsdam konferensiyasi qaroriga ko’ra, Chexo­slovakiyadan Germaniyaga 2,5 million nemislar ko’chi­rildi, yerlari esa chex va slovaklarga bo’lib berildi. Shu yo’l bilan 303 mingdan ziyod dehqon xo’jaligi 1,2 mil­lion gektar yerga ega bo’ldi. 1945-yil 24-oktyabrda E.Benesh yirik korxonalar, banklar va xususiy sug’urta kompaniyalarini natsiona­lizatsiya qilish haqidagi dekretga qo’l qo’yadi. Korxonalarda ishchi nazoratini amalga oshiruvchi ishchi kengashlari tashkil etildi. 1946-yil 26-may saylovlari CHKPga muvaffaqiyat keltirdi. K.Gotvald boshchiligidagi koalitsion hukumat tuzildi. Milliy kengash, hukumat va milliy majlisda CHKP va burjua partiyalari o’rtasida turli masalalar: agrar islohot­larni chuqurlashtirish, iqtisodiy rivojlanishning ikki yillik rejasi, Marshall rejasiga qo’shilish bo’yicha o’tkir siyosiy kurash boshlandi. 1948-yil fevralda yangi konstitutsiyaning qabul qilinishi burjuaziyani bevaqt norozilikka undadi. Shu yil 20-fevral kuni burjuaziya partiyalari vakillari bo’lgan 12 vazir iste’foga chiqdi. Ular bu bilan K.Gotvald ko’pchilik qo’llab-quvatlashidan mahrum bo’lib, u ham iste’foga chiqadi va shunda kabi­net tarkibini qayta ko’rib chiqish mumkin bo’ladi, deb umid qilishdi. Kommunistlar da’vati bilan 1948-yil 24-fevralda 2,5 million ishchi va xizmatchi bir soatli ogohlantiruvchi ish tashlash o’tkazdi. Xalq sabotajchi vazirlar qiyofasida urushdan oldingi g’arbparast Myunxen siyosatdonlari vakillarini ko’rdi va ularning hokimiyatga qaytishini
xohlamadi. Qo’shin kommunistlar tarafida turdi. Burjua partiyalari "o’yinlari" barbod bo’ldi. 1948-yilning 25­ fevralida prezident E. Benesh o’ng partiyalar vazirlari iste’fosini qabul qildi. Endi hukumat kommunistlar va so’l sotsial-demokratlardan iborat bo’ldi, ular CHKP qarashlari va siyosatini ma’qullar edi. Milliy kengash tarkibi yangilan­di, unga endi faqat kommunistlar va uning tarafdorlari kirdi. 1948-yil 9-mayda Chexoslovakiyada sotsializm qurilishini e’lon qilgan yangi konstitutsiya qabul qilindi. Yangi Konstitutsiya asosida 1948-yil 30-mayda mamlakatda saylovlar bo’lib o’tdi, unda kommunistlar va ularning ittifoqchilari uchun saylovchilarning 89 foizi ovoz berdi. 1948-yil 6-iyunda E.Benesh iste’foga chiqdi va mamlakat prezidenti etib K.Gotvald saylandi. 1948-yil iyunda CHKP va sotsial-demokratlar partiyasining yagona Chexoslovakiya kommunistik partiyasiga birlashuvi ro’y berdi. Kommunistlar 1949-yil mayda sotsializm asoslarini qurish dasturi va sotsialistik industrlashtirish rejasini qabul qildi. 1948-yilda mamlakatda iqti­sodiy rivojlanishning besh yil­lik. Rejasi (1948-1953) qabul qilinib, muvaffaqiyatli bajarildi. Bu davrda yalpi sanoat mahsuloti 93 foizga, mashinasozlik mahsuloti 94 foizga o’sdi. 12 ta yangi elektrostansiya, yirik metallurgiya korxonasi qurildi. Aholining turmush darajasi oshdi. Ayni paytda mamlakatda partiyadagi o’zgacha fIkrlovchilar va umuman mamlakatdagi muxoliflarni yo’qotish maqsadida qudratli qatag’on apparati yaratildi. Kommunistlar mamlakat­da qo’rquv va ishonchsizlik urug’ini sochdi. K.Gotvaldning 1953-yil martdagi vafotidan so’ng sobiq bosh vazir A. Zapototskiy (1884-1957) prezident bo’ldi, 1957 -yilda uning o’rnini Antonin Novotniy (1904-1975) egalladi. Novotniyning Chexo­slovakiyani butun sotsialistik lager mashinasozlik markaziga aylantirish g’oyasi davlat mablag’larini o’ta isrofgarlik bilan sarflashga olib keldi. Byudjet mablag’larining asosiy qismi iste’mol mollarini ishlab chiqarish va xizmatlarni rivojlantirishga zarar keltirgan holda og’ir sanoatni rivojlantirishga yo’naltiril­di. 1961-1963-yillarda mamlakatni og’ir iqti­sodiy inqiroz chulg’ab oldi, u 1966-yilgacha davom etdi. Uchinchi besh yillikda (1961-1966) sanoatning rivoj­lanishi qariyb to’xtab qoldi, qishloq xo’jalik mahsul­dorligining o’sishi esa eng quyi darajada bo’ldi. Davlat sotsializmining iqtisodiy tizimi iqtisodiy rivoj­lanishning obyektiv qonuniari bilan ziddiyatga kelib qoldi. 1968-yil boshlarida mamla­ katda talabalar norozilik chiqishlari boshlandi va islo­hotlar va sotsializmni insonparvarlashtirish harakati boshlandi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish dasturi olg’a surildi. Ishlab chiqarish ijtimoiy vositalarining bir qismini raqobat sharoitida bozor munosabatlari doirasida ishlaydigan "guruhiy birlashmalar" mulkchiligiga berish ko’zda tutildi.Partiyaning o’zida yangilanishlarni talab qiluvchi islohotchilar yo’nalishi paydo bo’ldi. 1968-yil yanvarda uning vakillari A. Novotniyning lavozimidan ketishiga erishdi. Partiyani kelib chiqishi slovak bo’lgan AIeksandr Dubchek (1921-1992) boshqardi. Yangi rahbariyat par­tiya va jamiyatda islohotlar o’tkazishga qat’iyatini bildir­di. Islohotlar asosida bozor xo’jaligi tamoyillari, parla­ment tizimi, matbuot va so’z erkinligi yotardi. 1968-yil aprelda ChKP harakatlar dasturini qabul qildi, unda sot­sialistik jamiyatning yangi, ancha demokratik modeliga o’tishga qat’iylik ifodalandi. Partiyaning rahbarlik roli inkor etildi, xavfsizlik xizmati vazifasi cheklandi. Bu jarayonlar sovet rahbariyatining xotirjamligini buzdi u CHKP dasturiga kaplta­lizmni tiklash niyati sifatida baho berdi. CHKP rahbari­yatidan antisotsialistik kuchlarga hujum boshlash, ular tashkilotlarini bostirish va senzurani tiklash talab etildi. CHKP rahbariyati bu talablarni rad etdi. 1968-yil 21­ avgustga o’tar kechasi bosh davlat - Varshava shartno­masi tashkiloti ishtirokchilari bo’lgan Bolgariya, GDR, Vengriya, Polsha, SSSR qo’shinlari Chexoslovakiya chegaralarini kesib o’tdi. A.Dubchek va hukumat hamda partiyaning bir qator a’zolari qamoqqa olindi va Moskvaga yuborildi. Moskvada Dubchek bilan bo’lib o’tgan muzokaralar mamlakatdagi ahvolni yaxshilash va Chexoslovakiya hududida sovet qo’shinlarining vaqtinchalik bo’lishi sharoitlari haqidagi bitim imzolanishi bilan tugallandi. Sovet qo’shinlari mavjudligiga tayangan islohot dush­manlari qarshi hujumga o’tdi. 1968-yil boshida ishlab chiqilgan dasturdan faqat Chexoslovakiyani ikki teng huquqli - Chexiya va Slovakiyadan iborat federatsiyaga aylantirishga muvaffaq bo’lindi. 1969-yil aprelda A. Dubchek partiya yo’lboshchisi lavozimidan olindi va o’rniga Gustav Gusak bo’ldi. Yangi rahbariyat sotsializmning barcha islohotlaridan voz kechishini bildirdi. U mamlakatda va partiyada bar­qarorlik o’rnatishning qat’iy yo’lini tanladi. 1968-yili "Praga bahori"ning yuz minglab faol ishtirokchilari lavozimlaridan bo’shatildi va haydaldi. Ayniqsa, ziyolilar ziyon-zahmat ko’rdi: ko’plab ilmiy xodimlar ishidan bo’shatildi va faqat jismoniy mehnat bilangina shug’ullanishga mahkum etildi. Ko’ppartiyaviy tizim hali ham bor edi, biroq senzura muxolifatning ovozini o’chirishga majbur qildi. 1973-yil yanvarda Chexoslovakiyaning inson hu­quqlari haqidagi pakt hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo’yicha Kengashning yakunlovchi aktini ratifikatsiyalashi munosabati bilan bir guruh madaniyat va fan, din arboblari, yozuvchi va shifokorlar vakillari respublika rahbariyatiga konstitutsiyaga rioya qilish, siyosiy mahbuslarni ozod qilish, sovet qo’shinlarini mamlakatdan olib chiqib ketish haqidagi talab bilan murojaat etdi. Yangi muxolifat harakatining ishtirokchi­lari "Xartiya-77" nomini olgan guruhga birlashdi. Bu guruh qatag’onlarga duchor bo’ldi, biroq hokimiyat uni man etishga jur’at qilmadi. U juda katta xalqaro salmoq­qa ega bo’ldi va yagona ochiqchasiga harakat qiluvchi muxolifat guruhi bo’lib qoldi. Ayni paytda mamlakatning iqtisodiy ahvoli yildan-yilga yomonlashdi. 70-yillarning birinchi yarmida inqirozli 60­-yillarga qaraganda bir qadar iqtisodiy o’sishga erishildi, biroq keyinchalik u sekinlashib qoldi. Iqtisodiy rivojla­nishni tezlashtirish uchun fan-texnika inqilobi yutuqla­ridan foydalanishga urinishlarga qaramay, 80-yillar birinchi yarmida vaziyat yomonlashdi. Korxonalarni modernizatsiyalash jarayoni sekin bordi, ishlab chiqari­layotgan mahsulot sifati oshmadi, Chexoslovakiya o’z an’anaviy bozorini yo’qota bordi. 1981-yilda ishlab chiqarish pasayishi ro’y berdi. Kor­xonalarning 20 foizi reja vazifalarini bajarolmay qoldi. Hukumat zararlarni qoplash va eski korxonalarni yangi­lash uchun mablag’ topish uchun o’ta ommabop bo’lma­gan chora-tadbirlarni qo’lladi. 1982-yil yanvari boshlarida iste’mol tovarlari narxlari keskin oshdi, oylik ish, haqi "muzlatib" qo ‘yildi. Real oylikning pasayishi xarid tala­bining tushib ketishiga olib keldi va korxonalar omborida 400 million kron turadigan tovarlar yig’ilib qoldiki, bu mamlakatning yillik milliy daromadiga teng edi. Hatto, SSSRda boshlangan qayta qurish ham Chexo­slovakiya siyosatida hech narsani o’zgartirmadi. U muxolifat bilan muloqotdan bosh tortdi. GDRda Xonekker tuzumining ag’darilishi voqealar rivojini tezlashtirdi. 1989-yil 17 -noyabrda Pragada talabalar namoyishi qatnashchilari qattiq jazolandi. Bu hol Chexoslovakiyada "baxmal inqilobi"ning boshlanishiga turtki bo’ldi. Boshida uning ishtirokchilari tinch yo’l bilan harakat qilgan talabalar edi. Pragadagi eng yirik korxonalar ishchilari talabalarni qo’llab-quvvatlashdi. 18-noyabrda "Xartiya-77" tashabbusi bilan "Fuqarolik forumi" tuzil­di. Uning rahbariyati tarkibiga 1968-yildan so’ng partiyadan chiqarilgan olimlar, madaniyat arboblari kirdi. Qisqa vaqt ichida Fuqarolik forumi inqilobning bosh shtabi sifatida CHKPni bar­cha pozitsiyalardan siqib chiqardi. Inson huquqlari uchun kurashning faol kurashchisi, "Xartiya­77" tashkilotchilaridan biri, Fuqarolik forumi yo’lbosh­chisi Vatslav Gavel (1936­yilda tug’ilgan) mamlakat prezidenti etib, Federal majlisi raisi etib esa A.Dubchek saylandi. Yangi huku­matga turli partiyalar vakillari kirdi. Qisqa vaqtda Fuqarolik forumi mamlakatdagi eng ta’sirli siyosiy kuch­ga aylandi. 1990-yil iyunida Federal majlisga saylovlarda Fuqarolik forumi ishonarli g’alaba qozondi. Ular 300 mandatdan 170 tasini qo’lga kiritdi. Davlat Chexiya va Slovaklya- Federativ Respublikasi nomini oldi. 1991- yi1 yanvar­dan narx-navo erkinlashtirildi, oqibatda ular oshib ketdi, biroq yil oxiriga kelib inflyatsiyani to’xtatish va narxlarni barqarorlashtirishga muvaffaq bo’lindi. Yoshi katta aholi xususiylashtirish kuponlari olishdi, ular korxonalar aksiyalarini olish huquqini berardi. Biroq yangi respublika hukumati Slovakiyaning alohi­da respublika bo’lib ajralishi talabiga duch keldi. 1992-yil­ning iyulida Slovakiyada ba’lib o’tgan parlament saylovlarida "Demokratik Slovakiya uchun harakat" g’alaba qozondi. Uning yo’lboshchilari tashabbusi bilan 1992-yil iyulda Slovakiya milliy kengashi (parlament) Slovakiya respublikasi suvereniteti haqidagi bayonotni qabul qildi. Ikki mamlakat yo’lboshchilari uchrashdi va Chexoslovakiyani bo’lish haqidagi bitimni ishlab chiqdi. 1993-yil 1-yanvardan Chexiya va Slovakiya mustaqil davlatlar - Chexiya va Slovakiya respublikalariga aylandi. Chexiya respublikasi o’z tovarlari yuqori sifatli bo’lgani tufayli Yevropada ham, boshqa qit’alarda ham keng bozorga ega bo’ldi. Mamlakatda ish­lab chiqarilayotgan mahsulotlar raqobatbardoshligini ta’minlash uchun soliqlar qisqartirildi. Iqtisodiyot yaxshi sur’atlarda o’sdi, sanoat mahsulotining yillik o’sishi 5 foizni tashkil etdi. Shu munosabat bilan byudjet har yili ijobiy foyda bilan bajarildi. Mamlakat bo’lingandan keyin mehnatkashlar ommasi ahvoli boshqa sotsialistik mamlakatlarda bo’lganidek og’irlashmadi. Ishsizlik 2,8 foiz- dunyoning industrial rivojlangan mamlakatlari orasida eng quyi darajada bo’ldi, oylik ish haqi ikki marta oshdi, inflyatsiya uchdan biriga pasaydi va atigi 8,5 foizni tashkil etdi.
Slovakiya respublikasidagi vaziyat bir qadar boshqacha bo’ldi. U Yevropadagi eng mayda davlatlar­dan biri bo’lib, uning maydoni 49 ming kv. km., aholisi 5,5 million kishidan iborat. Butun mamlakatni sharqdan g’arbga qadar bir necha soatda kesib o’tish mumkin. Mamlakatda rivojlangan sanoat, xom ashyo va ener­getikaning yirik manbalari yo’q. Asosiy boylik - Dunay va tabiat, ular yuz minglab turistlarni o’ziga jalb etadi. Bozor xo’jaligiga o’tish bu yerda tezkor bo’ldi va 1995 ­yilda xususiy sektor mahsulotlari umumiy sanoat mahsu­lotlarining 61 foizini tashkil etdi. Chexiya bilan bo’lingandan so’ng Slovakiyada sanoat ishlab chiqarishi tushib ketdi. 1993-yili u 1989-yilgi darajasining 78 foizini tashkil etdi va faqat 1995-yilda 87 foizgacha ko’tarildi. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish pasayishi faqat 1995-yilda to’xtatildi. Ishsizlik ulkan muammo, 1995-yilning yanvarida eng yuqori nuqta - 15,2 foizgacha yetdi. Inflyatsiyaning o’sishi va real oylik ish haqining pasayishini mamlakatdagi iqti­sodiy qiyinchiliklar belgilab berdi. 1998-yilda Chexiya NATOga a’zo bo’lib kirdi. 2002-yil parlament saylovlarida Chexiya sotsial-­demokratlar partiyasi g’alaba qozondi. Vladimir Spidla bosh vazir bo’ldi. 2003-yilda Y.Gavel prezidentlik vako­lati muddati tugashi tufayli iste’foga chiqdi.
24-§. POLSHA 50-90-YILLARDA
Milliy birlik hukumatini Polsha milliy tiklanish qo’mitasi raisi A.Osubka-Morovskiy boshqardi, uning birinchi o’rinbosari etib Polsha ishchi partiyasi (PIP) yo’lboshchilaridan biri Vladislav Gomulka (1905-1982), ikkinchi o’rinbosari etib muho­jirlikdagi bosh vazir S.Mikolaychik tayinlandi. Hukumat tarkibida boshqa siyosiy guruhlar vakillari ham bor edi. Mamlakatning reaksion-konservativ kuchlari S.Miko­laychik (1901-1966) va u 1945-yil avgustda tashkil etgan Polsha dehqonlar partiyasi, 1945-yil noyabrda tuzilgan katolik klerikallar doirasiga tayanuvchi Mehnat partiyasi atrofida birlasha boshladi. Polsha davlati mustaqilligining tiklanishiga intilgan vatanparvar kuchlar PIP atrofiga jamlandi. Parlamentda juda ko’pchi­likni tashkil etgan PIP S.Mikolaychik va uning tarafdorlari qarshiligini ancha oson yengdi. 1946-yil yanvarda xalq xo’jaligining asosiy tar­moqlari natsionalizatsiya qilindi. Sanoatda band bo’lganlarning 75 foizi ishlaydigan 11 ming korxona davlat mulkchiligiga o’tdi. Urush paytidayoq davom etgan yer islohoti ham davom etdi. 1948-yilning oxirigacha kam yerli va yersiz dehqonlar qariyb 6 million gektar yerga ega bo’ldi. 747 ming yangi dehqon xo’jaligi yuzaga keldi, ularning ko’pi o’rtahol toifaga mansub edi. Islohotlar natijasida zamin­dorlar xo’jaliklari to’liq tugatildi. PIP mamlakatda o’zi uchun ijtimoiy va siyosiy negiz yaratdi. 1948-yilda demokratik islohotlardan to’liq chekinish boshlandi. 1948-yil dekabrda Polsha sotsialistik partiyasi (PSP) PIP bilan birlashdi va yangi partiya – Polsha Birlashgan ishchi partiyasi (PBIP) mamlakat­da asosiy siyosiy kuch bo’ldi va yakkapartiyaviy diktatu­rani o’rnatdi. Boleslav Berut yangi partiyaning birinchi kotibi bo’ldi. U 1954-yilgacha mamlakat prezidenti va Vazirlar kengashi raisi edi. U olti yil mobaynida mamlakatni yakka holda boshqardi.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish