Jahon tarixi 11 1-§. "Sovuq urush"ning boshlanishi


-§. GRETSIYA: MONARXIYADAN DEMOKRATIYAGA



Download 0,91 Mb.
bet44/112
Sana02.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#524737
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   112
Bog'liq
21 11-JAHON TARIXI

21-§. GRETSIYA: MONARXIYADAN DEMOKRATIYAGA
Ikkinchi jahon urushidan so’ng Gretsiya G’arb va Bolqon yarim oroli tizimida mudofaa tizimiga aylandi. Mamlakatda shu bilan bog’liq yuz bergan voqealar xalqaro ko’lamda tus oldi. 1946-yildagi plebissit (referendum) natijasida mam­lakatda qirol Georg II boshchiligidagi monarxiya tizimi tasdiqlandi. 1947-yil aprelda Georg II vafot etdi, taxtga uning ukasi Pavel (1901-1964) o’tirdi va mamlakatni o’n yetti yil boshqardi. Pavel vafotidan so’ng taxt voris­ligi uning o’g’li, mamlakatda juda mashhur sanalgan Konstantin II ga o’tdi. 1967-yil 13-dekabrda pol­kovniklar diktaturasini yo’q qilishga qarshi muvaffaqiyat­siz urinishlardan so’ng u Italiyaga emigratsiyaga ketish­ga majbur bo’ldi. 1973-yil 1-iyunda polkovniklar uni o’zlarining hokimiyatiga qarshi isyon ko’tarishda aybladi va Gretsiyani respublika deb e’lon qildi. Polkovniklar hokimiyati tugatilgach, 1974-yil 8-dekabrda qirol Konstantinning konstitutsiyaviy mavqeini to’la-to’kis aniqlash uchun Gretsiyada referendum o’tkazildi. 70 foiz greklar monarxiya tiklanishiga qarshi chiqdilar va mam­lakat respublika deb e’lon qilindi. 1946-yilda qirollik hokimiyatining tasdiqlanishi fuqarolar urushining yangi bosqichidan darak berdi. Gretsiya kommunistik partiyasi fashizmga qarshi kurashgan sobiq partizan otryadlaridan 1946-yil oktyabrida nisbatan kuchli Gretsiya Demokratik armiyasini (EAM) tuzishga muvaffaq bo’ldi. Hukumat qo’shinlari janubiy rayonlarga surib qo’yildi. EAM hujumga o’tib, bir qator muvaffaqiyatli operatsiyalarni amalga oshirganda Gretsiya hukumatiga prezident Trumen ma’muriyati katta yordam ko’rsatdi (1947-yilgi "Trumen doktrinasi"). Ushbu dastur bo’yicha Gretsiya 200 million dollar miqdorida qurol-yarog’, oziq-ovqat, kiyim-kechak, asbob-uskuna oldi va o’z armiyasini eng zamonaviy qurollar bilan ta’minlash imkoniga ega bo’ldi. Afinada keng vakolat va harbiy maslahatchilarga ega Amerika missiyasi tashkil etildi. Ayni paytda eng hal qiluvchi jang damlarida armiya Yugoslaviya madadidan mahrum bo’ldi. Chunki I. Tito va Stalin o’rtasida kelib chiqqan nizo tufayli Yugoslaviya Gretsiya hukumatiga ko’rsata­yotgan yordamini to’xtatib, o’z siyosatini o’zgartirib yuborgan edi. 1949-yil 30-avgustda Demokratik armiyaning qurol­li kuchlari Albaniya chegarasi yaqinidagi Grammos tog’larida qurshovga tushib qoldi va mag’lubiyatga uchradi. 7 haftadan so’ng armiya rahbariyati o’t ochishni to’xtatganligini bildirdi va qolgan qo’shinlarini Albaniya hamda Bolgariyaga olib chiqib ketdi. Gretsiya xalqi uchun fuqarolar urushi juda qimmatga tushdi. Har ikki tomondan 21 ming soldat va 5 ming fuqaro halok bo’ldi, 12 mingdan ortiq uy-joy vayron qilindi. Demokratik kuchlarning fuqarolar urushidagi mag’lubiyati Gretsiyada monar­xiya tuzumini mustahkamladi. Mamlakatda politsiya rejimi saqlanib qoldi va ayni damda fuqarolar urushi davridagi "favqulodda qonunlar" amal qilar edi. Biroq, monarxiya rejimi va uning qoidalarini saqlab qolish uchun birgina fuqarolar urushidagi g’alaba yetarli emasligini tushungan boshqaruvchi doira mamlakatda parlament saylovlarini o’tkazishga qaror qildi. Yangi hukumat rahbari sifatida marshal Aleksandr Papagos (1883-1955) saylandi. Fuqarolar urushi davrida u monarxistlar qurolli kuchlarini boshqarib, davlat boshqaruv doirasining ishonchini qozondi. 1951-yili u armiyadagi barcha lavozimlardan ketib, yangi "Gretsiya majlisi" partiyasini tuzdi va 1952-yil noyabrdagi parla­ment saylovida g’alaba qozondi. A. Papagos 1955-yil­gacha mamlakat bosh vaziri bo’lib qoldi. 1952-yilda Gretsiya NATO safiga kirdi. Gretsiya - Amerika shartnomasiga muvofiq 1953­ yili Gretsiyaning barcha hududi, portlar, aerodrom, kommunikatsiya, omborlar AQSH nazorati ostiga o’tdi. A. Papagos Gretsiyani AQSH ittifoqchisiga aylantirib, Sharqiy O’rta Yer dengizidagi amerika siyosatining muhim bo’g’ini sifatida tashqi siyosatda tub burilish yasadi. 1955-yil oktyabrda A. Papagos vafotidan so’ng qirol Konstantin Karamanlisni bosh vazir etib tayinladi. U qirol va AQSHning katta ishonchiga sazovor bo’lgan edi. Amerika. madadi tufayli K.Karamanlis iqtisodiy qiyinchiliklarni yengib o’tishga erishdi. Amerika investitsiyasi tufayli metallurgiya, mashinasozlik, kema­sozlik, kimyo va neftni qayta ishlash sanoat tarmog’i rivojlanib ketdi. Gretsiyaning "Umumiy bozor"ga kirishi g’arb iqti­sodi bilan aloqasini yanada mustahkamladi va investit­siyaning ko’payishiga yordam berdi. Gretsiya agrar­ industrial mamlakatdan industrial-agrar mamlakatga aylana bordi. K.Karamanlis Gretsiyaning "sovuq urush"dagi ishtirokini kengaytirishga harakat qilganligi va Gretsiyada Amerika raketalari bazasi qurilishiga rozilikbildirgani jamoatchilikka ma’lum bo’lgach, u iste’foga ketishga majbur bo’ldi. 1963-yil noyabr va 1964-yil fevraldagi saylovlarda o’ng partiyalar mag’lubiyatga uchradi. Hokimiyat tepasiga Georgios Papandreu (1888-1968) boshchiligidagi markaz Ittifoqi huqumati keldi. Markaz Ittifoqi radikal demokratlar va sotsialist­lardan tashkil topgan edi. Papandreuning bosh vazir etib tayinlanishi Gretsiya boshqaruv doirasida norozilik tug’dirdi. Bundan tashqari, G. Papandreu hukumati tomonidan mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida demokratlashtirish chora - tadbirlarining amalga oshiri­lishi qirolning jig’iga tegdi va u 1965-yil iyulda G .Papandreuni bosh vazir lavozimidan olib tashladi.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish