Neft sanoati. Konlardan qazib olingan neftning katta qismi mamlakat ich- karisidagi uzunligi 70 ming km ga yaqin bo‘lgan neft quvurlari orqali tashiladi. Bu quvurlar neft qazib oluvchi rayonlami davlatning boshqa barcha hududlari bilan bog‘lab turadi. Neft MDH davlatlariga, Sharqiy va G‘arbiy Yevropa mamlakatlari va Xitoyga eksport qilinadi. So‘nggi yillarda o‘rtacha hisobda yiliga 150 mln. tonnagacha neft eksport qilinmoqda.
Gaz sanoati. Rossiya tabiiy gazning sanoat zaxiralari va uni qazib olish haj- mi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egallaydi. Bu xomashyoning asosiy qismi G‘arbiy Sibiming shimolida, Shimoliy Kavkazda, Ural rayonida, Volgabo‘yida, Komi Respublikasida, Yakutiyada, Saxalinda qazib olinadi. Uning asosiy qismi G‘arbiy Sibirga to‘g‘ri keladi.
Magistral quvurlarining asosiy tizimlari - G‘arbiy Sibirdagi gazga boy yer- lardan, (Yolgabo‘yi, Ural, Shimoliy Kavkazdan) gazni Markaziy Rossiyaga hamda xorijga yuboradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |