Shimoliy Amerika mamlakatlari-Amerika Qo‘shma Shtatlari va Kanada kiradi.
Lotin Amerikasi davlatlari-Yerning G‘arbiy yarimsharida joylashgan bo‘lib, Amerika qit’asidagi AQSH, Kanada davlatlari va Grenlandiya orolidan tashqari barcha mamlakatlarni (Meksika; Markaziy Amerika (Beliz, Gvatemala, Salvador, Gonduras, Nikaragua, Kosta-Rika, Panama); Vest-Indiya (Karib dengizidagi orol mamlakatlar); And mamlakatlari (Venesuela, Kolumbiya, Ekvador, Peru, Boliviya, Chili); “Gviana uchburchagi” (Gayana, Surinam, Fransiya Gvianasi); Braziliya; La-Plata mamlakatlari (Argentina, Urugvay, Paragvay) o‘z ichiga oladi.
Markaziy Amerika-(Beliz, Gvatemala, Salvador, Gonduras, Nikaragua, Kosta-Rika, Panama).
Vest-Indiya-ya’ni “G‘arbiy Hindiston” (Karib dengizidagi orol mamlakatlar).
And mamlakatlari- (Venesuela, Kolumbiya, Ekvador, Peru, Boliviya, Chili).
“Gviana uchburchagi”- (Gayana, Surinam, Fransiya Gvianasi).
La-Plata mamlakatlari- (Argentina, Urugvay, Paragvay).
Osiyo-qadimiy assuriyaliklar (Mesopotamiya pasttekisligining shimoliy qismi) tilida u «sharq» ma’nosini beradi, tabiiyki, bu qadimiy davlatdan sharqda joylashgan keng hududlar «Osiyo» deb nom olgan.
Osiyo qit’asi subregionlari-Markaziy Osiyo, Janubi-g‘arbiy Osiyo, Janubiy Osiyo, Sharqiy Osiyo, Janubi-sharqiy Osiyo.
Osiyoning yangi industrial davlatlari-Koreya Respublikasi, Tayvan, Singapur, Xitoyning Syangani-ular g’arbda «Osiyo yo‘lbarslari» yoki «Osiyo ajdarholari» deb ham nom olgan. XX asr oxirlariga kelib bu toifa davlatlarga Malayziya va Tailand ham qo‘shildi.
Sanoati bir tomonlama, ya’ni sust rivojlanayotgan mamlakatlar-Mongoliya, Pokiston, Yyetnam, Bangladesh, Iordaniya, Shri-Lanka kabi mamlakatlar bo‘lib, asosan, tog‘-kon yoki yengil, oziq-ovqat sanoatlarigina ma’lum darajada rivojlanishga erishgan.
Iqtisodiyoti eng qoloq mamlakatlar-Afg‘oniston, Nepal, Yaman, Laos, Butan kabi mamlakatlardir. Ularda sanoatning biron tarmog‘i yetarli rivojlanmagan, qishloq xo‘jaligida mehnat unumdorligi juda past darajadadir.
SHolikor rayon-Janubiy, Janubi-sharqiy va Sharqiy Osiyoning musson iqlimli hududlari kiradi.
Subtropik dehqonchilik rayon-0‘rta dengiz bo‘yi hududlarida tarkib topgan.
Sharqiy Osiyo-Mongoliya, XXR, KXDR, Koreya Respublikasi, Yaponiya.
Janubi-Sharqiy-Osiyo mamlakatlari-Hindi-Xitoy va Malakka yarimorollari, Malayya arxipelagini o‘z ichiga oladi. Bu regionda Bruney, Yyetnam, Indoneziya, Kambodja, Laos, Malayziya, Myanma, Singapur, Tailand, Filippin va Sharqiy Timor joylashgan.
Malakka mamlakatlari-Malayziya, Singapur va Tailand.
Orollar mamlakatlari-Indoneziya, Bruney, Filippin va Sharqiy Timor Janubi-sharqiy Osiyoning Tinch va Hind okeanlari oralig‘idagi minglab katta- kichik orollarda joylashgan.
Hindi-Xitoy mamlakatlari-Vyetnam, Kambodja, Myanma, Laos davlatlaridir.
Janubiy Osiyo subregioni-Hindiston yarimoroli, Hind-Gang tekisligi, Shri-Lanka, Maldiv, Andaman, Nikobar hamda Lakkadiv orollari kiradi. Uning hududida 7 ta davlat joylashgan (Butan, Hindiston, Pokiston, Nepal, Bangladesh, Shri-Lanka, Maldiv).
Janubi-G’arbiy Osiyo-Afg‘oniston, Bahrayin, Isroil, Iordaniya, Iroq, Eron, Yaman, Qatar, Kipr, Quvayt, BAA, Ummon, Livan, Suriya, Saudiya, Turkiya, Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya.
Okeaniya davlatlari-davlatlari tarkibiy jihatdan Melaneziya, Polineziya va Mikroneziya mintaqalariga ajratiladi.
Melaneziya-(Solomon, Yangi Gebrid, Yangi Kaledoniya va boshqa orollar) Avstraliyaga juda yaqin joylashgan.
Polineziya-(Gavayi, Samoa, Tokelau va boshqa orollar) esa aksincha, Avstraliyadan ancha olisda, Tinch okeanining janubiy va markaziy qismlarida joylashgan.
Mikroneziya-(Karolina, Marshall, Mariana, Gilbert va boshqa orollar) Yangi Gvineya orolidan shimolda, Filippin orollaridan sharq tomondagi akvatoriyada tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |