To‘rtinchi - Fors qo‘ltig‘i bo‘yidagi neft qazib chiqaruvchi mamlakatlar. Bu mamlakatlaming ko‘pchiligi hozirgi vaqtda aholi jon boshiga YMDning darajasiga ko‘ra salkam jahondagi yetuk rivojlangan davlatlar qatorida turadi. Buning asosiy sababi, neftni ko‘plab qazib chiqarish va uni eksport qilish hisobiga tushadigan katta miqdordagi «neft-dollar»dir. Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Birlashgan Arab Amirliklarida mamlakat eksportining 95% ini neft tashkil qiladi. Natijada Fors qo‘ltiqbo‘yi mamlakatlarida neft va tabiiy gaz chiqarish, neft kimyosi, qayta erituvchi metallurgiya kabi sanoat tarmoqlari yuzaga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |