Birinchi - sholikor rayon. Bunga Janubiy, Janubi-sharqiy va Sharqiy Osiyoning musson iqlimli hududlari kiradi. Shimolda Yaponiya, Koreyadan tortib janubda Yava, Shri-Lanka orollarigacha ekin maydonlarining mutlaq katta qismida har yili qayta-qayta sholi ekib hosil olinadi.
Gang, Braxmaputra, Iravadi, Menam, Mekong, Xongxa (qizil), Yanszi, Siszyan kabi daryolaming unumdor qayir va deltalarida, okean va dengizbo‘yi pasttekisliklari hamda son-sanoqsiz orollar ekinzorlaridan olinadigan mo‘l sholi hosili yuz millionlab aholining asosiy tirikchilik vositasi bo‘lib kelmoqda. Sholikor maydonlardan birmuncha balandroqda qir, adirlar, tog‘ yonbag‘irlarida, ayniqsa, Hindiston, Xitoy, Shri- Lanka, Indoneziya davlatlarida o‘ziga xos maftunkor choy landshaftlari o‘zini ko‘z-ko‘z qiladi. Ular orasida esa subtropik va tropik mevazor bog‘lar, xushbo‘y dorivor dehqonchilik maydonlari yastanib yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |