4-MAVZU: SHIMOLIY YEVROPA DAVLATLARI
Reja:
Shimoliy Yevropa mamlakatlari tarkibi. Iqtisodiy geografik o’rni siyosiy geografik xolati. Tabiiy resurslari, aholisi. Milliy tarkibi. Demografik xolati. Urbanizatsiya darajasi. Xo’jalik tarmoqlari. Sanoati. Qishloq xo’jaligi. Transporti. Tashqi iqtisodiy aloqlari. Eksport va importi.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Shimoliy Evropa, Skandinaviya davlatlari, Boltiq davlatlari.
Shimoliy Yevropa davlatlari. Bu subregion tarkibiga qit’aning Shimoliy Muz okeani hamda Atlantika okeanining Shimoliy va Boltiq dengiziga tutash 8 ta davlati kiradi. Bu davlatlar, odatda, 2 ta tarixiy-geografik guruhga bo‘linadi: Skandinaviya davlatlari-Norvegiya, Shvetsiya, Daniya, Finlyandiya, Islandiya hamda Boltiq davlatlari-Estoniya, Latviya, Litva. Bu ikki guruh davlatlar o‘rtasida tarixan shakllangan mustahkam siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalari mavjud. Daniya, Shvetsiya va Norvegiya konstitutsiyaviy monarxiya, qolgan davlatlar esa parlamentar respublika hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |