Mavzu; G’arbiy Yevropa davlatlari aholisi demagrafik vaziyzti.
Reja.
G’arbiy Yevropa davlatlari.
G’arbiy Yevropa davlatlari aholisi
G’arbiy Yevropa davlatlari aholisi demagrafik vaziyzti.
Yevropaning shimoliy va markaziy hududlari demografik vaziyat nuqtai nazaridan barqaror bo‘ladi, qit'aning janubi va sharqini esa, aksincha, aholisining tezda qarishi kutmoqda. Bu haqda seshanba kuni jurnalistlarga oshkor qilingan, Berlinning rivojlanish va nufuz instituti tomonidan e'lon qilingan yangi tadqiqotda aytib o‘tilgan.«Qarish, shubhasiz, demografik rivojlanishning eng sezilarli iqtisodiy oqibati sanaladi. Bu hodisaga qarshi kurashish va ishchi bozorni yangi kadrlar bilan boyitishning ikki yo‘li bor — tug‘ilishni ko‘paytirish va mehnat muhojirlarini jalb qilish. Yevropa demografik migrantlar sohasida pioner bo‘lishi mumkin, biroq bu yo‘nalishda rivojlanish qit'aning turli qismlarida turlicha kechayotganining guvohi bo‘lyapmiz», — dedi Yevropaning 290 hududi tahlildan o‘tkazilgan tadqiqotda qatnashgan doktor Reyner Klingholts.
Klingholtsning so‘zlariga ko‘ra, tahlil natijasida quyidagi xulosalar olingan: Skandinaviya davlatlari, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Avstriya, Germaniya, Shveytsariya iqtisodiyot va demografiya jihatidan eng taraqqiy topgan hududlar hisoblanadi. Bu holda Shvetsiya, Norvegiya va Buyuk Britaniyada tug‘ilish sonining ko‘pligi kuzatilayotgan bo‘lsa, nemis tilli hududlardagi barqarorlik Yevropaning va jahonning boshqa mamlakatlaridan kelayotgan migrantlar hisobiga ushlab turilibdi. Qit'a janubida — Gretsiya, Ispaniya, Portugaliya, shuningdek, janubiy Italiyada moliyaviy, qarzdorlik va migratsion inqiroz tufayli 80-yillarda boshlangan demografik murakkabliklar chuqurlasha bordi va prognozlarga ko‘ra bu mamlakatlarni keyinchalik ham tug‘ilishning kamayishi va emigratsiyaning o‘sishi kutib turibdi.
Ayniqsa, sharqiy Yevropa davlatlarida vaziyat shiddat bilan rivojlanib boradi, chunki bu davlatlar azaldan, ayniqsa, sotsialistik tuzum vaqtida tug‘ilish soni yuqori mamlakatlar hisoblangan. Bu davlatlarning iqtisodiy o‘sishini G‘arbiy Yevropa davlatlari darajasida tez ta'minlashning iloji yo‘qligidan, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida migratsiyaning yuqori sur'ati, tug‘ilishning kamayishi va aholining qarishini keltirib chiqarmoqda. Natijada Bolgariya va Ruminiya kabi davlatlar 2050 yilgacha aholisining yiliga 0,5 foizini yo‘qota borishi mumkin, Berlin instituti hisob-kitoblariga ko‘ra Boltiqbo‘yi respublikalari asr o‘rtasiga borib ayni paytdagi aholisining 40 foizidan ayriladi.Institut xodimi Shtefan Sifertning so‘zlariga ko‘ra, tug‘ilish darajasi va migratsiya darajasi bir biriga chambarchas bog‘liq, mamlakatdan yoshlarning chiqib ketishi demografik inqiroz chuqurlashishiga sabab bo‘ladi, xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |