2-jadval. G‘arbiy Yevropa davlatlari
№
|
Davlatlar
|
Maydoni, ming km2
|
Boshqaruv shakli
|
Poytaxti
|
1
|
Avstriya
|
83,2
|
Respublika
|
Vena
|
2
|
Belgiya
|
30,5
|
Monarxiya
|
Bryussel
|
3
|
Buyuk Britaniya
|
244,5
|
Monarxiya
|
London
|
4
|
Germaniya
|
356,9
|
Respublika
|
Berlin
|
5
|
Irlandiya
|
70,3
|
Respublika
|
Dublin
|
6
|
Lixtenshteyn
|
0,16
|
Monarxiya
|
Vaduts
|
7
|
Lyuksemburg
|
2,6
|
Monarxiya
|
Lyuksemburg
|
8
|
Niderlandiya
|
41,2
|
Monarxiya
|
Amsterdam
|
9
|
Fransiya
|
551,6
|
Respublika
|
Parij
|
10
|
Shveytsariya
|
41,3
|
Respublika
|
Bern
|
11
|
Monako
|
0,002
|
Monarxiya
|
Monako
|
Subregion mamlakatlarining iqlim sharoiti mo‘tadil, Fransiya janubida esa iqlimi subtropik. Foydali qazilmalardan Shimoliy dengiz akvatoriyasidagi neft-gaz (Niderlandiya, Buyuk Britaniya), qo‘ng‘ir va toshko‘mir (Germaniya, Fransiya, Belgiya, Buyuk Britaniya), temir rudalari (Fransiya, Germaniya, Lyuksemburg, Belgiya) va kaliy tuzlari (Germaniya) konlari diqqatga sazovor. Alp mamlakatlari gidroenergiya resurslariga boy.
G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida tug‘ilish va tabiiy ko‘payish ko‘rsatkichlari juda past, Germaniyada esa ko‘p yillardan buyon depopulyatsiya jarayoni ro‘y bermoqda. Lekin tashqi migratsiya balansi yuqori musbat ko‘rsatkichlarga ega bo‘lganligi bois, subregion davlatlarida aholi o‘sishi davom etmoqda. G‘arbiy Yevropa qit’a subregionlari ichida aholisi eng zich joylashgan hudud hisoblanadi. Urbanizatsiya ko‘rsatkichlari, Lixtenshteyndan tashqari, barcha davlatlarda yuqori bo‘lib, Buyuk Britaniya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburgda 90 foizdan baland, Monakoda esa 100 foizga teng. Yevropa va butun jahon miqyosida katta ta’sir doirasiga ega London, Parij, Berlin, Gamburg, Bryussel, Amsterdam, Syurix va ular singari boshqa yirik shaharlaming aynan G‘arbiy Yevropada joylashganligi ham bu subregionning muhim o‘ziga xos xususiyatidir.
G‘arbiy Yevropa davlatlarining barchasi rivojlangan davlatlar safiga mansub bo‘lib, jahon xo‘jaligining hududiy tarkibida juda muhim o‘ringa ega. Jahon iqtisodiyotida G‘arbiy Yevropa davlatlari ko‘p tarmoqli mashinasozlik va kimyo sanoati, intensiv chorvachilik va dehqonchilik, bank-moliya va turizm sohalarining xalqaro ahamiyatli darajada rivojlanganligi bilan alohida ajralib turadilar.
Lixtenshteyn. Rasmiy nomi-Lixtenshteyn Knyazligi. Poytaxti-Vaduts. Hududi-160 km kv. Aholisi-36850 kishi (2013). Dalvat tili nemis, Dini-xristian-katoliklar-87%, protestantlar 7%, pul birligi-shveytsariya franki. Geografik joylashuvi va tabiati. Markaziy evropada, Reyn daryosining o’ng sohilida joylashagan. Shimol, g’arb, janubda Shveytsariya, sharqda-Avstriya bilan chegaradosh. Chegaraning umumiy uzunligi 76 km. Mamlakat Alp tog’larida joylashgan bo’lib, uning eng baland nuqtasi-2599 m (Forder-Grausshpits tog’i). G’arbda Reyn daryosi havzasida tog’lar pasaya boradi. Shveytsariya bilan chegara Reyn daryosi orqali o’tgan. Asosiy tabiiy resursi-uning gidroenergetik potentsialidir. Konstitutsion monarxiya davlati. Davlat boshlig’i knyaz, ijroiya hokimiyatni hukumat-bosh vazir, uning o’rinbosari va uch a’zo tomonidanamalga oshiriladi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat knyaz va parlament-Landtag tomonidan amalga oshiriladi. Iqtisodini asosini engil sanoatning kichik korxonalari va fermer xo’jaliklariga tayanib taraqqiy etadi.
Sanoat tarmoqlari orasida-uskunasozlik, metallga ishlov berish, vakuum texnikasi ishlab chiqarish, elektron sistemalar va mikroprotsessorlar ishlab chiqarish sohalari yaxshi rivojlangan. An’anaviy sanoat tarmoqlari-to’qimachilik, farmatsevtika, kulolchilik buyumlari, taqinchoqlar ishlab chiqarish. Turizmdan tashqarikollektsionerlar uchun pochta markalari sotish ham davlat xazinasiga sezilarli mablag’ keltiradi. Tadbirkorlik faoliyatiga past soliqlarning joriy qilinishi va kompaniyalarni ro’yxatdan o’tkazishning osonligi sababli, Lixtenshteynda juda ko’plab kompaniyalarning idoralari ochildi (bunday kompaniyalar umumiy davlat daromadining 30% ini beradi). Mamlakat iqtisodi Shveytsariya iqtisodiy bilan uzviy bog’liq, shuning uchun aholini yashash darajasi Shveytsariyanikidan deyarli farq qilmaydi. 2010 yil YaIM 5028 mln, jon boshiga 122 100 dollar. Shveytsariyaniki-2012 yil 622 855 mln, jon boshiga 79 033 dollar. Asosiy savdo hamkori-EI, Shveytsariya. Temir yo’llarining umumiy uzunligi-18,5 km (Avstriyaning federal mulki), avtomobil yo’llari-32293 km (hammasi qattiq qoplamali). 17 asrda Shellenberg va Vadutsni sotib olgan avstriyalik Lixtenshteynlar oilasi 1719 yilning 15 avgustida knyazlik maqomiga ega bo’lishgan.
Lyuksemburg. Rasmiy nomi-Lyuksemburg Buyuk Gertsogligi (davlat tuzilishi-konstituttsiyaviy monarxiya). Poytaxti-Lyuksemburg. Hududi-2586 km kv. Aholisi-537 000 (2013). Davlat tili-nemis, frantsuz va lyuksemburg shevasi (fransik mozelan). Dini-xristian dinining katoliklari. Pul birligi-evro. G’arbiy Evropada joylashgan bo’lib, Gollandiya va Belgiya bilan birga Benilyuks guruhiga kiradi. G’arb va shimolda Belgiya, janubda Frantsiya, sharqda –Germaniya chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi-359 km. Shimolda Ardenn tog’ tizmasi joylashgan, qolgan hududlar sertepa tekisliklardan (Gutland) iborat. Yirik daryosi Mozel va uning irmog’i Zauer. Mamlakat boy temir ruda konlariga ega. Iqlimi mo’’tadil, kontinental.
Mamlakat iqtisodi inflyatsiyaning pastligi va ishsizlikning amalda yo’qligi bilan xarakterlanadi. Sanoatning nisbatan taraqqiy etgan sohalari: metallurgiya, kimyo, oziq-ovqat, oyna va alyuminiy ishlab chiqarish. Davlat G’arbiy Evropaning molyaviy markazlaridan biri. Bu erda ko’pgina bank va kompaniyalarning idoralari ochilgan. Qishloq xo’jaligi oilaviy fermerlik faoliyatiga asoslangan bo’lib, ular yuqori darajada mexanizatsiyalashgan. 2012 yil YaIM miqdori 55 287 mln.(jon boshiga 107 206) dollarni tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari-EI mamlakatlari, AQSh. Temir yo’llarning umumiy uzunligi 271 km (243 km elektrlashtirilgan), avtomobil yo’llari-5108 km (5000 km qattiq qoplamali), daryo porti Martert.
Monako. Rasmiy nomi-Monako Knyazligi. Poytaxti-Monako. Hududi-1,9 km kv. Aholisi-35500 kishi (2012). Davlat tili-frantsuz. Davlat dini xristian dinining katolik mazhabi, pul birligi evro. Evropaning janubida, O’rta er dengizi qirg’oqlarida joylashgan davlat. G’arb, shimol, sharqda Frantsiya bilan chegaradosh. Quruqlikdagi chegaralari uzunligi 4,4 km, sohil bo’ylab chegara uzunligi esa 4,1 km. Monako hududi bo’yicha dunyoning eng kichik davlatlaridan biri hisoblanadi. Landshafti tepaliklardan iborat. Iqlimi-qishda yumshoq va zax, yozda issiq va quruq. Davlat tuzilishi konstitutsion monarxiya (knyazlik). Mamlakat monako, Monte-Karlo, Kondamin ma’muriy hududlariga bo’lingan. Monako 1419 yildan buyon mustaqil davlat hisoblanadi. Davlat boshlig’i knyaz. Davlat xazinasiga daromad asosan chet ellik turistlar (Monako Evropaning eng yaxshi kurortlaridan biri hisoblanadi) va kazinolarga tashrif buyuruvchilardan keladi. Davlat o’z fuqarolaridan daromad solig’i olmaydi, biroq bu erda doimiy istiqomat qiladigan tadbirkorlardan, shuningdek, Monako bilan imtiyozli soliqlar asosida hamkorlik qilayotgan chet el kompaniyalaridan olinadigan daromadlar hisobidan qoplanadi. Monako daromadining deyarli yarmini korxonalar, banklar va mehmonxonalardan olinadigan qo’shimcha qiymat solig’i tashkil qiladi. Monako aholisining yashash darajasi G’arbiy Evropa davlatlari bilan tenglasha oladi. 2010 yil YaIM miqdori 976 mln, jon boshiga 30 000 dollarni tashkil etgan. Frantsiya bilan tuzilgan bojxona ittifoqi orqali Monako EI davlatlari bilan hamkorlik qiladi. Temir yo’llarning umumiy uzunligi 1,7 km, avtomobil yo’llari faqat shahar ko’chalarida bor, asosiy porti-Monako.
Do'stlaringiz bilan baham: |