Yevropa mamlakatlari sanoati va qishloq xo‘jaligi. Yevropaning xalqaro geografik mehnat tizimidagi o‘mi va ahamiyati 200 yildan ziyod davr mobaynida sanoat orqali belgilanadi. Hozirgi vaqtda ham sanoat yuqori sur’atlarda rivojlanishda davom etmoqda.
Mashinasozlik Yevropaning yetakchi sanoat tarmog‘i hisoblanadi. Mazkur tarmoq butun sanoat mahsulotining 1|2, eksportning 2|3 qismini tashkil qiladi. Ayniqsa, avtomobilsozlik yuksak darajada rivojlangan. Dunyoda «Renault» (Fransiya), «Wolkswagen», «Mercedes-Benz» (GFR), «Fiat» (Italiya), «Volvo» (Shvetsiya), «Tatra» (Chexiya) kabi avtomobil markalari mashhurdir. Myunxen, Tuluza, Turin, Manchester, Brussel shaharlari harbiy sanoat markazlari bo‘lib hisoblanadi.
Mashinasozlik, avvalo, mehnat resurslari, ilmiy baza va rivojlangan infratuzilmaga asoslanadi. Lekin, sanoat bulardan ham ko‘proq yirik shaharlar va aglomeratsiyalarga, poytaxtlarga intiladi. Jumladan, Buyuk Britaniyada elektrotexnika, elektronika, kosmik va aviaraketa sanoati tarmoqlarining rivojlanganligi bo‘yicha London, avtomobilsozlik bo‘yicha Birmingem, to‘qimachilik mashinasozligi bo‘yicha Manchester, kemasozlik bo‘yicha Glazgo shaharlari va rayonlari alohida ahamiyat kasb etadi.
Yevropada sanoat tarmoqlari ichida mashinasozlikdan keyin ikkinchi o‘rinda kimyo va neft-kimyo sanoati turadi. Qit’ada nafaqat regionning, balki butun dunyoning eng «kimyolashgan» davlati-GFR joylashgan. Ikkinchi jahon umshiga qadar kimyo sanoati, asosan, kon-kimyo xomashyosiga asoslangan holda rivojlangan edi. Kaliy va osh tuzlari, oltingugurt va boshqa shu kabi xomashyodan foydalanilardi.
Qit’ada neft va tabiiy gaz konlarining ochilishi neft-kimyo tarmog‘ining rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Yevropaning g‘arbiy hududlarida joylashgan Temza, Sena, Reyn, Elba, Rona kabi daryolar nomlari bilan bog‘liq holda neftni qayta ishlovchi markazlar barpo etildi. Eng yirik neft-kimyo tarmog‘i Niderlandiyaning Rotterdam shahri hududida joylashgan. Qit’aning sharqidagi neft va gaz magistral quvurlari o‘zining yonida neft va tabiiy gazni qayta ishlovchi korxonalar va neft-kimyo majmualarining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Chexiya, Slovakiya, Polsha va Yengriyadagi neftni qayta ishlovchi korxonalar ham quvurlarga yaqin hududlarda barpo qilingan. Bolgariyadagi neft-kimyo majmuasi Qora dengiz sohilida j oylashgan.
Yevropa ko‘pchilik davlatlarining yoqilg‘i-energetika xo‘jaligida neft va tabiiy gaz muhim o‘rin egallaydi. Mazkur xomashyo turlari regionning ehtiyojini to‘la- to‘kis qondirmaydi. Yetishmagan xomashyo boshqa mamlakatlardan, avvalo, Rossiyadan hamda Shimoliy Afrika va Fors ko‘rfazidan import qilinadi. Yevropaning Polsha va Chexiya davlatlarida toshko‘mir va qo‘ng‘ir ko‘mir katta miqdorda qazib olinadi.
Jahon miqyosida yoqilg‘i-energetika balansida muhim o‘rin egallagan qo‘ng‘ir ko‘mir havzalari qatoriga Balxatuv (Polsha), Shimoliy Nesh (Chexiya), Post Lauziya va Galle-Leypsig (Germaniya) havzalari kiradi. Issiqlik elektrostansiyalarining ham ko‘pchiligi ko‘mir havzalariga tortiladi. Lekin IES larining asosiy qismi dengiz portlari va katta shaharlarda barpo etilgan. Elektroenergetika tizimida AES lar muhim o‘rin egallaydi. Bu o‘rinda, ayniqsa, Fransiya, Belgiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Chexiya, Slovakiya, Yengriya, Bolgariya davlatlari ajralib turadi. Ulaming hududlarida 80 dan ortiq AESlari joylashgan.
Dunay va uning irmoqlarida hamda Rona, Reyn, Dnepr, Dnestr va boshqa daryolarda ayrim GES lar va ulaming kaskadlari barpo qilingan. Metallurgiya tarmog‘i Yevropada yuz bergan fan-texnika inqilobidan ham ilgari shakllangan. Qora metallurgiya, avvalambor, yoqilg‘isi va xomashyosi mavjud bo‘lgan Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Ispaniya, Belgiya, Lyukscmburg, Polsha, Chexiyada rivojlandi.
Rangli metallurgiyaning asosiy tarmoqlari aluminiy va mis sanoatidir. Aluminiy ishlab chiqarish xomashyo va elektroenergiyaga boy Fransiya, Italiya, Vengriya, Ruminiya, Gretsiya, Germaniya mamlakatlarida rivojlangan. So‘nggi paytlarda aluminiy korxonalari, asosan, rivojlanayotgan mamlakatlar- dan (Surinam, Yamayka, Gvineya, Gviana, Hindiston) olinadigan xomashyoga tayanmoqda. Mis sanoati Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Belgiya, Polsha hamda Bosniya va Gersogovinada rivojlangan.
Yevropada yengil sanoat o‘zining oldingi ahamiyatini birmuncha yo‘qotdi. Eski to‘qimachilik rayonlari hisoblanmish Buyuk Britaniyadagi Lankashir va Yorkshir, Polshadagi Lodz hozirgi vaqtda ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Lekin so‘nggi yillarda yengil sanoat Janubiy Yevropaga ko‘chayotganligini ta’kidlab o‘tish lozimdir. Janubiy Yevropa regioni arzon ishchi kuchiga boy. Ana shunday mamlakatlardan biri Portugaliya Yevropaning asosiy tikuvchilik fabrikasi bo‘lib qoldi, Italiya esa poyabzal ishlab chiqarishda dunyoda AQSH dan keyin ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. Yevropa mamlakatlarida sanoatning boshqa tarmoqlari ham yaxshi rivojlangan.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yalpi hosili va turlari bo‘yicha Yevropa mamlakatlarining ko‘pchiligi o‘zlarining ichki ehtiyojlarini to‘la qondiradi va ulaming qolgan qismini eksport qiladi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin mamlakatlaming agrar munosabatlarida, yer egaligi va unga ishlov berish tizimida universal mayda dehqon xo‘jaligidan katta ixtisoslashgan yuqori tovar ahamiyatga ega xo‘jalikka o‘tish bilan bog‘liq bir qator o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi. Qishloq xo‘jaligi korxonasining asosiy shakli sifatida yuqori darajada mexanizatsiyalashtirilgan fermer xo‘jaligi qabul qilindi. Bu o‘rinda, ayniqsa, chorvachilik tarmog‘ida katta ijobiy o‘zgarishlar yuz berganini ta’kidlab o‘tish zamr. Binobarin, chorvachilik Yevropaning juda ko‘p mamlakatlarida, shu jumladan Daniyada yuqori darajada rivojlangan bo‘lib, u xalqaro ixtisoslashuv tarmog‘iga aylandi. Daniya sariyog‘, sut, pishloq, cho‘chqa go‘shti, tuxum yetishtirish va eksport qilish bo‘yicha dunyoning eng yirik davlatlaridan biriga aylandi. Uni Yevropaning «sut fermasi» deb atalishiga ham sabab shudir. Dehqonchilik aholining asosiy ehtiyojlarini qondiribgina qolmasdan, balki chorvachilik tarmog‘iga ham xizmat qiladi. Hosildor yerlaming aksariyat qismi madaniy ekinlar yetishtirishga ajratilgan.
Janubiy Yevropada dehqonchilik chorvachilikdan ustun ahamiyatga ega. Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya va boshqa mamlakatlar boshoqli (bug‘doy, arpa, suli, sholi) va moyli (zaytun daraxti, kungaboqar) ekinlarini yetishtirish bo‘yicha dunyoda yuqori o‘rinlami egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |