Jahon mamlakatlari iqtisodiy


Iqtisodiy-geografik o‘rni



Download 1,28 Mb.
bet115/173
Sana31.12.2021
Hajmi1,28 Mb.
#199298
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   173
Bog'liq
Jahon mamlakatlari 1

Iqtisodiy-geografik o‘rni, asosan, ancha qulay. Mintaqa IGO‘ ning qulayligi, avvalo, Yevropadan Tinch okeani havzasi mamlakatlariga olib boradigan ser- qatnov savdo yo‘li ustida joylashganligi bilan belgilanadi. Zero, Laosdan bosh­qa regionning barcha mamlakatlari dengiz bo‘yida yoki orollarda joylashgandir. Bu holat mamlakatlar iqtisodiy hayotida ijobiy rol o‘ynamoqda.

Mintaqada xilma-xil qazilma boyliklar bor. Ayniqsa, qalayi, volfram kabi rangli metallaming yirik konlari bor. Shuningdek, rux, qo‘rg‘oshin, temir rudasi, turli nodir va asl metallar, ko‘mir, neft, tabiiy gaz boyliklariga ham ega. Keyingi yillarda dengiz sayozliklaridan ancha istiqbolli neft va gaz konlari topilmoqda. Yer osti boyliklariga, ayniqsa, Indoneziya, Malayziya, Bruney, Yyetnam kabi davlatlar ancha boy.

Janubi-sharqiy Osiyoning iqlimi musson tiplidir. U, ayniqsa, materik va unga tutash orollarda yaqqol seziladi. Hozirgi vaqtda Janubi-sharqiy Osiyoning aholisi 629 mln. kishidan iborat. Mintaqada aholi tabiiy o‘sish hisobiga ancha tez (yiliga 8 mln. kishi) o‘smoqda. Aholining o‘sish sur’atlari Kambodja, Laos, Yyetnam kabi mamlakatlarda, ayniqsa, yuqori. Ularda tabiiy o‘sish har 1000 kishiga 20-22 kishidan to‘g‘ri keladi. Nisbatan yaxshi rivojlangan Singapur, Tailand, Indoneziya kabi mamlakatlarda esa bu ko‘rsatkich, aksincha past, 5-10 kishini tashkil qiladi.

Aholi mintaqa bo‘ylab notekis joylashgan. 0‘rtacha har 1 km2 may donga 140 kishi to‘g‘ri kelgani holda, bu ko‘rsatkich Yyetnam, Filippin, Tailandda 200 kishini tashkil qiladi. Indoneziyaning Yava orolida aholining o‘rtacha zichligi 2,5 ming kishi va Singapurda 6,5 ming kishiga yetadi. Shu bilan birga, Laos, Kambodja, Bruney kabi davlatlarda aholining o‘rtacha zichligi 1 km2 may donga 50-80 kishini tashkil qiladi.

Urbanizatsiya darajasi o‘rtacha 54,6% ga teng. Ushbu ko‘rsatkich Singa­purda 100% ni tashkil etadi. Nisbatan yuqori darajadagi urbanizatsiya darajasi Bruney (76,1%), Malayziya (73,0%) davlatlariga xos. 0‘rtacha urbanizatsiya­lashgan ko‘rsatkichlar Filippin (49,6 %) va Indoneziya (44,6 %)ga xos. Eng past ko‘rsatkichlar Laos, Vyetnam, Timor-Leshtin, Kambodja davlatlarida kuzatiladi.

Xo‘jaligi, transporti, tashqi iqtisodiy aloqalari va ichki tafovutlari Janubi-sharqiy Osiyo o‘tgan asming 70-yillarigacha jahonning eng qoloq o‘lkalaridan biri bo‘lib kelgan edi.

Osiyoda bir qator yangi industrial mamlakatlar shakllandi. Ana shunday mamlakatlar qatoriga Janubi-sharqiy Osiyoning dastlab Singapur, so‘ngra Malayziya, Tailand, Bmney davlatlari ham qo‘shildilar. Indoneziya va Filippin- ning ham ijtimoiy hayotida keskin jonlanishlar ko‘zga tashlanmoqda.

Shunday qilib, hozirgi Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari xo‘jaligida rivojlanish darajasiga ko‘ra bir-birlaridan farq qiluvchi: a) rivojlanishda ancha ilg‘or bo‘lgan yangi industrial mamlakatlarda industrial-agrar; b) rivojlanayot­gan mamlakatlarda agrar-industrial ishlab chiqarish shakllandi.

Hozirgi vaqtda Janubi-sharqiy Osiyo mintaqasi iqtisodiyotida sanoat ishlab chiqarishining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Mintaqa YIM ning 40,7 % i sanoatga, 24,7% i qishloq xo‘jaligiga va 34,6% i xizmat ko‘rsatish sohasiga to‘g‘ri keladi.

Chetdan keltiriladigan metall asosida mashinasozlik sanoati Janubi-sharqiy Osiyoning Malayziya, Tailand, Indoneziya va Filippin davlatlarida yaxshi rivoj­langan. Elektronika va elektrotexnika, radiotexnika va telemexanika, maishiy xizmat texnikasi mahsulotlarini ishlab chiqarish, ayniqsa, Singapur, Malayziya va Tailandda yuqori darajada rivojlangan.

Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi va u bilan bog‘liq bo‘lgan agrosanoat tarmoqlari muhim o‘rin egallaydi. Tabiiy sharoiti har yili 2-3 martagacha turli ekinlami ekib hosil olishga imkon beradi. Shu sababli mavjud yer maydonlari doimo o‘sib borayotgan millionlab aholini zamriy oziq- ovqat mahsulotlari bilan ta’minlab kelmoqda. Shu bilan birga, mintaqada chorvachilik ancha sust rivojlangan. Barcha mamlakatlarda baliq ovlash bilan shug‘ullaniladi.

Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi yengil va oziq-ovqat sanoatla- ri ancha ahamiyatli. Guruch mintaqadagi ko‘plab mamlakatlar eksportining asosini tashkil qiladi. Bu borada Tailand, Myanma, Yyetnam alohida ajralib turadi. Yog‘-moy sanoati tarmoqdagi yana bir yirik sohadir. 0‘simlik moyi, asosan, kokos yong‘og‘idan olinadi. Jahonda bunday moyni ishlab chiqarish va uni eksport qilishda ham Janubi-sharqiy Osiyo mintaqasi yetakchilik qiladi.

Janubi-sharqiy Osiyoda transportning o‘ziga xos tarmoqlari rivojlangan. Mamlakatlar iqtisodiyotida dengiz va daryo transportining roli, ayniqsa, katta. Temiryo‘l va avtomobil transporti mamlakatlarda ikkinchi darajali ahamiyatga ega. Havo transporti ko‘proq xalqaro aloqalarda muhim o‘rin tutadi.

Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari rekreatsiya resurslariga judaboy bo ‘ lganligi sababli, xalqaro turizm va dam olish tarmoqlari juda tez rivojlanmoqda. Mintaqa mamlakatlari jahon miqyosida eksport-import aloqalarida faol qatnashib kelmoqda. Ayrim mamlakatlar ichida eksport-import hajmining kattaligi bo‘yicha Singapur (45,0%), Malayziya (17,3%), Tailand (14,7%) va Indoneziya (10,8%) ajralib turadi. Mintaqada 2012-yilda 3,5 trln. AQSH dollariga teng YIM ishlab chqarildi. Mintaqa mamlakatlarini bir-biridan farq qiladigan 3 guruhga bo‘lish mumkin. Bular:




Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish