Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Janubi-Sharqiy Osiyo, Hindi-Xitoy, Malakka, Malayya arxipelagi.
Subregion mamlakatlari Osiyoning Hindi-Xitoy va Malakka yarimorollari, Malayya arxipelagini o‘z ichiga oladi. Bu regionda Bruney, Yyetnam, Indoneziya, Kambodja, Laos, Malayziya, Myanma, Singapur, Tailand, Filippin va Sharqiy Timor joylashgan. Ikkinchi jahon urushiga qadar Buyuk Britaniya, Fransiya, Gollandiyaning mustamlakalari bo‘lgan bu mamlakatlar o‘z mustaqil- liklarini, asosan, 1945-1984-yillar orasida qo‘lga kiritdilar.
Hududi 4,5 mln. km2 bo‘lib, uning yarmidan ko‘pi orollardan iboratdir. Jumladan, regionning eng yirik davlati bo‘lgan Indoneziya, shuningdek, Filippin davlatining hududi minglab orollarda joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |