SO'NGGI OMAD
Ko‘chadan ko'chaga o'tib, Shuls ismli kishini qora tortib “Himmel” ko‘chasiga qaytdim.
* * *
Uning qulab tushgan uy ostida qolib ketgan jonini sug‘urib olgach, “Himmel” ko‘chasi bo‘ylab ketayotganimda, havo hujumidan mudofaa boMinmasi askarlarining shovqin qilib, kulishayotganini ko‘rdim.
Xarobalardan tiklangan tog‘ning bir burchida kichik bir vodiy bor edi.
Issiq osmon qizil tusga kirgan edi. Ha, men sizga kitobning boshida aytib bergan gaplarimni yaxshi eslayman. Odatda mening qiziqishim odamlami qo‘rqinchli hayqiriqlariga guvoh qilib qo‘yadi, lekin aytishim lozimki bu safar garchi yuragim siqilib ketgan bo‘lsa ham, men u yerda bo‘lganimdan xursandman.
Uni sudrab olib chiqishganida, u, haqiqatan ham, Hans Hubermanni chaqirib uvullay boshladi. Qutqaruvchilar uni chang bosgan qo‘llarida ush- lab turishga urinishdi, ammo kitob o‘g‘risi yulqinib qochib ketishga mu- vaffaq bo‘ldi.
Umidsizlik botqog‘iga botayotgan odamlar ko‘pincha shunday kuchi bo‘lib ketishadi.
U qayerga ketayotganini bilmasdi, chunki awalgi “Himmel” ko‘- chasi endi yo‘q edi. Atrofdagi hamma narsa yangi, xuddi qiyomat sodir bo‘lgandek edi go‘yo. Nima uchun osmon qizg‘ish rangda? Qanaqasiga osmondan qor tushishi mumkin? Nega qor parchalari qo‘llarini kuydir- yapti?
Lizel qadamini sekinlatib, gandiraklashga o'tdi va diqqatini jam- lashga urindi.
Frau Dilleming do‘koni qayerda? Uylari qani?
U qisqa vaqt bemaqsad aylanib yurdi, keyin uni topib oigan kishi uni qo‘llaridan ushlab to‘xtatdi.
— Sen hozir o‘zingda emassan, qizaloq. Bu shunchaki zarba, hammasi o‘tib ketadi.
— Nima bo‘ldi? — deb so‘radi Lizel. — Bu “Himmel” ko‘chasimi?
— Ha, — keksa odamning ko‘zlari g‘amgin boqardi. So‘nggi yillar- da u ne-ne balolami ko‘rmadi. — Bu “Himmel” ko‘chasi. Es tut mir leid, Schatzi1. Juda afsusdaman, qizim.
Vujudi harakatsiz qotib qolsa ham qizning lablari tin olmadi. U Hans Hubermanni izlab qichqirganlarini esladi. — Biz dada bilan oyimni ham olib chiqishimiz kerak.
Yerto‘ladan Maksni olishimiz kerak. Agar u yo‘q bo‘lsa, demak u dahlizda, derazagaqarab turibdi. U ba’zan havo hujumlari paytida osmonni ko‘rish uchun yerto‘ladan chiqardi.
Men unga tashqarida qanday ob-havo hukm surayotganligini aytib berishim kerak. Bulami aytsam u ko‘zlariga umuman ishonmaydi...
Shu payt uning tanasi bo‘shashdi, askar uni ushlab qolib, yerga yotqizdi.
— Uni bir daqiqada boshqa joyga olamiz, — dedi u serjantga qarab. Kitob o‘g‘risi qo‘lidagi qattiq va og‘ir narsaga qaradi.
Kitob.
So‘zlar.
Shu ko‘chada ilk bora kelgan kunidagi kabi barmoqlari qonay bosh- ladi.
Qutqaruvchi kishi uni o‘midan turg‘azib, boshqa yerga olib ketdi. Yog‘och qoshiq olov ichida jizg‘anak bo'layotgan edi. Bir kishi akkor- deonning singan qutisini ko‘tarib o‘tganida Lizel uning ichidagi akkor-
1 Es tut mir leid, Schatzi (nemischa) — kechir, azizim.
deonni, oppoq tishlarini va ular orasidagi qora yozuvlami ko‘rdi. Ular qizga jilmayib qo‘yishdi.
“Bizni bombardimon qilishdi”, — deb o‘yladi u va o‘zini yetaklab
borayotgan kishiga yuzlandi:
— Bu otamning akkordeoni. Bu otamning akkordeoni, — takrorladi
— Xavotir olma, qizaloq, sen xavfsiz joydasan, ozgina yuraylik.
Ammo Lizel oldinga yurishni istamadi.
U akkordeonni qayerga olib ketishayotganini ko‘rgach, boyagi odamning orqasidan ergashdi. Qizil osmon hanuzgacha o‘zining chiroyli kulini sochish bilan ovora edi. Lizel baland bo‘yli askami to‘xtatib: “Agar
qarshi bo‘lmasangiz, buni men olib ketaman. Otamniki edi”, — dedi va
akkordeonni muloyimlik bilan olib, ko‘tarib ketdi. Shu tobda u birinchi
jasadni ko‘rdi.
Akkordeon qoMidan daranglab tushib ketdi. Undan portlashnikiga
o‘xshash ovoz chiqdi.
Oyoqlari har tarafga qaragan Frau Xolsapfel yerda yotardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |