SO'NGGI MAKTUB
“Hurmatli Frau Hermán!
Ko‘rib turganingizdek, men yana kutubxonangizga tashrif buyurdim va bitta kitobingizni yirtib tashladim. Buning sababi shundáki, men bugun juda g'azablandim, qo'rqdim va so'zlami o'ldirishni xohladim. Ilgari sizdan kitob o‘g‘irlagan bo‘lsa, endi ularga ziyon yetkazdim. Meni kechiring. O‘zimni jazolash uchun, ehtimol, sizning oldingizga kelishni toextatarman. Bu o‘zi jazo bo‘la oladimi? Men bu kutubxonani yaxshi ko'raman va so'zlar bilan to'lgariligi uchun nafratlanaman ham.
Sizni xafa qilganimda ham, murosasiz (lug‘at kitobingizdan qarab olib o'rgangan so‘zim) bo'lganimda ham mening do‘stim bo^ib qolaverdingiz. Endi sizni o‘z holingizga qo'ymoqchiman. Hammasi uchun meni ma’zur tuting.
Yana bir bor rahmat.
Lizel Meminger”.
Lizel maktubni stolda qoldirib, kutubxona bilan oxirgi marta xayrla- shib, kitoblar orasini uch marta aylanib chiqdi va sarlavhalar ustidan bar- moqlarini yuritdi. Ulardan qanchalik nafratlanmasin, baribir, o'zini tutib tura olmadi. “Tommi Hofinanning qoidalari” nomli kitob atrofida yirtilgan qog'oz parchalari derazadan mo'ralagan shabada og'ushida asta titrashar- di.
Chiroq hanuz to‘q sariq rangli nur taratar, lekin oldingidek yorqin entas edi. U oxirgi marta derazaning yog‘och romini ushladi, pastga uchib tushayotgan qomining so'nggi chayqalishini va yerga tushganida oyog'ida turgan og‘riqni so‘nggi marta his qildi.
Lizel tepalikdan pastga tushib, daryoni kesib o'tganida, to‘q sariq chiroq g'oyib bo'ldi. Osmon bulutlar bilan qoplanmoqda edi.
“Himmel” ko'chasida birinchi yomg'ir tomchilari Lizelning boshiga tushdi. U: “liza Hermanni endi hech qachon ko'rmayman”, — deb o‘yladi lekin kitob 0‘g‘risi taxmin qilishdan ko'ra kitoblami o'qish va yirtishdà epchilroq edi.
Uni har doimgi xalatida emas, boshqacha libosda ko‘rgan Lizel g‘a- lati bo‘lib ketdi. Ayol egniga qizil chiziqli sariq yozgi ko‘ylak kiyib oigan edi. Libosning gui bilan bezatilgan cho‘ntagida svastika nishoni yo‘q edi. Qora tuflilarda ham.
llgari, Lizel uning oyoqlari qandayligiga hech e’tibor bermagan yoki payqamagan edi.
Hozir esa liza Hermanning chinni misol yarqiragan bejirim oyoqlaridan ko‘z uzolmay qoldi.
— Frau Herman, oxirgi marta borganimda kutubxonada qilgan ishim uchun meni kechiring.
Ayol uni gapirishdan to‘xtatib, sumkachasiga qo‘l soldi va kichkina qora kitobni oldi. Uning ichi hikoyalardan emas, balki bo‘m-bo‘sh varaq- lardan iborat edi.
— Agar endi mening kitoblarimni o‘qishni istamasang, uning o‘mi- ga o4zing kitob yozishingiz mumkin deb o‘yladim. Sening maktubing... — u muqovasi xuddi “Yelka qisish”ga o'xshab bezatilgan salmoqli kitobni Lizelga qo‘sh-qo‘llab uzatdi. — Kitob yozish sening qo‘lingdan keladi. Sen yaxshi yozuvchi bo‘lasan. Buni menga qoldirgan maktubing aytib turibdi. Iltimos, o‘sha maktubingda yozganingdek o‘zingni o‘zing jazola- ma. Menga o‘xshama, Lizel.
Qiz kitobni ochdi va qog‘ozga barmog1 ini teggizdi.
— Danke schön, Frau Herman. Istasangiz, qahva tayyorlab beri- shim mumkin. Uyga kirasizmi? Bitta o‘zimman hozir. Onam qo‘shnimiz Frau Xolsapfelning yoniga ketgan.
— Mayli, lekin eshikdan kiramizmi yoki derazadanmi?
Lizel o‘shanda Ilza Hermanning yuzida barq urgan tabassumning u ko‘p yillardan beri o‘zidan nari saqlab kelgan noyob hodisa ekanligiga shubha qilmadi.
— Menimcha eshikdan kirganimiz ma’qul. Derazaga qaraganda osonroq.
Ular oshxonada o‘tirishdi.
Qahva, non va murabbo qo‘yilgan stolda ular astoydil gaplashishdi. Lizel Ilza Hermanning yutinishini eshitib tursa ham negadir noqulaylik sezmadi. QoMidagi qahvasini sovitish uchun mayin puflayotgan ayolni ko‘rish unga hatto yoqimli tuyuldi.
— Mabodo biron bir narsani yozishni boshlab, tugatsam, sizga ko‘rsataman, — dedi Lizel.
— Juda yaxshi bo‘lardi.
Hokimning rafiqasi ketgach, Lizel uning “Himmel” ko‘chasi bo‘y- lab yunb borishini kuzatdi, egnidagi sariq ko‘ylagi, qora tuflilari va chinni- dek oyoqlarini tomosha qildi.
Shu payt pochta qutisining oldida Rudi paydo bo‘Idi:
— Chindan ham, hozir men o‘ylagan odam kelib ketdimi?
— Ha.
— Hazillashyapsan.
— U menga sovg‘a berib ketdi.
MaTum bo‘lishicha, o‘sha kuni liza Hermán Lizel Memingerga shunchaki kitobdan ko‘ra ko‘proq narsani tortiq qilgan edi. U Lizelning awal Hans, so‘ngra Maks bilan ajoyib damiami kechirgan sevimli joyi — yerto‘laga tushib o‘tirishi, o‘z so‘zlarini yozishi va so‘zlar unga yangidan hayot ato qilishi mumkinligini ko‘rishi uchun sabab ham ato etgan edi.
— O‘zingni jazolama, — qiz yana uning ovozini eshitgandek bo‘l- di, lekin uni jazo va og‘riqlar, shu bilan birga, yozishdek bir baxt ham kutib turardi.
Tunda o‘gay ota-onasi uxlab qolishgach, Lizel yertoTaga tushib, kerosin chiroqni yoqdi. Birinchi soat mobaynida u shunchaki qalam va qo- g‘ozga qarab o‘tirdi, xotiralarini eslashga urindi va odatiga ko‘ra ko‘zlarini olib qochmadi.
— Schreibe1! — deb buyurdi o‘ziga o‘zi.
Ikki soatdan moTroq vaqt o‘tgach, Lizel Meminger nima yozishini hali bilmasdan turib qog‘oz qoralay boshladi.
U kimdir uning hikoyasini ko‘tarib, hamma joyda o‘zi bilan olib yurishini qayerdan ham bilsin?
Hech kim hundan bo‘lishini kutmaydi.
Hech kim buni oldindan rejalashtirmaydi.
Lizel kichkina bo‘yoq idishining ustiga qulayroq o‘tirib oldi, katta- rog‘ini esa stol qilib, nihoyat qalamining uchini birinchi sahifaga qo‘ydi. Sahifa o‘rtasiga shunday deb yozdi:
“KITOB O‘G‘RISI”
Lizel Meminger qalamiga mansub kichik hikoya
1 Schreibe (nemischá) — yoz (harakat)
LXXIXBOB
SAMOLYOTLAR
Uchinchi sahifaga yetganda uning qo‘li toliqa boshladi.
“So‘zlar buncha og‘ir boTmasa”, — deb o‘ylab qo‘ydi u, lekin uzun tun bag‘rida o‘n bitta sahifani toMdirib tashlashga muvaffaq boTdi.
0i
Do'stlaringiz bilan baham: |