175-SAHIFA
“Amper daryosida bir kitob suzib borardi.
Bir bola suvga sakrab, uni ushlab oldi va o‘ng qo‘li hilan baland ko'tardi va jilmaydi.
U dekabming beligacha keladigan muzdek suvlari ichida turardi.
— Rn‘sn hprmnustnnmi rhn'rhna? — df>di u”.
2-oktyabrdagi navbatdagi reydgacha u kitobni deyarli yozib tugatdi. Uning ichida atigi bir necha o‘n bo‘sh sahifa qoldi va kitob o‘g‘risi allaqachon yozganlarini qaytadan o‘qib chiqa boshlagandi. Kitob o‘n qismgabo‘lingan va har bir qismga Lizel kitob yoki hikoyaning nomi berib chiqqan, ulaming o‘z hayotiga qanday ta’sir qilganini bayon etgan edi.
Gradan besh kecha o‘tgach, yomg‘ir ostida “Himmel” ko‘chasiga yetib kelgan paytimda, uning qaysi sahifani o‘qiyotgan bo4lishi mumkin- ligi haqida tez-tez o‘ylayman. Qiziq, u birinchi bombardimonchi samolyot qovurg‘asidan bomba tushganda nima o‘qiyotgan edi?
Shaxsan menga uning devorga Maksning qo‘ 1 i bilan chizilgan bulut- ga, tomchilab turgan quyoshga va unga qarab ketayotgan odamlarga nazar tashlab turishi juda yoqadi. Keyin u o‘zining bo‘yoq bilan chaplab yozib, qiynalib o'rgangan so‘zlariga qaraydi. Shu asnoda bo‘yniga boks qo‘lqop- larini osib oigan fyureming yerto‘laga tushayotganini ko‘raman. Kitob o‘g‘ri o‘zining kitobidagi so‘nggi jumlasini qayta-qayta soatlab o‘qiy- veradi, o‘qiyveradi.
“KITOB O‘G‘RISI” — SO‘NGGI SATR
“Men so'zlardan nafratlanar va ulami sevardim. Umid qilamanki, ulardan bu kitobda to‘g‘ri foydalandim”.
Tashqaridagi dunyo hushtak chalardi, yomg‘ir shivalab yog'ib yotardi.
LXXXBOB
OXIRZAMON
(II qism)
Hozir o‘sha qora kitobdagi qariyb barcha so‘zlar o‘chib ketmoqda.
U mening tinimsiz sayohatlarim yuki ostida parchalanib bormoqda. Shuning uchun ham men ushbu voqeani aytib beryapman.
Boya nima degan edik?
Bitta gapni bir nechta marta takrorlasangiz, u hech qachon esingiz- dan chiqmaydi.
Men sizlarga kitob o‘g‘risinmg so‘zlari to‘xtaganda nima boTga- nini va umuman uning butun hikoyasini qanday bilib olganimni aytib beraman.
Quyidagi hikoya singari.
Qorong‘ida “Himmel” ko‘chasi bo‘ylab ketayotganingizni tasawur qiling.
Sochlaringiz jiqqa ho‘l bo‘lgan, havo bosimi borgan sari oshyapti. Birinchi bomba Tommi Myullerlar turadigan ko‘p qavatli binoga tushdi. Uyqusida yuzi beg‘ubor mavjlanayotgan bolaning karavoti yonida tiz cho‘kaman. Keyin uning singlisiga navbat keladi. Kristinaning yalang oyoqlari choyshab ostidan chiqib turibdi. Ular ko‘chada arqon sakrash o‘yinlarida qolgan izlar bilan mos keladi. Uning barmoqlar shu qadar kich- kinaki!
Ulaming onasi bir-ikki qadam narida uxlab yotibdi. Uning kuldo- nida to‘rtta ezgMlangan sigareta turibdi, tomsiz shift esa qizib turgan issiq pechka singari qizil rangga kirgan. “Himmel” ko‘chasi olov ichida qolgan edi.
Sirenalar uvullay boshladi.
— Endi juda kech, — pichirladim men, chunki ular ikki marta aldanishgan edi. Awaliga ittifoqchilar Shtutgartga zarba berish uchun
o‘zlarini xuddi Myunxenga hujum qilayotgandek qilib ko‘rsatishdi.
O‘shanda o‘nta samolyot qolgandi. Ha, ogohlantiruvchi belgilar beril-
gandi, to‘g‘ri. Lekin Molkingda u portlashlar bilan bir vaqtda yangradi.
Bir necha daqiqa ichida ulaming hammasi yer yuzidan g‘oyib bo‘ldi.
Cherkov tag-tomiri bilan o‘pirilib ketdi.
Maks Vandenburg turgan yer yakson qilindi.
“Himmel” ko‘chasidagi 31-uyda Frau Xolsapfel meni oshxonada kutib o‘tirgan ekan. Uning oldida singan piyola yotar, uyg‘oqlikning so‘nggi lahzasida kampiming yuzida mendan ranjigandek ifoda qotib qol- gan edi.
Shunda vaqtdan beri qayerda eding?
Frau Diller esa qattiq uxlab yotgan edi. Uning o‘q o‘tkazmaydigan ko‘zoynagi karavot yonida parcha-parcha bo‘lib sinib yotar, do‘koni yer yuzidan o‘chirilib, peshtaxtasi ko‘chaning narigi tomoniga uchib tushgan- di.
Gitleming hoshiyali surati devordan uzilib, polga qulagan edi. Shisha bo‘laklari ostida obdan kaltaklangan fyureming yuzini bosib o‘tib ketdim.
Fidlerlar oilasining o‘limi ko‘ngildagidek tashkil etilgan edi: hammasi yotoqda, ko‘rpa ostida tinchgina hayot bilan vidolashgandi. Pfiffikus esa devor ostida qolgan edi.
Shtaynerlar xonadoniga kirib borgach, barmoqlarim bilan Barbara- ning bir tekis taralgan sochlarini siladim, uxlab yotgan Kurtning jiddiy yuzining nuqsi menga ham urdi, kichkintoy Shtaynerlami birin-ketin o‘pib xayrli tun tilab chiqdim.
Keyin Rudiga navbat keldi.
* * *
O, sho‘rlik Rudi...
U to‘shakda singillaridan biri bilan yotar edi. Añidan singlisi to‘- shakning ko‘proq qismini egallash maqsadida uni tepib yuborgan yoki surgan shekilli, bola bechora eng chekkada singlisini bir qo‘li bilan qu- choqlab uxlab yotgan edi. Uning sochlaridagi sham to‘shakni yoritib turar- di.
Uni va Bettinani jonlarini choyshablari bilan birga ko‘tarib oldim. Ular juda tez vafot etishgan, tanalari ham hali to‘liq sovib ulgurmagan edi.
Qo‘lida ayiqcha tutgan samolyot oldidagi bolaning, Rudining halovati nimada?
Uning o‘g‘irlangan hayoti jabrini yengillashtiruvchi inson qayerda?
Uxlab yotgan oyoqlari ostidan hayot gilamchasi tortilgan paytda uni kim yupatadi?
Hech kim.
U yerda faqat men mavjudman.
Lekin men risoladagidek yupatuvchi emasman, ayniqsa qo‘llarim juda sovuq, to‘shak esa iliq bo‘lgan bir vaziyatda. Men uni og‘ir va halo- katli yuragim, bittasi sho‘rlangan ko‘zim bilan vayrona bo‘lgan ko‘chada muloyimlik bilan ko‘tarib ketdim. Rudi uchun men biroz ko‘proq harakat qildim.
Uning ruhiga bir lahza qarab turib, xayoliy marra chizig‘idan o‘tayotganda Jessi Ouensning ismini aytib baqirib, qora rangga bo‘yalgan bolani ko‘rdim. Uni tizzalariga qadar yaxdek suv ichida yurib kitobning izidan quvayotgan, to‘shakda yotgan holda, go‘zal qo‘shni qizning bo‘sa- sidan qanday lazzatlanishini tasawur qiladigan bolani ko‘rdim. Bu bola menga o‘zgacha ta’sir qildi. Har safar shunday qiladi. Bu uning yagona aybi.
U mening yuragimga juda yaqin keladi va meni yig‘latadi.
Va nihoyat, Hubermanlaming gali keldi. Hans. Ota.
To‘shakda uxlayotgan novcha bo‘yli odamning qovoqlari ostidan kumushni ko‘rdim. Uning ruhi turib o‘tirdi. Men bilan uchrashdi. Bunday ezgu jonlar har doim shunaqa qilishadi. Ular meni o‘zlari kutib olib “Sening kimligingni bilaman va hammasiga tayyorman. Albatta, ketishni xohlamayman, lekin ketishga majburman”, deydi. Bunday jonlar doimo pardek yengil bo‘ladi, chunki ular allaqachon boshqa mamlakatlarga yo‘l olishgan bo‘ladi. Bunisi akkordeon nafasi, yozda ichgan g‘alati ta’mli shampani va va’dasida tura olish qobiliyati bilan o‘sha yerga yuborilgan edi.
Hans mening bag‘rimda xotiijam yotar, uning o‘pkasida oxirgi marta sigareta chekib olishga ishtiyoq paydo bo‘lganini, yerto‘lada Hans bir kuni, albatta, o‘qib chiqishni ko‘ngliga tuggan kitobni yozayotgan qizining yoniga tushishga intilishni his qildim.
— Lizel! — uni ko‘tarib borayotganimda uning ruhi shunday deb pichirladi. Ammo bu uyda Lizel yo‘q edi. AniqrogM, men uchun.
Men uchun u xonadonda faqat Roza bor edi. Menimcha, uni xurrak otayotgan paytida olib ketdim, shekilli, chunki uning og‘zi yarim ochiq, pushti lablari esa harakatdan darak berib turardi. Agar u meni ko‘rsa, meni cho‘chqa deb atashiga shubha qilmayman, lekin bundan xafa bo‘lmayman. “Kitob o‘g‘risi”ni o‘qigach, uning hammani shunday chaqirishini bilib oldim.
Cho‘chqa. Ayniqsa, u o‘z sevgan insonlami ko‘proq shu nom bilan chaqiradi. Uning oq oralagan sochlari bo‘shashgan va yostiqqa yastangan, yo‘g‘on tanasining ko‘krak qafasi har bir yurak urganida ko‘tarilib tushadi. Bu ayolning yuragi bo‘lmasa kerak, deb asió o‘ylamang. Uning yuragi aslida siz o‘ylaganingizdan ham kattaroq edi. U yerda juda ko‘p narsalar bo‘lib, bir necha chaqirim balandlikdagi ko‘rinmas tokchalarga yashirib qo‘yilgan edi,
Yodingizda bo‘lsinki, u o‘sha uzoq, oydin va bedor kechalarda akkordeonni bag‘riga bosib ibodat qilgan ayol edi. U hech bir savol va ikkilanishsiz Molkingda kelgan yahudiyga onalik qildi. U o‘smir qizga
‘111
rasmlar kitobini berish uchun qo‘lini to‘shagining eng chuqur qismiga tiqqan ayol ham edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |