Jahon adabiyotining bestselleri markus zusak



Download 1,76 Mb.
bet213/226
Sana06.02.2022
Hajmi1,76 Mb.
#433776
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   226
Bog'liq
Kitob o`g`risi

Quyosh yerni chirpirak qilib aylantiradi. Bizni ham xuddi qaynatma sho'rvadek chayqatadi.

O‘sha paytda Lizel bu so‘zlami shunchaki kun issiq bo‘lganligi uchun esga olgandi.
Myunxen ko‘chasida u o‘tgan haftadagi voqealami esladi. Yahudiy- laming yo‘l bo‘ylab saf tortib o‘tganlarini, ulaming oqimini, miqdorini va og‘riqlami ko‘z oldida qayta namoyon bo‘ldi. U: “Boyagi iqtibosda bitta so‘z yetishmaydi”, — degan qarorga keldi.
— Muallif “jirkanch qaynatma sho‘rva” deb yozishi kerak edi, — o‘yladi qiz.
U shunchalik jirkanchki, men endi bunga dosh berolmayman.
Lizel Amper daryosi ustidagi ko‘prikdan o‘tib ketdi. Daryo suvi yoqimli, zumrad va turfa narsalarga boy edi. Shaffof suv yuzasidan qarab uning tubidagi toshlami ko‘rdi, suvning tanish qo‘shig‘ini eshitgandek bo‘ldi. Dunyo bunday daryoga loyiq emas edi.
Lizel Grande ko‘chasiga olib chiqadigan tepalikka ko‘tarila bosh- ladi. Uylar nafrat uyg‘otadigan darajada hashamdor edi. Qiz oyoqlari va o‘pkasidagi yengil og'riqdan zavqlandi.
— Kattaroq qadam tashla, — dedi u o‘ziga o‘zi va qumdan chiqqan yirtqich hayvon kabi tepaga o‘rladi. U yon-atrofdagi yangi chiqqan yashil va sariq o‘t-o‘lanlaming shirin hidini tuydi. Lizel hech qayoqqa qaramas- dan, bir soniya bo‘lsin vahimaga tushmasdan yoki qadamini sekinlat- masdan hovliga kirib bordi.
Deraza. Qo‘llar romda, oyoqlar yuqoriga ko‘tarilgan. Yengil qo‘- nish. Kitoblar, sahifalar va baxtli makon.
Lizel javondan kitobni olib, pol ustida o‘tirdi.
U o‘z uyida emas-ku. Lizel bunga e’tibor berib o‘tirmadi — liza Hermán oshxonada kartoshka bo‘laklayaptimi yoki pochtada navbatda tunbdimi, yoki bo‘Imasa uning tepasida arvohdek turib qizning nima o‘qiyotganligini tekshiryaptimi, bulaming Lizelga endi ahamiyati yo‘q edi. U uzoq vaqt o‘ tirdi va tomosha qildi.
Bir ko‘zi bilan tush ko‘rib, boshqasini esa ochib ukasining qanday vafot etganini ko‘rdi. Onasi bilan xayrlashganini, ortga qaytish uchun uchun yolg‘iz o‘zi poyezd kutayotgan ayolni tasawur qildi. Kampiming




sochini yulib, to yonboshiga yiqilib tushguncha qichqirib, ko‘chada yig‘lab yurgani va Stalingrad qoridan yasalgan arqonga o‘zini osgan yoshgina yigit ko‘z oldida namoyon bo‘ldi. Bombardimonchi samolyot ichidagi uchuvchining ternir qafasda oTganini, hayotidagi eng qimmatbaho ikkita kitobni sovg‘a qilgan yahudiyning konslagerga ketayotganini va hamma narsaning markazida turib, qichqirayotgan, o‘z so‘zini odamlar orasida tarqatayotgan fyuremi ko‘rdi. Bu manzaralar hammasi yaxlit bir dunyo edi, o‘sha dunyo chiroyli kitoblar va jilo berilgan muqovalar orasida o‘tirgan qizning qoTida sho‘rvadek qaynab yotardi.
— Eh, to‘ng‘izlar, chiroyli to‘ng‘izlar, — xayolan xitob qildi u. — Menga baxt ulashishingizni istamayman. Iltimos, meni quvonch bilan avrashga va yaxshi kunlar hali oldindaligini uqtirib, yashashga ilhom berishni bas qilinglar. Badanimdagi ko‘kargan joylarimga qarang. Ichim- dagi yaralarga bir qarang. Ko‘ryapsizlarmi? Ko‘z oldingizda kattarib, meni g‘ajiyotgan jarohatlami ko‘ryapsizmi? Men endi hech narsadan umid qil- moqchi emasman. “Maks yoki Aleks Shtayner tirik va sog‘-omon yursin”, — deb ibodat qilishni ham xohlamayman.
Chunki bu dunyo ulardek insonlarga arzimaydi.
U kitobdan bir varaqni yirtib olib, uni ikkiga bo‘lib tashladi. Keyin butun bobni shunda qildi. Tez orada oyoqlari orasiga va atrofiga sochilgan so‘zlardan boshqa hech narsa qolmadi.
So‘zlar. Nima uchun ular yaralgan?
Ularsiz kulfatlaming hech biri sodir boTmasdi. So‘zlarsiz fyurer hech kim boTa olmasdi. Bironta ham choToq mahbuslar mavjud boTmasdi, tasalliga yoki eshitsak, o‘zimizni yaxshi his qiladigan aldovli gaplarga ehtiyoj qolmasdi.
— So‘zlardan nimasi yaxshi o‘zi? So‘zlardan nima foyda? — u buni to‘q sariq rangli chiroq yoritgan xonada ovoz chiqarib aytdi.
Kitob o‘g‘risi o‘midan turib ehtiyotkorlik bilan kutubxona eshigi tomon yurdi. Eshik jimgina va qo‘rqoqlik bilan qarshilik ko‘rsatdi. Keng yoTak yog‘och bo‘shliq bilan toTdirilgan edi.
— Frau Herman?




Savol uning o‘ziga aks-sado bo‘lib qaytdi va u yana eshik oldiga borishga urindi. Ammo ovozi faqat yarim yo‘lgacha yetib, ojiz holda qalin taxtalar orasiga singib ketdi.
— Frau Hermán?
Uning chaqiruviga faqat sukunat alik oldi va Lizel Rudiga biron nima topish uchun oshxona tomonga borishni o‘yladi, lekin fikridan qayt­di. Deraza oynasi ortida lug‘at kitobini qoldirgan ayoldan ovqatni o‘g‘ir- lash noto‘g‘ri. Ustiga-ustak, Lizel uning kitoblaridan birini sahifa-bob, bob-bob yo‘q qilib yuborgan edi. U allaqachon ayolga ancha-muncha zarar yetkazgan edi.
Lizel kutubxonaga qaytib, tortmani ochdi va qog‘oz-qalam olib,

yozuv stoliga o‘tirdi.
r—_ e

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish