LXXVIIBOB
AYBIGAIQRORLIK
Yahudiylar ko‘zdan g'oyib bo‘lgach, Rudi va Lizel bir-bimi qo‘yib yuborishdi. Kitob o‘g‘risi miq etib og‘iz ochmadi. Rudining savollari javobsiz qolib ketdi.
Lizel uyiga ham qaytmadi. U chuqur tushkunlikka tushib, temiryo‘l vokzali atrofída kezib yurdi va o‘sha yerda Hansni soatlarcha kutdi. Dastlabki yigirma daqiqa davomida Rudi uning yonidan jilmadi, lekin hali Hans kelguniga qadar yarim kun borligini hisobga olib, Rozani chaqirib kelishga ketdi. Vokzalga kelishayotganlarida ayolga nima voqea bo‘lga- nini aytib berdi, shu sababli Roza qizdan hech narsa so‘ramadi. U alla- qachon hikoyaning barcha qismlarini xayolida yaxlit qilib birlashtirgan
edi. U ham qizning yonida ancha vaqt turib, arang uni o‘tirishga ko‘ndirdi. Ikkalasi kuta boshlashdi.
Hans hamma narsadan xabar topgach, sumkasini tushirib yubordi va bekat havosini tepdi.
O‘sha kuni kechqurun hech kirn ovqat yemadi. Hansning barmoqlari akkordeonni shunchaki nomiga ting‘irlatdi, qancha urinmasin kuylarining boshi kesilib chiqaverdi. Dunyodagi hamma narsa izdan chiqib ketgandek edi go‘yo.
Kitob o‘g‘risi uch kun o‘midan turmay yotdi.
Har kuni tongda va oqshom cho‘kkan kezda Rudi Shtayner ulaming eshigini taqillatib, qizning hol-ahvolini surishtirib ketardi. Qiz kasal emas edi.
* * *
To‘rtinchi kuni Lizelning o‘zi qo'shnisining eshigini urib, Rudidan u bilan birga o‘tgan yili yo‘lga non tashlab chiqqan o‘rmonga borishini iltimos qildi.
— Men senga ertaroq aytishim kerak edi, — dedi qiz uni taajjublantirib.
Kelishilganidek, ular Daxauga olib boradigan yo‘l bo‘ylab yurib ketishdi va o‘sha daraxtzorga yetganda to‘xtashdi. O‘rmon ichiga uzun- choq nurlar va soyalar tushib turardi. Qarag‘ay so‘talari xuddi pishiriq- lardek har tomonga sochilib yotardi.
— Rahmat Rudi. Barchasi uchun. Meni yo‘ldan sudrab olib chiqqa- ning uchun, jonimni saqlab qolganing uchun... — dedi ich-ichidan Lizel. Bulaming hech birini til yorib ayta olmadi.
Qo‘lini yon tomonidagi shilimshiq novdaga qo‘ydi.
— Rudi, agar hozir senga bir narsa aytsam, zinhor hech kimga aytmaslikka va’da berasanmi?
— Albatta, — Rudi qizning yuzidagi jiddiylikni, ovozidagi og‘irlik- ni sezdi va yaqin atrofdagi daraxtga suyandi va:
— Nima demoqchisan? — deya so‘radi.
— Va’da ber.
— Allaqachon va’da berdim-ku.
— Yana ayt. Oyingga ham, akangga yoki Tommi Myullerga ham aytmaslikka va’da ber.
— Va’da beraman.
Lizel yerga boqib, oyoqlari uchidagi jumlalami o‘qib, so‘zlami qa- rag‘ay so‘talariga va singan shoxlarga yopishtirgancha gapni aynan qayer- dan boshlashni bilmay uzoq turdi.
— Esingdami, ko‘chamizda fútbol o‘ynayotganimizda oyog‘im lat yegandi? — dedi u nihoyat.
Ikkita urush, akkordeon, yahudiy jangchi va yertoTani tushuntirish uchun qirq besh daqiqa ketdi. To‘rt kun oldin Myunxen ko‘chasida yuz bergan hodisa ham e’tibordan chetda qolmadi.
— Demak, yoTga non qo‘yib chiqqan kunimiz sen yahudiyni ya- qinroqdan ko‘rish va uni topish ilinjida yoT bo‘yiga yaqinlashgan ekansan- da, — dedi Rudi.
— Ha.
— O, Iso!
— Ha.
Baland bo‘yli, uchburchaksimon daraxtlar ham jim turib ularga quloq solishardi.
Lizel sumkasidan “So‘z silkituvchi” kitobini olib, Rudiga bitta sahi- fani ko‘rsatdi. Unda bo‘yniga uchta oltin medal olib oigan bolakay tasvir- langan edi.
— Limon rangli sochlar, — Rudi surat ostidagi so‘zni o‘qidi va bar- moqlari bilan so‘zlarga tegdi. — Sen unga men haqimda aytib bergan- miding?
Awaliga Lizelning tili aylanmay qoldi. Ehtimol, Rudiga bo'lgan muhabbatining nogahon belgi berishi tufayli gapirolmagandir yoki uni har doim sevganmidi?
Shunday shekilli.
Gapirish qobiliyatini yo‘qotgan Lizel Rudining uni o‘pishini xohladi. Qo‘lini uzatib, uni bag‘riga tortishini xoh-ladi. Labidanmi, bo‘ynidanmi yoki yonoqlaridanmi — qayeridan o‘pishi-ning ahamiyati yo‘q. Qizning terisi uning bo‘sasiga intiq edi.
Bundan bir necha yil oldin, ular botqoqqa aylangan Stadion bo‘ylab yugurishganda, Rudi jag‘i va tishlari turtib chiqqan va shosha-pisha bir- biriga chatilgan bir xalta suyakka o‘xshardi. Hozir, so‘lim daraxtlar ostida u o‘zgalarga non va o‘yinchoq ayiqcha beruvchi ezgu qalbli bola, yengil atletika bo‘yicha “Gitleryugend” tashkilotining uch karra chempioni va o‘limiga bir oy qolgan eng yaxshi do‘sti edi.
— Albatta, unga sen haqingda aytganman-da, —javob berdi Lizel. U o‘zi bilmagan holda Rudi bilan vidolashayotgan edi.
LXXV1II BOB
ILZA HERMANNING KICHKINA QORA KITOBI
Avgust oyining o‘rtalarida Lizel Grande ko‘chasidagi 8-uyga o‘zini xursand qilish uchun doimgidek “shifo” izlab keldi. Har holda u o‘z qilmishini shunday oqlardi.
O‘sha kun jazirama quyosh ayamay nur sochdi, lekin kechqurun yomg‘ir yog‘ishini va’da qildi. “So‘nggi begona inson” kitobining oxirida shunday iqtibos bor edi. Lizel Frau Dilleming do‘koni oldidan o‘tib bora- yotganda o‘sha iqtibosni esladi.
“SO‘NGGI BEGONA INSON”. 211-SAHIFA
Do'stlaringiz bilan baham: |