UZOQ DAVOM ETGAN ENG QISQA VAQT U otasiga qarashni istamadi, qaray olmadi ham. Hdli emas. Hozir emas.
Hans o‘lik ko‘zli emas, balki kumush ko‘zli odam edi. U akkordeon edi!
Ammo uning bosqonlari bo‘m-bo‘sh edi. Unga na havo kirar va na chiqardi.
Lizel oldinga va orqaga tebrana boshladi. Nihoyat qiz o‘girildi. Otasi tomonga.
Men bu holatni ko‘rmasdan tura olmasdim, shu bois uni yaxshiroq ko‘rish uchun yaqinroq keldim.
Kitob o‘g‘risining yuzini yana ko‘rgan paytda shuni angladimki, u otasini eng ko‘p yaxshi ko‘rar ekan.
U ko‘zlari bilan yonoqlariga tushgan chiziqlar bo‘ylab otasining yuzini siladi.
U hammomda Lizel bilan birga o‘tirgan va unga sigaretni qanday o‘rashni 0‘rgatgan edi.
Hans Myunxen ko‘chasidagi chalajon mahbusga non bergan va qiz-
dan bombadan himoya qiluvchi boshpanada kitobo‘qishdadavometishni iltimos qilgandi. Balki, u shunday demaganida, Lizel yerto‘lada kitob yozib o‘tirmagan bo‘lardi.
Akkordeon chaluvchi ota va “Himmel” ko‘chasi — bulami bir- biridan ayro tasawur qilish ilojsiz, chunki Lizel uchun ikkalasi ham Vatan. Ha, Lizel Meminger uchun Hans Huberman Vatan edi.
Qiz orqasiga o‘girilib shu yerda turgan kishilarga biriga qaradi.
— Iltimos, — dedi u, — dadamning akkordeonini shu yerga olib kela olasizmi?
Bir necha daqiqalik ikkilanishdan so‘ng, keksa kishi Lizelga u ayt- gan narsani olib keldi. Qiz g‘ilofhi asta ochib yaralangan asbobni chiqardi va Hansning yoniga qo‘ydi.
— Mana, dadajon.
Sizni ishontirib aytamanki, o‘sha voqeadan ko‘p ko‘p yillar o‘tgach kitob o‘g‘risining so‘zlari orqali bir manzara ko‘z oldimda namoyon bo‘l- di: Lizel Hansning yonida tizzalab o‘tirgancha, otasining o‘midan turib akkordeon chalayotganini ko‘rdi. Hans oyoqqa turdi va akkordeon kama- rini bo‘ynidan o‘tkazib, o‘pirilib tushgan uylar ustida mehribon kumush ko‘zlari, hatto labiga qistirilgan sigareti bilan kuy chaldi. U, hattoki, atay- lab xato qilib, bundan o‘zi ham miriqib kuldi. Osmon asta-sekin olov usti- dan olinayotganida novcha bo‘yli odam eng so‘nggi bor Lizel Meminger uchun musiqa chalib berdi.
— To‘xtamay chaling, dada.
Biroq Hans to‘xtadi va akkordeonni tashladi, uning kumush ko‘z- laridagi nur yana yo‘qoldi. Endi otasidan faqat jasad qolgan edi. Lizel uni ko‘tarib bag‘riga bosdi, yelkasiga bosh qo‘yib yig‘ladi.
— Alvido, dadajon, siz meni qutqarib qoldingiz. Siz menga o‘qish- ni o‘rgatdingiz. Dunyodagi hech kim sizdek go‘zal musiqa chala olmaydi. Men hech qachon shampan ichmayman. Akkordeonni sizga o‘xshab cha- lish hech kimning qo‘lidan kelmaydi.
U otasining qo‘llarini ushlab, yelkasidan o‘pdi, chunki ortiq uning yuziga qaray olmasdi va keyin uni pastga tushirdi.
Kitob o‘g‘risi uni muloyimlik bilan olib ketishgunlaricha ho‘ngrab yig‘lab o'tirdi.
Keyinchalik ular akkordeon haqida esladilar, ammo kitobni hech kirn payqamadi.
Hali u yerda qilinadigan bir talay ish bor edi. Boshqa ashqol-dash- qollar qatorida “Kitob o‘g‘risi” harn bir necha bor oyoq osti qilindi va axiyri uni olib nimaligiga qarashmasdan boshqa axlatlar bilan birga yuk mashinasiga irg‘itishdi. Yuk mashinasi harakatlanishidan bir soniyagina oldin uning ustiga chiqib, kitobni qolib qoldim...
Omadim kelib, o‘sha yerda turgan ekanman. Men o‘zi kimni alda- yapman? Aksariyat joylarga kamida bir marta bo‘lsa ham tashrif buyur- ganman, 1943-yilda esa deyarli hamma joyda bo‘lganman.
XOTIMA
SO‘NGGI RANG
Bu quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
O‘lim va Lizel — peshin paytidagi daraxt — Maks — vositachi.
Do'stlaringiz bilan baham: |