Jahon adabiyotining bestselleri markus zusak



Download 1,76 Mb.
bet185/226
Sana06.02.2022
Hajmi1,76 Mb.
#433776
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   226
Bog'liq
Kitob o`g`risi

Hans Huberman cholni qo'llarida ko'tarib olib ketayotganida men ham o‘sha ko'chani ziyorat qildim. U yeming osmon xuddi bo‘z ot kabi kulrang edi.

Cholni beton bo‘laklari bilan qoplangan o‘tning ustiga yotqizguncha Hans hech narsani sezmadi.
— Bu nimasi? — hamkasblaridan biri taajjublandi.
Hans qo‘li bilan imo qildi.
— Eh, Huberman, bunga ko‘nikishing kerak, — u Hansni o‘zi bilan birga ishga boshladi.
Smena soatining qolgan qismida Hans boshi bilan ishga sho‘ng‘ib ketdi, uzoqdan ovoz berib, o‘z yaqinini izlayotgan odamlaming aks-sado- larini sezib sezmaslikka oldi.
Ikki soatdan keyin u, seijant va yana ikki kishi binodan shoshilib chiqishdi. Hans oyoq ostiga qaramay yugurib ketayotganida bir narsaga




qoqilib munkib ketdi. Gavdasini ko‘tarib, hamkasblarining u qoqilgan to‘siqqa qadalib qolishganini ko‘rgachgina Hans hammasini tushundi.
Jasad yuztuban holatda, chang va tuproq ko‘rpasiga burkanib yotar- di. U taxminan o‘n bir yoki o‘n ikki yoshlardagi bolakay edi.
E’tibor bermasdan ko‘cha bo‘ylab o‘tib ketishayotganlarida oldlari- dan “Rudolf’ ismini aytib baqirib yurgan bir ayol chiqdi. Tuman ichida kelayotgan to‘rt kishi tomon yurdi. Uning bemajol tanasi xavotirdan ikki bukilib qolgan edi.
— Mening o‘g‘limni ko‘rmadinglarmi?
— Lining yoshi nechada? — deb so‘radi seijant.
— O4n ikkida.
Ey Xudo!
Barchasi bitta narsani o‘ylashdi, lekin boyagina o‘sha bolani ko‘- rishganini aytishga yoki qayerdaligini ko‘rsatishga seijantning yuragi betlamadi.
Ayol ular orasidan o‘tib ketmoqchi bo‘ldi, ammo seijant Shipper uning yelkasidan ushladi.
— Biz hozirgina o‘sha ko‘chani aylanib chiqdik. U yerda o‘g‘lingiz yo‘q, — deb ishonch bilan gapirdi u.
Qaddi egik ayol umidini so‘ndirmasdan goh yugurib, goh yurib yelkasi osha: “Rudi”, — deb qichqirardi.
Shu tobda Hans Huberman boshqa, “Himmel” ko‘chasida yashovchi Rudi haqida o‘yladi va ko‘rinmas osmonga qarab “Ey Parvardigor, Rudini o‘z panohingda asra” deb yolvordi. Tabiiyki, shundan so‘ng uning xayol- lari Lizel va Rozaga, Shtaynerlar va Maksga borib taqaldi.
Ular yurib-yurib bo‘linmadagi boshqa hamkasblaming oldiga qaytib kelishganida, Hans tappa tashlab yerga cho‘zildi.
Kimdir: “Xo‘sh, ishlar qanday bo‘Idi?” — deb so‘radi.
Hansning o‘pkasi botmon-botmon osmonga to‘lib ketgan edi.
Hans yuvinib-taranish, ovqatlanish va qayt qilishga ketgan bir necha soatdan so‘ng uyga batafsilroq maktub yozishga o‘tirdi. Lekin qo‘llari o‘ziga itoat qilmas, qisqaroq yozishga majbur qilardi. Agar qo‘li bilan




kurashda taslim bo‘lsa, eson-omon uyiga qaytganidan so‘ng oila a’zolari maktubning qolgan qismini o‘z og‘zidan eshitishadi.
“Mening qadrdon Rozam va Lizelim”, — deya maktub yoza bosh- ladi Hans.
Shu beshta so‘zning o4zini yozishga bir daqiqadan ko‘proq vaqti ketdi.
LXII BOB
NON XO‘RAND ALARI
Molkingda voqealarga boy o‘tgan 1942-yil va nihoyat o‘z yakuniga yetayotgan edi.
Lizel ushbu yilning so‘nggi oylarini qismat o‘qiga uchgan uchta odamning fikr-u yodi bilan o4tkazdi, ulaming qayerlarda yurishganini va nimalar qilishayotganini o‘ylab kecha-yu kunduz xayolga berilardi.
Bir kuni tushdan keyin Lizel o‘gay otasining akkordeonini g‘ilofi- dan chiqarib olib, latta bilan yaxshilab artdi. O4sha tobda faqat bir marta- gina uni qaytarib joyiga qo‘yishdan oldin Lizel onasi qila olmagan ishni qildi — barmog4i bilan tugmachalarga tegdi va bosqonlami muloyimlik bilan bosdi.
Roza haq edi — bu urinishdan hech narsa chiqmadi.
Lizel Rudi bilan uchrashib qolganida Aleks Shtaynerdan biron xabar bor yoki yo‘qligini surishtirar, ba’zan Rudi otasi jo‘natgan so4nggi xatning mazmunini batafsil aytib berganida Lizel uni o‘zining otasi yuborgan bitta­yu bitta xat bilan qiyoslab ma’yus tortardi. Maksni esa, albatta, faqat tasawuridagina ko‘rishi mumkin edi.
U ko4ngliga kelgan noxush o‘ylami nari itarib, goh Maksning kim- sasiz yo‘lda yolg‘iz yurganini tasawur qilar, goh birorta yaxshi odamning


eshigini qoqib, uni soxta guvohnomasi bilan ishontirgani ko‘z o‘ngida namoyon bo‘lardi.


Lizel qayerda bo‘lmasin, shu uch nafar odam uning xayolidan ketmasdi.
Sinf derazasidan otasi unga qarab turar, Maks bilan olov yonida o‘tirishar, Aleks Shtayner u Rudi bilan yurganida paydo bo‘lib qolar va Myunxen ko‘chasida velosipeddan tushib, do‘konga qarashganlarida ulardan ko‘z uzmasdi.
— Mana bu kostyum-shimlarga qaragin, — derdi Rudi boshi va qo‘llari bilan derazaga ishora qilib. — Hammasi chiqitga chiqib ketadi yaqinda.
Ajablanarlisi shundaki, Lizelni biroz chalg‘itadigan sevimli mash- g‘ulotlaridan biri Frau Xolsapfelga kitob o‘qib berish edi. Endi mutolaa chorshanba kunlari ham bo‘lib o‘tar, ular suvning sharofati bilan chalajon bo‘lib qolgan “Hushtakboz”ni tugatib, endilikda “Tush tashuvchi”ga kelib qolishgandi.
Frau Xolsapfel ba’zan Lizelni choy, harto Rozanikidan ancha yaxshiroq va quyuqroq sho‘rva bilan mehmon qilardi.
Oktyabr va dekabr oylari orasida yana bir marta yahudiylar saf-saf bo‘lib ulaming shaharchasi ichidan olib o‘tildi. Lizel o‘sha yahudiylar orasida Maks Vandenburg bor yoki yo‘qligini bilish uchun o‘tgan safar- gidek Myunxen ko‘chasiga shoshildi. U Maksni ko‘rib uning tirikligiga ishonch hosil qilishni qanchalik istasa, safda uning yo‘qligidan shunchalik sevinardi.
Chunki qiz uchun yo‘qlik erkinlikni anglatardi.
Dekabr oyining o‘rtalarida bir nechta guruh yahudiylar va boshqa jinoyatchilar yana Myunxen ko‘chasi bo‘ylab Daxauga haydab o‘tildi. Bu holat uchinchi marotaba sodir bo‘layotgandi.
Rudi “Himmel” ko‘chasidagi 35-raqamli uy tomon qat’iy qadamlar bilan yurib ketdi va birozdan so‘ng kichkina sumka va ikkita velosiped bilan qaytib keldi.
— O‘yin o‘ynaymizmi, hoy urg‘ochi cho'chqa?




Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish