U quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Yangi vasvasa — qimorboz — Stalingrad qorlari — qarimaydigan aka — baxtsiz hodisa — achchiq ta’mli savollar — asbob-uskunalar qutisi, qon yo‘qotayotgan odam va oyinchoq ayiqcha — halokatga uchragan samolyot — va иуда qaytish.
LXV BOB
YANGI VASVASA
Bu safar stol ustida stol ustda suvi qochib qotib qolgan pechenyelar bor edi.
Lekin ular “Rojdestvo” bayramidan qolgan, o‘tgan ikki hafta mobaynida obdan qotishga ulgurgandi Kipferl1 edi.
Yuziga shakar sepilgan mitti taqa ko‘rinishidagi pishiriqlaming osti- da qolganlari idishga mixlanib qolganga o‘xshar, qolganlari esa yopishqoq tepalik singan yuqoriga o‘rlagandi. Lizel deraza romini mahkam ushla- ganidayoq ulaming hidini tuygan edi. Kutubxonada shakar, xamir va ming- lab sahifalaming ta’mi mujassam edi.
Stol ustida hech qanday maktub bo‘lmasa-da, Lizel tez fursatda buning ortida liza Herman turganini payqadi. Pishiriqlar undan boshqasiga atalganligi haqida esa o‘ylab ham ko‘rmadi. Lizel deraza yoniga qaytib, yoriqdan shivirlab Rudini chaqirdi.
Ular o‘sha kuni piyoda kelishgandi, chunki toyg‘oq yo‘llarda velo- sipedda yurishning imkoni bo‘lmasdi. Deraza tagida qorovullik qilayotgan Rudi Lizelning chaqirig‘iga binoan hozir-u nozir bo‘lgach, qiz unga idishni uzatdi. Rudi Shtaynerga pishiriqlami olishga ko‘ndirishning hech ham hojati yo‘q edi.
U allaqachon ko‘zlari bilan ziyofatni boshlab yuborgan edi, lekin, baribir, bir nechta savollar bilan qizga murojaat qildi:
— Boshqa narsa yo‘qmi? Sutmi yoki shunga o‘xshash nimadir? — Nima?
— Sut, — deb takrorladi Rudi biroz balandroq ovozda. Agar u Lizelning ovozidagi ranjigan ohangni sezganida sutni so‘ramagan bo‘lardi.
Deraza yonida yana kitob o‘g‘risining qiyofasi zohir bo‘Idi.
1 Kipferl (nemischa) — pechenye.
— Jinnimisan? Tinchgina kitobni o‘g‘irlashimga qo‘ysang-chi!
— Ha, albatta... Men shunchaki...
Lizel derazadan uzoqroq tokcha yoniga, stol ortiga o‘tdi va uning yuqori tortmasidan qog‘oz va qalam olib: “Rahmat”, — deb yozdi-da, stol ustida qoldirdi.
Qizning o‘ng tomonidagi tokchadan bir kitob ortiqcha suyakdek turtib chiqib turardi. Och rangli kitobning umurtqa pog‘onasiga qora harf- lar bilan “Die Letzte Menschliche Fremde” — “So‘nggi begona inson” deb yozilgan edi. Lizel uni javondan tortib olgach, kitob ohista pichirladi, pastga chang zarralari tushdi.
Deraza oldiga yetgan qiz endi tashqariga chiqib ketmoqchi bo‘lib turganida kutubxona eshigi g‘ichirladi.
Lizel allaqachon bitta oyog‘ini ko‘targan, o‘g‘ri qo‘li deraza romini ushlab olgandi. Eshikning g‘ichirlashiga qaragan paytida yangi xalat va shippak kiyib oigan ayolni ko‘rdi. Hokimning rafiqasi ustiga ilib oigan xa- latning ko‘krak cho‘ntagini naqshli svastika bezab turardi. Targ‘ibot allaqachon hammomlarga harn yetib borgan edi.
Ular bir-biriga tikilib ancha turib qolishdi.
Lizel liza Hermanning ko‘ksiga qarab, qo‘lini ko‘tardi.
— Heil Hitler!
U tezda juftakni rostlamoqchi bo‘lib turganida, to‘satdan xayoliga bir fikr keldi.
Bulochkalar.
Ular bir necha hafta shu yerda turgan. Bu shuni anglatadiki, agar hokimning o‘zi shu vaqt ichida kutubxonaga kirganida, albatta, pechenye- lami ham ko‘rgan, ehtimol, ulaming nima uchun hanuz stolda turganligini so‘ragan bo‘lardi. Ikkinchi bir fikr xayoliga kelgan zahoti Lizelni g‘alati quvonch qopladi — balki, bu kutubxona hokimga emas, liza Hermanning o‘ziga tegishlidir.
Qiz sababini o‘zi ham anglab yetmagan holda kitoblar bilan liq to'la xona hokimning rafiqasiga tegishli bo‘lib chiqishini istadi. Axir, aynan shu ayol Lizelni bu yerga birinchi marta olib kelgan, birinchi marta unga imko-
niyatlar derazasini ochib bergan edi. Shu taxmini to‘g‘ri, chunki barcha dalillar bir-biriga mos kelyapti.
Lizel ketmasidan oldin derazaga tiralib xayolidagi savolni axiyri tiliga chiqardi:
— Bu xona sizniki, shundaymi?
— Bir paytlar shu xonada o‘g‘lim bilan birga kitob o‘qirdik. Lekin keyin...
Lizel polda o‘tirgancha bitta yosh bolakayga barmog‘i bilan kitob- dagi suratlami va so‘zlami nuqib ko‘rsatayotgan onani tasavvur qildi. Keyin u deraza ostida urushni ko‘rdi.
— Ha, bilaman.
— Nima deding? — tashqaridan nido keldi.
Lizel yelkasi osha keskin shivirladi:
— Jim bo‘l, cho‘chqa. Atrofni kuzat!
Lekin u navbatdagi so‘zlarini Ilza Hermanga muloyimlik bilan uzatdi:
— Demak, bu kitoblaming hammasi...
— Aksariyati meniki, ba’zilari erimniki, o‘g‘limning ham bir nechta kitobi bor.
— Men doim bu hokimning kutubxonasi bo‘lsa kerak deb o‘ylab yurardim, — xijolatdan Lizelning yonoqlari qizarib ketdi.
— Nima uchun? — ayol taajjublangandek tuyuldi.
Lizel shippakning uchlarida ham svastika belgilari borligini pay- qadi.
— Eringiz shahar hokimi bo‘lganligi uchun juda ko‘p kitob o‘qisa kerak deb o‘ylardim.
— So‘nggi paytlarda bu yerdagi kitoblardan eng ko‘p sen foyda- landing, — hokimning rafiqasi shunday deb qo‘llarini xalatining cho‘nta- giga tiqdi.
— Buni o‘qib chiqqanmisiz? — Lizel “So‘nggi begona odam”ni balandroq ko‘tarib ko‘rsatdi.
Ayol kitob muqovasiga ko‘zini qisib qarab: “Ha, o‘qiganman”, —
dedi.
— Qiziqarlimi?
— Shunaqa desa ham bo‘ladi.
Lizelning ichidagi qichiq ketishga undasa-da, lekin biroz qolgisi ham kelardi. U gapirmoqchi bo‘lar, lekin aytmoqchi bo‘lgan so‘zlari ko‘p- ligidan gangib qolgandi. Shulardan bittasini ushlab olishga urinayotganida hokimning rafiqasi tashabbusni o‘z zimmasiga olib qo‘ydi.
U allaqachon deraza osha Rudining yuzini, aniqrog‘i uning olovrang sochlarini ko‘rgan edi.
— Menimcha, ketadigan payting bo‘ldi. Seni kimdir kutib turibdi, chog‘i.
Uyga qaytishda ular pechenyelami paqqos tushirishdi.
— Haqiqatan ham, u yerda boshqa yeydigan hech narsa yo‘qmidi? — yana uni so‘roqqa tutdi Rudi. — Bo‘lishi kerak-ov.
— Shuni olib ulgurganim uchun rahmat aytaver, — Lizel Rudining qo‘lidagi idishga diqqat bilan qaradi. — Rostini ayt, men ichkarida paytim ulardan bitta-ikkita tushirdingmi?
Rudining g‘azabi qaynab ketdi:
— Hoy, bu yerda o‘g‘ri sensan, men emas.
— Meni aldamay qo‘ya qol, cho‘chqa, labingning chetida shakar yuqi qolgan-ku.
Rudi vahima ichida bir qo‘li bilan idishni ushlab, ikkinchisi bilan lablarini artdi.
— Sen kelguncha bittasini ham yemadim, qasam ichaman.
Ko‘prikka yetgunlaricha idishdagi pishiriqning yeb tugatildi, qolga- nini esa Tommi Myuller bilan “Himmel” ko‘chasida bo‘lishib yeyishdi.
0‘ljadan asar ham qolmagach, bitta savol barchasini o‘ylantirdi va u Rudining tilidan yangradi:
— Bu la’nati idishni nima qilamiz endi?
LXVIBOB
QIMORBOZ
Rudi va Lizel mazza qilib pishiriq yeyayotgan bir paytda, Essen ya- qinidagi shaharchada havo hujumidan mudofaa bo‘linmasining xizmatdan dam olishga chiqqan askarlari karta o‘ynab o‘tirishardi. Ular Shtutgartga qilingan uzoq safardan endigina qaytib kelishgan va sigareta uchun qimor o‘ynashayotgan edi. Reynhold Sukeming negadir hech omadi chopmadi.
— Qasam ichaman, u g‘irromlik qilyapti, — dedi u ming‘irlab. Barak vazifasini ham o‘tayotgan omborxonadagi o‘yinda Hans Huberman endigina ketma-ket uchinchi marotaba g‘alaba qozongan edi. Xafa bo‘lgan Suker kartalami stol ustiga uloqtirdi va kir barmoqlari bilan moylangan sochlarini taradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |