URUSH HAQIDA KICHIK QISSA
Portlash natijasida ikkala oyog'ining tizzasidan pastki qismi uchib ketgan yigit souuq va qo'lansa hid anqigan kasalxonada akasining ko‘z o'ngida vafot etdi.
Rossiya, 1943-yil 5-yanvar, yana bir muzli kun. Shahar tashqarisida, deyarli har qadamda qorlar orasida o‘qqa uchgan ruslar va nemislaming o‘liklari yotardi. Tirik qolganlar esa bo‘shliqqa qarata tarillatib o‘q uzishardi. Uchta til: rus, nemis va o‘qlar tili bir-biri bilan aralashib ketgan edi.
Yerda yotgan jonlar orasidan oralayotganimda bir odamning: “Qor- nim qichiyapti”, — deya zorlangan ovozi qulog‘imga chalindi. U bu gapni
ko‘p marotaba takrorladi. U o‘zining karaxt ahvoliga qaramasdan g‘alati alpozda o‘tirib qolgan va ustidan bug‘ chiqayotgan qop-qora mavjudotga qarab o‘rmalay boshladi. Qomidan o‘q yegan askar nihoyat sudralib uning yoniga yaqinlashganda Robert Xolsapfelni tanidi. Robert qonga botgan qo‘llari bilan hadeb tizzasi ustiga qor uyishga urinardi — so‘nggi snaryad portlagan vaqtda uning oyog‘i o‘rtasidan uzilib ketgan edi. Issiq qo‘llar va qizil rangli qichqiriq.
Issiq bug‘ manbasi chirik qorga sizib chiqayotgan qon edi.
— Bu men, Piterman, — dedi askar Robertga. — Piter. U jon holat- da sudralib, bir necha qadam yaqinroqqa keldi.
— Piter? — so‘radi Robert so‘niq ovozda. U yonida ekanligimni his qilgan bo‘lsa kerak.
— Piter? — savol yana bir marta yangradi.
Negadir o‘layotgan odamlar har doim o‘zlari javobini biladigan sa- vollami berishadi. Balki, hammasini aniqlashtirib keyin o‘lishni afzal ko‘rishar.
To‘satdan hamma ovozlar bir xil bo‘lib qoldi. Robert Xolsapfel o‘ng tomoniga — bug‘lanayotgan muzdek yer bag‘riga yiqildi.
Shubhasiz, u men bilan o‘sha soniyada uchrashishga umid qilgandi.
Taassufki, unday bo‘lmadi. Yoshgina nemis yigitni o‘sha kuni abadiy oshyoniga olib ketmadim. Boshqa baxtsiz jonlami quchib, uning ustidan sakrab o‘tib, ruslar tarafga yo‘l oldim.
Ikki dushman orasida zuv-zuv borib kelib, tilka-pora bo‘lib sochilib yotgan jonlami to‘pladim.
Sizni ishontirib aytamanki, bu tog‘dagi chang‘i sayohatiga zarracha o‘xshamasdi.
Maykl onasiga aytib berganidek, uch kun o‘tgach, oyoqlarining yar- mini Stalingrad ostonasida qoldirib kelgan askaming oldiga keldim. Men chaqirilgan mehmon sifatida qo‘lansa hiddan bumimni bekitib, vaqtin- chalik kasalxonasiga kirib bordim.
Qo‘li chandib bog‘lagan yigit yuzi nursiz, jim yotgan askarga, albatta, sog‘ayib ketishini aytib o‘tirardi.
— Ular senga tez orada javob berib, uyga yuborishadi, — ishonch bilan gapirardi u.
— Ha, uyiga o‘zim eltib qo‘yaman. Abadiy uyiga, — deb qo‘ydim ichimda.
— Men sog‘ayishingni shu yerda kutaman, — qo‘li bog‘langan odam gapida davom etdi. — Shu hafta oxirida qaytmoqchi edim, endi esa seni o‘zim bilan birga olib ketaman.
Akasining keyingi gapi o‘rtasiga kelgan lahzada Robert Xolsapfel- ning jonini oldim.
Odatda, bino ichiga kirganimda shift orqali osmonni ko‘rishga hara- kat qilib kuchanardim, lekin bu safargi tashrifimda menga ornad kulib boqdi. Kasalxona tomining bir qismi allaqachon vayron bo‘lganligi uchun shunday boshimni ko‘tarib qarashning o‘zi yetarli bo‘ldi. Mendan bir metr naridagi Maykl Xolsapfel hanuzgacha nimalamidir ming‘irlash bilan band edi. Unga e’tibor bermaslikni ep ko‘rib, tepamdagi teshik osha osmonga tikildim. Osmon oppoq bo‘lishiga qaramay, tezda ifloslanib ketayotgan, har doiingidek, ulkan to‘shama qog‘ozga aylanayotgan edi. Uning ichidan qon oqar, ba’zi joylarida eriyotgan qorda qolgan oyoq izlari singari kir bulutlar ko‘rinish berardi.
Oyoq izlari? Bu izlar kimga tegishli bo‘lishi mumkin?
Frau Xolsapfelning oshxonasida Lizel kitob o‘qir, aksariyat sahifa- lar bus-butunligicha tinglanmasdan o‘tib ketardi. Rossiya manzaralari ko‘z o‘ngimda erib ketgan bo‘sa ham bilan shiftdan qor tushishni to‘xtatmasdi. Choynak ham, stol ham qor bilan qoplangan, odamlaming yelkalariga, boshlariga qor ingan edi. Aka dag‘-dag‘ qaltirayapti. Ona bo‘zlayapti. Qiz esa nega bu yerda ekanligini bilgan holda o‘qishni davom ettiradi. Stalingradning qorlari yog‘ayotgan joyda faqat u foydali ish qilyapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |