Jahon adabiyotining bestselleri markus zusak



Download 1,76 Mb.
bet197/226
Sana06.02.2022
Hajmi1,76 Mb.
#433776
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   226
Bog'liq
Kitob o`g`risi

ESSENDAGI TALAFOT


Olti kishining badani sigaretadan kuyib qolgan.
Ikki kishining qoii singan.
Bir nechtasining barmoqlari singan.
Hans Hubermanning bitta oyog‘i singan.
Raynxold Sukeming bo‘yni singan.


Bo‘linma askarlari bir-birlarini sudrab tortib olishgach, mashinada faqat bitta o‘lik qoldi.


Haydovchi Helmut Brohman boshini qo‘llari orasiga olib yerda o‘tirardi.
— Kutilmaganda g‘ildirak yorilib ketdi, — tushuntirishga urindi u.
Ba’zilar unga yonma-yon o‘tirib, bir ovozdan uning aybdor emas- ligini takrorlashdi. Boshqalari atrofhi aylanib, sigareta chekishdi va bir- birlaridan hozirgi olgan jarohatlari xizmatdan bo‘shatilishga arziydimi deb so‘rashdi.
Boshqa bir kichik guruh yuk mashinasining orqasida to‘planib, murdani ko‘zdan kechirdi.
Shu yerdagi daraxt ostida o‘tirgan Hans Hubermanning oyog‘ida ingichka, lekinjuda qaqshatuvchi og‘riq turdi.
— U emas, men o'lishim kerak edi, — dedi u sekin.
— Bu nima deganingiz? — seijant yuk mashinasidan turib baqirdi.
— U mening 0‘mimda o‘tirgandi.
Helmut Brohman o‘zini biroz o‘nglab olgach, yana kabinaga sudra- lib chiqib oldi.
To‘ntarilib yotgan mashinaning motorini ishga tushirmoqchi bo‘ldi, lekin motor nomiga bo‘lsa ham jonlanishni istamadi. Boshqa bir yuk mashinasi va tez yordam mashinasini so‘ratib odam yuborishdi. Lekin tez yordam mashinasidan darak bo‘lmadi.
— Bu nimani anglatishini bilasizlar-a, to‘g‘rimi? — deb so‘radi Boris Shipper. Ular barchasini tushungan edilar.
Ular nihoyat barakka qaytib ketishayotganlarida yo‘l bo‘yi Rayn- xold Sukeming xuddi tiijaygandek ochilib qolgan og‘ziga qaramaslikka harakat qilib kelishdi.
— Yuzini pastga qaratish kerakligini aytdim-ku, — gap qotdi kimdir.
O‘qtin-o‘qtin kimdir uning odam jasadi ekanligini unutib qo‘yib ustiga oyog‘ini qo‘yib qo‘yardi. Barakka yetib kelganlaridan keyin ham- masi murdani ko‘tarib tushirishdan qochishga urinishdi. Uni ilojini qilib




tushirishgach, Hans Huberman bir necha qisqa qadam tashladi-da, so‘ngra oyog‘idagi og‘riqqa chiday olmay yerga quladi.
Bir soat o‘tgach, Hans shifokor ko‘rigidan o‘tdi va uning oyog‘i singan!igini aytdi.
Ulaming tepasida turgan seijant xiyol tiijaydi.
— Xo‘sh, Huberman, bitta siniq oyoq bilan barchasidan qutulib qoladigan bo‘ldingiz, shekilli, — u dumaloq yuzini chayqab, sigareta tutatdi va endilikda uni kutib turgan voqealar ro‘yxatini bayon qildi. — Hozircha dam olib turasiz. Ular mendan sizni nima qilmoqchi ekanligimni so‘rashadi.
Ularga ajoyib ish ko‘rsatganingizni aytaman, — seijant yana biroz tutun ufurdi.— Sizni endi havo hujumidan mudofaa bo‘linmasida ishlash- ga yaroqsiz deb aytib, Myunxenga qaytarishlarini aytaman. O‘sha yerda biron idorada xizmatchi yoki farrosh sifatida ishlashingiz mumkin. Xo‘sh, bunga nima deysiz?
Hans og‘riqdan burishgan yuzidagi kulgini tiya olmay xursand holda javob berdi:
— Ajoyib bo‘lardi, seijant.
Boris Shipper sigaretasini chekib tugatdi.
— Albatta ajoyib bo‘ladi-da. Menga xulq-atvoringiz yoqadi, shu sababli omadingiz keldi, Huberman. Siz yaxshi odamsiz, sigaretangizni ham qizg‘anmaysiz.
Qo‘shni xonada hamshiralar Hansning oyog‘iga gips tayyor- lashayotgan cdi.


LXX BOB




ACHCHIQ TA’MLI SAVOLLAR
Fevral oyining o‘rtalarida, Lizelning tug‘ilgan kunidan bir hafta o‘t- gach, ular nihoyat Hans Hubermandan mufassal xat olishdi. Lizel pochta qutisidan xatni olishi bilan uyga, o‘gay onasining oldiga chopdi. Roza unga xatni ovoz chiqarib o‘qishini tayinladi. Lizel singan oyoq haqidagi jumla- lami o‘qiganida ikkalasi ham quvonchlarini yashira olishmadi. Keyingi ibora uni shu qadar hayratda qoldirdiki, qiz uni faqat ichida o‘qidi.
— Nima gap? — Roza uni turtdi. — Hoy, cho‘chqa, o‘qisang-chi!
Lizel xatdan boshini ko‘tardi, u, sal qolsa, butun uyni boshiga ko‘tarib qichqirmoqchi bo‘lib turardi.
Segant Shipper va’dasining ustidan chiqqan edi.
— U uyga qaytyapti, oyijon. Dadam uyga qaytyapti!
Ular oshxonaning o‘rtasida quchoqlashib ketishgan paytda xat ikki tana orasida mayishib qoldi. Singan oyoq, albatta, nishonlashga arzigulik sabab edi.
Lizel xushxabami qo‘shni uyga yetkazganida, Barbara Shtayner ham juda xursand bo‘Idi, qizni yelkalarini quchib, bolalarini chaqirdi. Osh- xonaga yig‘ilgan Shtaynerlar oilasi Hans Hubermanning uyga qayta- yotgani haqidagi xabami eshitib, sevingandek bo‘lishdi. Rudi awaliga jilmayib, keyin kulib yuborganida Lizel uning xursand ko‘rinishga qattiq urinayotganini sezdi. Shu bilan birga, uning tilidagi savollaming achchiq ta’mini ham tuydi.
Nega faqat u qaytyapti?
Nega Aleks Shtayner emas, Hans Huberman qaytyapti?
Xuddi shunday.


LXXI BOB




ASBOB-USKUNALAR TO‘PL AMI, QONGA
BO‘YALGAN ODAM VA O‘YINCHOQ AYIQCHA

O‘tgan yilning oktyabr oyida otasi armiyaga chaqirilganidan beri Rudi Shtayneming g‘azabi to‘planib yurgan edi. Hans Hubermanning qaytishi haqidagi xabar Rudiga bu yo‘lda yana bir necha qadam tashlashi uchun yetarli bo‘ldi.
U Lizelga hech narsa aytmadi. Adolatsizlik haqida shikoyat qilmadi. Amaliy harakat qilishga qaror qildi.
Qorong‘i tushib o‘g‘rilik qilishga eng qulay payt yetganda u qo‘lida temir qutini ko‘tarib, “Himmel” ko‘chasi bo‘ylab yo‘lga tushdi.
. ©

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish