Jahon adabiyotining bestselleri markus zusak



Download 1,76 Mb.
bet199/226
Sana06.02.2022
Hajmi1,76 Mb.
#433776
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   226
Bog'liq
Kitob o`g`risi

490
—¡3®»’»'=—*“


O‘yinchoq ayiqchadan tashqari hamma narsaning nega qutida ekanligi tushunarli edi.


* * *
Yo‘lda ildam yurib ketishayotganida Rudi asboblar qutisini olgani- dan nima maqsad ko‘zlaganini va har bir uskuna bilan nima qilishini erin- masdan tushuntirib berdi. Jumladan, bolg‘alar derazalami sindirish uchun mo‘ljallangan, sochiq esa bolg‘aning ovozni o‘chirish uchun zarur edi.
— Ayiqcha-chi?
Anna-Mariya Shtaynerga tegishli o‘yinchoq ayiqcha Lizelning kitoblaridan katta emasdi. Ayiqchaning eskirgan mo‘ynasi burda-burda qilingan va quloqlari, ko‘zlari o‘n martalab qayta tikib qo‘yilgan bo‘lsa ham u samimiy ko‘rinishga ega edi.
— Bu — mening dohiyona mulohazalarimdan biri. Agar men ich- karida yurgan paytimda bolalar bolalar kirib qolsa, qo‘llariga ayiqchani tutqazib, ulami tinchlantiraman, — deya faxrlanib javob berdi Rudi.
— O‘zi nima o‘g‘irlashni rejalashtirding?
Rudi yelkasini qisdi.
— Pul, yegulik, zargarlik buyumlari. Qo‘limga ilgan hamma narsa- ni olib chiqaman, — u shunday beparvo ohangda gapirdiki, bilmagan odam uning uchun o‘g‘rilik xamirdan qil sug‘urgandek oson deb o‘ylagan bo‘lardi.
Holbuki o‘n besh daqiqadan so‘ng Rudining yuzidagi nogahon su- kunatni ko‘rgan Lizel u hech narsani o‘g‘irlamasligini tushunib yetdi. Uning yuzidagi qat’iyat g‘oyib bo‘ldi va garchi u hali ham o‘g‘rilar hayoti- ning xayoliy shon-shuhratini o‘ylayotgan bo‘lsa-da, qiz bunga Rudining o‘zi ishonmasligini ko‘rib turardi. U shunchaki ishonishga harakat qilardi va bu hech qachon yaxshilikka olib kelmaydi. Rudining ko‘z oldidan jinoyat olamidagi xayoliy ulug‘vorligi bir-bir o‘tsa-da, uning qadamlari sekinlashdi. Badavlat xonadonlami kuzatishayotganlarida Lizel o‘zida sof va ma’yus yengillikni his qildi.


Ular Gelb ko‘chasidan boshlashdi.


Uylar qorong‘i va bahaybat edi.
Rudi poyabzalini yechib chap qo‘liga oldi, ong qo‘li quti bilan band edi.
Oy bulutlar orasida sayr qilib, g‘ira-shira nur sochardi.
— Men nimani kutyapman o‘zi? — savol berdi Rudi, lekin Lizel unga javob bermadi. Rudi yana og‘zini ochdi, lekin gapirmadi. Qutini qo‘yib, ustiga o‘tirdi. Yupqa paypoqli oyoqlari sovqotib, nam tortdi.
— Qutida yana bir jufti paypoq borligi — baxting, — gap qotdi Lizel. Rudining kulgisi qistasa ham o‘zini tishining oqini ko‘rsatmaslikka majburlayotganini qiz payqadi.
Rudi biroz surilib, ko‘chaning narigi yuziga qarab o‘tirib olgach, Lizelga ham o‘tiradigan joy topildi.
Kitob o‘g‘risi va uning eng yaqin do‘sti ko‘chaning o‘rtasida eski qizil qutining ustida bir-biriga orqa qilib o‘tirishardi. Ular nigohlarini turli yo‘nalishlarga qadab, uzoq vaqt jim qolishdi. Axiyri o‘rinlaridan turib uy- ga qaytishayotganlarida Rudi paypog‘ini o‘zgartirdi va eskisini yo‘lda qoldirdi.
— Bu Gelb ko‘chasi uchun mening sovg‘am bo‘la qolsin, — dedi u.

RUDI SHTAYNERNING HAQIQATI
Menimcha, o'sha narsalami o'g'irlagandan ko'ra o'z holicha qoldirish ma’qulroq.

Bir necha haftadan keyin qizil qutining nafi tegib qoldi. Rudi uning ichidagi ashqol-dashqollami olib tashlab, navbatdagi havo hujumi sodir bo‘lgan taqdirda Shtaynerlaming turli qimmatbaho buyumlarini solib olib ketishga moslab bo‘shatib qo‘ydi. Uning ichida faqat o‘yinchoq ayiqcha qoldi.




9-mart kuni sirenalar Molkingni muqarrar hujumdan ogohlantirayot- ganida Rudi o‘sha qutini ko‘tarib uyidan chiqdi.
Shtaynerlar “Himmel” ko‘chasi bo‘ylab shosha-pisha boshpana to­món yo‘Iga tushishayotganida Maykl Xolsapfel Roza Hubermanning eshigini bor kuchi bilan urardi. Roza va Lizel yugurib chiqishganlarida, u dardini doston qildi.
— Oyim... Oyim boshpanaga bormoqchi emas. Oshxonadan chiq- mayapti, — qonli o‘riklar hali ham uning qo‘lidagi bog‘lamda barq urib turardi.
O‘g‘lining o‘limi haqidagi xabami eshitganidan keyin bir necha hafta o‘tib ketganligiga qaramay, Frau Xolsapfel hanuz o‘zini tiklay olma- gandi.
Lizel mutolaa uchun kelgan paytda kampir derazadan ko‘zini uz- mas, aytadigan sanoqli so‘zlari ham o‘zidek ma’yus va rangsiz edi. Yuzi- dagi qo‘pollik va dushmanlik ifodasi ildizi bilan qo‘porilib tashlangandek edi go‘yo.
Endilikda Lizelga qahva beradigan ham, kelgani uchun rahmat aytib, xayr-xo‘shlashib qoladigan ham Maykl bo‘lib qolgandi. Bugun esa jiddiyroq muammo chiqib turibdi.
Roza hayallamay ishga kirishdi — o‘rdak yurishi bilan epchil hara- kat qilib, qo‘shnisining darvozasidan bostirib kirdi va ochiq eshik oldida turib baqirishga tushdi:
— Hoy, Xolsapfel! — atrof birdan jimib qolib, faqat Roza va sire- nalaming ovozi yangrardi. — Xolsapfel, qari cho‘chqa! Darrov tashqariga chiq, — Roza Hubermanga andisha degan narsalar tamoman yot edi. — Agar hoziroq chiqmasang, biz hammamiz shu yerda, ko‘chaning o‘rtasida o‘lib ketamiz! — Roza o‘girilib, yo‘lakda turgan tashvishli chehralarga qaradi. Sirena ovozi bu paytga kelib to‘xtagandi:
— Xo‘sh, endi nima qilamiz?
Maykl nima qilarini, nima aytarini bilmay ilojsiz yelka qisdi.
Lizel kitob solib oigan sumkasini yerga qo‘ydi va Mayklga qaradi.
Ikkinchi sirena bir bir vaqtda baqirib:




“Men ichkariga kirib ko‘rsam, maylimi?” — deb so‘radi, ammo javobni kutmasdan yo‘lakdan chopib o‘tib, Rozaning yonidan sirg‘alib uyga kirib ketdi.
Frau Xolsapfel qimir etmasdan kursida o‘tirardi.
“Unga nima desam ekan? Uni qanday qilib tashqariga chiqishga majburlayman?” — xayolidan o‘tkazdi qiz.
Sirenalar nafas rostlashga o‘tganida, Rozaning chaqirayotgan ovozi eshitildi:
— Qo‘y uni, Lizel, biz ketishimiz kerak! Agar u o‘lishni xohlasa, bu uning ishi, — deya saslanayotgan o‘xshardi tin oigan sirenalar yana uvullay boshlab. Ulaming tovushi osmondan yerga tushib inson ovozlarini bosib ketdi.
Dunyoda faqat ogohlantiruvchi suron, qiz va jikkak kampir qol- gandek edi.
— Frau Xolsapfel, iltimos! Biz bilan yuring!
Bulochkalar qo‘lga kiritilgan kuni liza Hermán bilan bo‘lgan suhba- tiga o‘xshab, Lizelning miyasida aytish uchun juda ko‘p so‘z va iboralar yig‘ilib qoldi. Yagona farq shundaki, bugun bombalar dahshat solayotgan, shoshilinch harakat qilmasa bo‘lmaydigan kun edi.






Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish