RUDI SHTAYNERNING SUMKASIDAGI NARSALAR
To'rtga bo‘tingan, suvi qochib qolgan olti bo'lak non.
Ular velosipedlarini Daxau tomon haydab, yahudiylar safining oldi- ga chiqib olishdi va yo4lning qatnovsiz joyida to‘xtadilar. Rudi sumkani Lizelga uzatdi.
— Qo‘lingga siqqanicha ol.
— Buning yaxshi fikr ekanligiga shubham bor.
Rudi uning kaftiga bir necha bo‘lak non tashladi.
— Dadang shunday qildi-ku.
Lizel qanday qilib tortishishi mumkin edi? Bu ish kaltak yeyishga arziydi.
— Agar chaqqon harakat qilsak, hech kim bizni ushlay olmaydi, — Rudi nonni taqsimlay boshladi. — Hoy cho‘chqa, qimirlasang-chi.
Lizel o‘zini tutib tura olmadi, eng yaqin do‘sti Rudi Shtayner bilan yo‘l ustiga non bo‘laklarini qo‘yib chiqayotganida yuziga soya solgan tabassumi uni tark etmadi.
Ishni tugatganlaridan so‘ng ikkalasi velosipedlarini olib archa daraxtlari orasiga yashirinishdi.
Yo‘1 sovuq va to‘ppa-to‘g‘ri edi. Tez orada yahudiylar hamda askar- lar ko‘rina boshladi.
Daraxt soyasida o‘tirgan Lizel yonidagi do‘stiga qaradi. Qorong‘ida malla sochlari shamdek yonib turuvchi bu bola qanday qilib meva o‘g‘ri- sidan ochlarga non ulashuvchiga aylanib qoldi? O‘zining oshqozoni och- likdan ishora berayotgan bir paytda u odamlarga non tarqatdi.
Bu Germaniyami? Fashistik Germaniyami?
Eng oldinda kelayotgan askar nonni payqamadi, uning qomi och bo‘lmasa kerak, lekin yahudiy uni ko‘rib qolib, sovuqdan tarashadek qotib qolgan qo‘lini cho‘zib bir bo‘lakni oldi va shosha-pisha og‘ziga oldi.
— Bu Maks bo‘lishi mumkinmi? — o‘yladi Lizel. Uzoqdan uning yuzini ko‘rish qiyin edi, shu sababli Lizel yo‘l yaxshiroq ko‘rinadigan joyga o‘tish uchun o‘midan turdi.
— Hoy! — Rudi tutaqib ketdi, —joyingdan qimirlama. Agar nonni biz qo‘yganimizni bilib qolishsa, tamommiz.
Qiz parvo qilmay, oldinroqqa chiqdi.
Yahudiylar birin-ketin egilib, yo‘lda yotgan nonni olib yeyishar, bu paytda archa shoxlari ostidagi kitob o‘g‘ri ulaming har birini sinchkovlik bilan tekshirardi. Maks ular orasida emasdi.
Afsuski, sho‘rlik yahudiylaming oniy quvonchi uzoqqa cho‘zil- madi.
Ulami kuzatib ketayotgan askarlardan biri qo‘lini yerga uzatgan mahbusni ko‘rib qolib, boshqalarga xabar berdi. Hammaga yurishdan to‘x- tash buyurildi. Yo‘l diqqat bilan o‘rganib chiqildi. Mahbuslar nonlarini iloji boricha tez va ovoz chiqarmasdan chaynab, birgalikda yutib yuborish- di.
Boyagi askar yerdan bir nechta non bo‘laklarini olib, yo‘lning ikkala tomonini sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirdi. Mahbuslar ham atrofga qarashdi.
— Anavi yerda!
Bitta askar yo‘lga yaqin daraxt ostidagi qiz tomon yura boshladi. Keyin shu yerdagi bolani ham payqab qoldi. Lizel va Rudining bittasi pas- tak butalar ostidan, ikkinchisi esa omonga bo‘y cho‘zgan baland daraxtlar orasidan turli tarafga qarab chopishga tushishdi.
— Lizel, to‘xtamay yugur!
— Velosipedlar-chi?
— Scheiss drauf! E’tibor berma!
Ular to‘xtamasdan yugurishdi, yuz metrdan keyin askaming xirqiroq nafasi Lizelga yetib keldi, hatto unga yonma-yon yugura boshladi. Qizning
omadi keldi — orqasidan bir tepki yeb, bir nechta nishtarli so‘zlami eshit- di, xolos.
— Chop, qizaloq, senga bu yerda hech narsa yo‘q!
Lizel shu yugurishda bir chaqirim yo‘l bossa ham to'xtamadi. Daraxtlaming shoxlari qo‘llarini nimtalab tashladilar, oyoqlari ostida qara- g‘ay so‘talari yumalandi va archa ignalarining ta’mi o‘pkasida qo‘ng‘iroq- dek yangradi.
Lizel qirq besh daqiqadan so‘nggina o‘sha joyga qaytib, Rudining zang bosgan velosipedlar yonida o‘tirganini ko‘rdi. U yo‘ldan yig‘ib oigan toshdek qotib qolgan ushoqlarini chaynab o‘tirardi.
— Men senga yo‘lga unchalik yaqin borma deb aytgandim, — tanbeh bergan bo‘ldi Rudi.
Lizel o‘girilib, unga orqasini ko‘rsatdi.
— Qara-chi, kiyimimda etik izi qolmabdimi?
LXIIIBOB
MAXFIY CHIZILGAN RASMLAR KITOBI
“Rojdestvo” bayramidan bir necha kun oldin yana bir havo hujumi sodir bo‘ldi, lekin Molking ustiga hech narsa tushmadi. Radiodagi yangi- liklarda bombalaming aksariyati aholi yashaydigan joylardan tashqariga tashlanganligini xabar qilishdi. Fidlerlar uyining yerto4 lasiga yashiringan odamlaming voqeaga munosabati ayniqsa qiziq edi. So'nggi yashiri- nuvchilar guruhi yetib kelgach, hammajiddiy sukutga cho‘mib, jim turdi. Ular Lizelga umid bilan qarashdi. dadasining ovozi Lizelning quloqlari ostida baralla yangragandek bo‘ Idi:
— Agar havo hujumi bo‘lsa, boshpanada kitob o‘qishni davom ettir.
Lizel kutdi.
Hammaning shuni xohlayotganiga ishonch hosil qilishi kerak edi.
Rudi hammaning nomidan gapirdi:
— Kitob o‘qib ber, cho‘chqa.
Lizel kitobni ochdi va kitobdan uchib chiqayotgan so‘zlar jamuljam bo‘lgan odamlaming qalbiga kirib bordi.
Sirenalar odamlaming yer ustiga ko‘tarilishiga ruxsat berishgandan so‘ng Lizel onasi bilan uyga kelib, oshxona stoliga o‘tirdi. Rozining yuzida tashvish alomatlari paydo bo‘ldi va bu ifoda u to qo‘liga pichoqni olib eshikdan chiqib ketgunicha arimadi.
— Men bilan yur, Lizel.
Roza mehmonxonaga kirib, to‘shakning qatini ochish uchun choy- shabni chetga surdi. Uning bir chekkasi so‘kilib ustidan tikib qo‘yilgan edi. Agar ilgariroq bu joy haqida bilmasangiz, u yerda nimadir bekitilganligi xayolingizning ko‘chasiga ham kelmaydi.
Roza ehtiyotkorlik bilan tikishni so‘kib tashladi-da qo‘lini butun bo‘yi bilan ichiga tiqdi.
Qo‘lini qaytarib chiqarganda, Maks Vandenburgning chizgilar kito- bi unga qo‘shilib chiqdi.
— U sen o‘qishga tayyor bo‘lganingda shu kitobni berib qo‘yishim- ni iltimos qilgandi, — dedi Roza. — Awaliga tug‘ilgan kuningda berar- man deb o‘ylagandim. Keyin “Rojdestvo” bayramida topshirishni ma’qul ko‘rdim, — Roza Huberman karavot yonida tik turar, yuzida g‘alati ifoda hukmron edi. Bu aslo mag‘rurlik emas, aksincha xotiralaming zalvarli yukining qiyofasi edi. — Menimcha, sen doim tayyor bo‘lgansan, Lizel. Shu ostonadan kirib kelgan oningdayoq buni o‘qishga loyiq eding.
Roza unga kitobni berdi.
Muqova shunday ko‘rinishga ega edi: £
“SO‘Z SILKITUVCHI”
Lizel Meminger uchun qisqa mulohazalar to'plami.
Lizel kitobni yumshoq qo‘llari bilan ushlab, Rozaga tikildi va min- natdorchilik bildirdi, so‘ngra uni quchdi. U Roza Hubermanga uni yaxshi ko‘rishini ham aytmoqchi edi.
Afsuski, bunga jur’at eta olmadi.
0‘tgan damlami eslab, Lizel kitobni yerto‘lada o‘qimoqchi bo‘lgan edi, ammo Roza uni bu fikridan darhol qaytardi.
— Maks u yerda yotib, og‘ir kasalga duchor bo‘lganligini unut- dingmi? Hoy qiz, men sening ham kasal bo‘lib qolishingga yo‘l qo‘ymay- man. Bilib qo‘y.
Lizel oshxonadan, pechdagi qizil va sariq teshiklar yonidan joy egalladi.
“So‘z silkituvchi”.
* * *
Lizel son-sanoqsiz chizgilar va hikoyalar, ostiga so‘z yozilgan surat- lami ko‘rib chiqa boshladi. Bo‘yniga uchta oltin medalni osib oigan Rudi tasvirining pastki qismida “Limón rangli soch” deb yozilgan. Shundan keyin qorbobo sovg‘a ko‘rinish berdi, hattoki o‘n uchta sovg‘aning ro‘y- xati, yerto‘lada va olov yonidagi nihoyasiz tunlardan eslatmalar ham yozilgan edi. Albatta, unda Shtutgart, Germaniya va fyurer bilan bog‘liq ko‘plab fikrlar, rasmlar va tushlaming tasvirlari bor edi. Qolaversa, Maks mansub bo‘lgan oila haqidagi xotiralar ham ushbu kitobdan o‘rin olgandi. Oxir- oqibat, ulami qalamga olmasdan kitobni yakunlay olmagan, yozishga majbur bo‘lgan.
Va keyin “So‘z silkituvchi”ning o‘zi namoyon bo‘Idi. U xuddi ma- salga ham, ertakka ham o‘xshab ketganligi uchun Lizel qaysi biri ekan- ligini farqlay olmadi.
Bir necha kundan keyin ham “Duden lug‘ati”dagi ikkala so‘zning ta’rifini ko‘rib chiqqanidan keyin ham, baribir, o‘rtadagi farqqa tushuna olmadi.
Undan oldingi sahifada bir eslatma yozilgan edi.
G)
Do'stlaringiz bilan baham: |