Jahon adabiyotining bestselleri markus zusak


UY GA MAKTUB. MUFASSAL MATNI



Download 1,76 Mb.
bet184/226
Sana06.02.2022
Hajmi1,76 Mb.
#433776
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   226
Bog'liq
Kitob o`g`risi

UY GA MAKTUB. MUFASSAL MATNI
Azizam Roza va Lizel! Men yaxshiman.
Umid qilamanki, ikkalangiz ham sog‘-salomatsizlar.
Sog'inch bilan Hans”.


Noyabr oyi oxirida Hans ilk marotaba haqiqiy havo hujumining tutunli ta’mini tatib ko‘rdi. Yuk mashinasi yo‘l o‘rtasiga ko‘ndalang turib qolgan toshlarga urilib to‘xtab qoldi, atrofdagilar qiy-chuv qilib u yoqdan bu yoqqa jonsarak chopishardi.
Olov binolami qip-qizil tili bilan alangalatar, vayron bo‘lgan binolar bir-birining ustiga qulab, qavat-qavat tog‘ hosil qilardi.
Mustahkamroq uy-joylaming asosi qiyshayib qolgandi.
Tutayotgan bombalar shahar o‘pkasini to‘ldirib, gugurt singari yerda turib qolgandi.
Hans Hubermanning guruhidagi to‘rtta kishi birin-ketin bir chizib bo‘lib saflanishdi.
Qo‘llari tutun ichida elas-elas ko‘rinayotgan seijant Shipper saf boshida turdi, uning orqasida Kessler, keyin Brunnenveg va Huberman turishdi.
Serjant olovga ko‘pikli suv purka boshladi, qolgan ikkitasi seijantga, Hans esa uchalasiga ham suv purkadi.
Hansning orqasidagi bitta inshoot ingrab, qattiq chayqalib ketdi va uning oyog‘idan bir necha metr nariga yuztuban qulab tushdi. Chang-to‘- zon devorlari ular tomonga yugura boshladi.


— Gottverdammt1, Huberman! Nari qoch! — alanga ichidan ovoz eshitilgach, uchalasi ham darhol qochishga tushishdi. Tomoqlari kul bilan to‘lib qoldi. Ular halokat markazidan chekkaga qochib burchakka ya- shirinishganda ham, qulab tushgan binoning oppoq va iliq do‘li orqalaridan quvib kelib, oyoq ostiga yastandi.


Vaqtinchalik xavfsiz joyga yetib olishgach, ular tomoqlarini tozalab, la’nat yog‘dira boshladilar. Seijant ovozini yumshatish uchun tomog‘ini bir necha marta qirib, yaqindagina qilgan nolasini takrorladi:
Jin ursin, Huberman! U nima balo edi?
— U naq orqamizga qulab tushdi.
— Buni men ham bilaman. U katta bino edimi deb so‘rayapman. Ko‘rinishidan o‘n qavatli binoga o‘xshadi.
— Yo‘q, ser, menimcha, atigi ikki qavatli edi.
— Iso... — seijantni yo‘tal tutdi. — Bibi Maryam va Yusuf! Seijant ko‘zining tevaragidagi ter va changni tozalay boshladi. — Bu holatda qo‘limizdan kutishdan boshqa hech narsa kelmaydi.
Oralaridan bittasi yuzidagi changni arta turib: “Xudo haqqi, qovoq- xonani bombardimon qilayotganlarida o‘sha yerda bo‘lib qolsam, armo- nim yo‘q edi. Bir qultum pivoga zor bo‘ldim”, — dedi.
Barchasi yengil tin olib devorga suyanishdi, tomoqlaridagi olovni o‘chirib, achchiq tutunni yo‘q qiladigan pivo ta’mini xayolan tuygandek bo‘lishdi.
Chiroyli, lekin amalga oshishi imkonsiz orzu. Har bittasi bu ko‘chalar bo‘ylab oquvchi har qanday pivo umuman pivo emas, balki sut kokteyli yoki bo‘tqaga aylanib ketishini juda yaxshi bilar edi.
Ust-boshi batamom kulrang va oq chang bilan qoplangan to‘rtovlon ishga qaytish uchun o‘rinlaridan turishganida egnilaridagi formalari deyar- li ko‘rimnasdi.
Serjant Brunnenvegga yaqinlashib, qattiq urib ko‘kragidagi changni qoqdi-da, “Ana bo‘ldi. Ustingga chang o‘tirib qolibdi, oshna”, — dedi.


1 Gottverdammt (nemischa) —jin ursin.




Brunnenveg kulib yuborgach, serjant yangi kelganga yuzlandi va: “Bu safar sen boshla, Huberman”, — dedi.
Bir necha soat davomida ular yong‘inni o‘chirishdi va qulab tushish arafasida turgan boshqa binolar yo‘qligiga ishonch hosil qilish uchun bir chekkadan tekshirib chiqishdi. Ba’zi hollarda, agar binoning yon tomonlari zararlangan bo‘lsa, qolgan qirralari tirsakdek turtib chiqib turadi. Bu Hans Hubermanning aniqlash usuli edi. Olovda kuygan biror to‘sinni yoki beton blokni topib, o‘sha tirsaklar ostiga tayanch sifatida qo‘yganida o‘zida yo‘q xursand bo‘lib ketardi.
Lining qo‘llari siniqlardan yaralangan, tishlarini ko‘chkilaming changlari qoplagan edi. Yuqori va pastki lablarida chang zarralari namla- nib qotib qolgan, iflos havoning qoldiqlari kirib bormagan na bir cho‘ntak, na bir burishiq joy va na bir ip bor edi.
Ulaming ishlaridagi eng qiyin bosqich odamlar edi.
O‘qtin-o‘qtin ulaming oldidan tuman ichida o‘jarlik bilan sandiroq- lab bitta ismni aytib baqirayotgan odamlar chiqib qolardi. Ular har doim bu ismni qichqirishgan.
Ba’zan bu ism “Volfgang” bo‘lardi.
— Mening Volfgangimni ko‘rganmisiz?
Ularning qo‘l izlari Hansning kiyimida qolib qo‘yardi.
— Stefani!
— Hansi!
— Gustel! Gustel Shtoboy!
Taranglik pasaygach, nomlami aytib chaqirayotgan ovozlar vayrona ko‘chalar ichida ingichkalashib ketar, ba’zan qidiruvlar natijasi bir hovuch kulni quchoqlash yoki tiz cho‘kib yig‘lash bilan tugardi. Bundaylar o‘zining amalga oshishini kutayotgan shirin va nordon orzular singari soat sayin ko‘payishardi.
Xavflar bitta bo‘lib birlashdi. Chang, tutun va shiddatli alangalar, jarohatlangan odamlar.
Bo‘linmasidagi hamkasblari singari Hans ham unuta bilish san’atini takomillashtirishmasa bo‘lmasdi.
—U4!-—


Ahvolingiz yaxshimi, Huberman — bir safar seijant so‘rab qoldi. Uning yelkasini olov yalayotgan edi.


Hans xo‘rsinib olov va inson juftligiga asta bosh irg‘adi.
Navbatdagi smena vaqti kelgach, ko‘chada himoyasiz bitta o‘zi gan- diraklab yurgan keksa odam paydo bo‘ldi. Hans Huberman binoni mustah- kamlashni tugatgandan so‘ng, orqasiga o‘girildi va xotiijamlik bilan qutqarilishga navbat kutib turgan o‘sha cholni ko‘rdi. Uning yuziga qon sachragan, tomog‘i va bo‘yniga ham oqib tushgandi. Egniga to‘q qizil yo- qali oq ko‘ylak kiygan chol oyog‘ini xuddi yonida turganday ushlab turardi.
— Meni suyab olib keta olasanmi, hoy yigit?
Hans uni dast ko‘tarib, turnan ichidan olib chiqdi.

G'AMGIN BIR QAYD

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish