Ma’nodo sh so‘zlar: atama, nom, ibora.
Kattalar hurmat yuzasidan barchani ozgina sukut saqlashga unda- dilar va natijada Lizel “Hushtakboz”ning birinchi bobini tugatishga muvaf- faq bo‘Idi.
Zinapoyada bolalar uni quvib o‘tdilar, lekin aksariyat katta yoshlilar, shu jumladan, Frau Xolsapfel va hatto Pfiffikus (kitobning nomini ko‘r- ganligi uchun) qizga qo‘rqinchli o‘ylardan o‘zlarini chalg‘itishga yordam berganligi uchun minnatdorchilik bildirishdi. Ular yo‘l-yo‘lakay tashakkur izhor eta turib, “Himmel” ko‘chasining ahvolini bilish uchun shosha-pisha yuqoriga o‘rmalab, uydan chiqib ketishdi.
“Himmel” ko‘chasiga zarracha ham ziyon yetmagan edi.
Urush sodir bo‘lganligining bu yerda qoldirgan yagona alomati sharqdan g‘arbga qarab harakatlanayotgan chang-to‘zon buluti edi. Bulut derazalardan mo‘ralab, uylarga kirib olish uchun biron-bir teshik axtarar, daqiqa sayin ichakday cho‘zilar va bir vaqtning o‘zida yo‘g‘onlashar, g‘imirlayotgan odamlami sharpalarga aylantirib qo‘yardi.
Ko‘chada odamlar emas, aksincha mol-mulklarini yelkasiga ortib oigan mish-mishlar harakatlanardi.
* * *
Uylariga kelishgach, Hans Huberman Maksga hammasini oqizmay- tomizmay aytib berdi.
— Hali turnan va kul tarqalmaganiga qaraganda, ular bizni mud- datidan oldin ozod qilishganga o‘xshaydi, — Hans Rozaga bir qarab qo‘y- di. — Tashqariga chiqib atrofhi kuzatib kelsammikan? Balki, bomba tush- gan joylarda biron bir yordam kerakdir.
Rozaning avzoyidan bu gap unga yoqmaganini sezish qiyin emas edi.
— Jinni bo‘lmasang-chi, — jerkib berdi u. — Chang-to‘zonda bo‘g‘ilib o‘lib qolasan. Yo‘q, asió. Hech qayoqqa bormaysan, hoy cho‘chqa, — Rozaning miyasiga bir fikr keldi va Hansga jiddiy ravishda qaradi.
Ayolning yuziga mag‘rurlik ifodasi bo‘yalgan edi. — Shu yerda qolib, unga Lizel haqida, kitob haqida gapirib ber, — Rozaning ovozi biroz balandroq yangrab ketdi.
Maks Hansga qiziqish bilan tikildi.
— “Hushtakboz”ni aytyapman, bugun birinchi bobini o‘qib berdi- ku, — izoh berdi Roza va gapini davom ettirib, boshpanada nima sodir bo‘lgan bo‘lsa, shundayligicha, miridan sirigacha aytib berdi.
Maks yerto‘laning bir burchagida turgan Lizelga qarab, jag‘ini qo‘li bilan siladi. Shaxsan men o‘sha paytda Maks o'z kitobi uchun yangi rasmlar to‘plamini o‘ylab topganini sezdim — “So‘z silkituvchi”.
Uning ko‘z oldida Lizelning bombadan yashirinib, notanish boshpanada kitob o‘qib o‘tirgani namoyon bo‘ldi. U qizning so‘zlami birma-bir odamlarga tarqatib berayotganini tasawur qilgan bo‘lsa kerak. Biroq, har doimgidek, u o‘sha zahoti Gitleming sharpasini ham ko‘rdi. Ehtimol, uning kelajakda “Himmel” ko‘chasi va yerto‘laga yaqinlashayotgan qadam tovushlarini ham eshitgandir.
Uzoq tanaffusdan so‘ng Maks gapirishga chog‘landi, lekin Lizel undan oldin otni qamchiladi:
— Bugun osmonni ko‘rdingmi, Maks?
— Yo‘q, — Maks devorga qarab, qo‘li bilan ishora qildi. Barchasi- ning nigohi bir yil oldin u chizgan arqon va tomchilab tushayotgan quyosh surati va uning yonidagi so‘zlarga qaratildi. — Bugun mana bu manzarani tomosha qilaman.
O‘sha paytdan boshlab boshqa hech bir so‘z aytilmadi. Hamma o‘zining xayol ummoniga cho‘mdi.
Maks, Hans va Roza borasida hech narsa deya olmasam-da, lekin Lizel Memingeming xayolidan nima o‘tayotganini aniq bilaman: agar bombalar “Himmel” ko‘chasiga yetib kelgudek bo‘lsa, Maksning tirik qo- lish uchun hech qanday imkoniyati bo‘lmaydi, bitta o‘zi yolg‘izlikda halok bo‘ladi.
LIIIBOB
FRAU XOLSAPFELNING TAKLIFI
Ertalab bombadan yetkazilgan zararlar aniqlandi. Hech kim halok bo‘lmagan, lekin ikkita ko‘p qavatli bino vayrona ehromlarga aylanib qol- gan edi.
Bundan tashqari, Rudi Shtayneming sevimli “Gitleryugend” may- donchasi o‘rtasiga kimdir bahaybat kosani tashlab ketgandi. Shaharcha- ning yarim aholisi uning atrofmi o‘rab olib, uning chuqurligini taxmin qilib, o‘zlarining boshpanalari bilan taqqoslashga tushishdi. Ba’zi o‘g‘il- qizlar uning ichiga qarata tupurishdi.
Lizelning yonida turgan Rudi: “Qaytadan go‘ng tashlab chiqishga to‘g‘ri keladi shekilli”, — dedi.
Keyingi bir necha hafta bombardimon xatarisiz o‘tdi va hayot deyar- li o‘z holiga qayta boshladi. Biroq oldinda ikkita muhim hodisa yaqinlashib kelayotgan edi.
in
Do'stlaringiz bilan baham: |