Jahon adabiyotining bestselleri markus zusak



Download 1,76 Mb.
bet169/226
Sana06.02.2022
Hajmi1,76 Mb.
#433776
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   226
Bog'liq
Kitob o`g`risi

LIV BOB


DAXAUGA UZOQ SAFAR
Ba’zilar yuk mashinasi buzilib qolgan bo‘lsa kerak, deb aytishdi, lekin shaxsan tasdiqlashim mumkinki, aslida bunday boMmagan edi. Chunki men o‘sha yerda edim.
O‘sha kun bepoyon moviy rangli osmonni oppoq qalpoqli bulutlar qopladi.
Aytgancha, yuk mashinasi bitta emas edi. Uchta yuk mashinasi esa birdaniga buzilib qolmaydi.
Askarlar tamaddi qilish va chekib olish uchun yo‘l chetida to‘x- tashib, yahudiylami turtkilay boshlashganida bitta mahbus ochlik va kasal- lik tufayli yerga yiqilib tushdi. Bu konvoyning qayerdan kelayotganini bilmayman, ammo ular Molkingdan besh kilometr uzoqda turishar, Daxau konslageriga qadar ancha-muncha yo‘l bosishlari kerak edi.
Yuk mashinasining old oynasi orqali sirg‘alib o‘tib, kasalmand odamni ko‘tarib oldimda, orqa tomondan sakrab tushdim. Uning joni par- dek yengil, yuzidagi soqoli unga kishan edi. Oyoqlarim shag‘alga urilgani- da shovqin chiqqan bo‘lsa ham uni na mahbuslar va na soqchilar eshitdilar. Ammo hammasi mening borligimni sezib turishardi.
Esimda, o‘sha yuk mashinasining orqasidan ko‘p yalinib-yolvorish- lar bo‘ldi, ichki ovozlar meni chaqirdi: “Nega menimas, uning jonini olding?” yoki “Xudoga ming qatla shukur, mening jonimni olmadi”.
Holbuki askarlar bu paytda tamoman boshqa mavzuda suhbat qurish bilan band edilar. Qo‘mondon sigaretasini ezdi-da, og‘zidan tutun purkab askarlariga savol berdi:
— Oxirgi marta qachon bu kalamushlami toza havoga olib chiqqan edik?
Uning birinchi o‘rinbosari yo‘talini arang bosib javob berdi:
— Ularga toza havoda yurish mumkinmi o‘zi?





— lya, qanaqasiga mumkin boTmasin? Vaqtimiz bor-ku, to‘g‘rimi?


Bizda doim vaqt bor, qo‘mondon.
— Bugun parad uchun ajoyib kun, shunday emasmi?
— To‘ppa-to‘g‘ri, qo‘mondon.
— Xo‘sh, unda nimani kutyapsizlar?
Lizel “Himmel” ko‘chasida fútbol o‘ynab yurgan paytda shovqin ko‘tarildi. To‘satdan hamma narsa turgan joyida qotib qolganida ikki bola maydon markazida to‘p uchun kurash olib borishayotgan edi. Harto Tom­mi Myuller ham buni eshitgach, maydon darvozasidan turib “Nima bu?” deb so‘radi.
Sudrab bosilayotgan qadam tovushlari va qat’iy buyruqlar yaqin- lashganda barcha ovoz kelayotgan tomonga o‘girildi.
— Bu nima, sigir podasimi? — gap qotdi Rudi. — Yo‘g‘-e, sigirlar bunday shovqin chiqarib yurmaydi-ku.
Dastlab bir ko‘cha bola shoshmasdan tovush kelayotgan tomonga, Frau Dilleming do‘koni qoshigacha borishdi. O‘qtin-o‘qtin qattiq qichqiriq ham eshitilib turardi.
Myunxen ko‘chasining bir burchagidagi baland binodagi keksa ayol ayanchli tovushda hammaga ushbu shovqin-suronning asl manbasini tu- shuntirib berdi. Derazadan qaragan ayolning yuzi oppoq bayroqqa o‘xshar, ko‘zlari nam tortgan, og‘zi lang ochilgan edi. Uning ovozi Lizelning oyoq- lari ostiga o‘z joniga qasd qilish kabi jifingladi.


Sochlari qordek oqargan, ko‘zlari to‘q moviy rangli kampir:
— Die Juden!” — deb hayqirdi.—
Bular yahudiylar-ku!





Bir guruh yahudiylar va boshqa jinoyatchilar turtish va niqtashlar ostida o‘tib ketgan ko‘cha yuziga tumonat odam to‘plandi. O‘lim lagerlari o‘sha paytlarda sir saqlangan bo‘lishi ehtimol, ammo Daxau kabi mehnat lagerlarining salohiyati tez-tez oddiy xalq vakillariga namoyish etilardi.


Lizel ko‘chaning narigi tomonida bo‘yoq qutilar solingan aravacha yonida turgan odamni ko‘rib qoldi. U barmoqlarini sochlari orasiga yugur- tirib, g‘alati alpozda turardi.
Ana u yerga boramiz, — dedi u Rudiga imo-ishora bilan, otamni ko‘rdim.
Ular birgalikda yo‘lni kesib o‘tib, uning oldiga yaqinlashganlarida Hans Huberman dastawal ulami bu yerdan olib ketishga harakat qildi.
— Lizel, — gap boshladi u. — Balki, sen...
Biroq u qizning qolishga qat’iy qaror qilganini tushundi; Ehtimol, u bu voqeani o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishi kerakdir. Ular kuzning yoqimli sha- badasi hamrohligida turishdi. Hans boshqa gapirmadi.
Ular Myunxen ko‘chasida turib tomosha qilishdi, keyinchalik orqa- oldilarini odam bosib ketdi.
Yahudiylar bo‘yoqlar to‘plami singari yo‘l bo‘ylab oqib kelishardi. Ulami kitob o‘g‘risi bu tarzda ta’riflamagan, lekin aniq ayta olamanki, ular xuddi shunday ko‘rinishga ega edi, chunki ko‘p o‘tmay ko‘pchiligi o‘ladi. Suyaklari tutagan, jonlari izlaridan sudralgan bu odamlaming har biri meni so‘nggi sodiq do‘sti sifatida qarshi oladi.
Va nihoyat yahudiylaming to‘liq tarkibi yetib kelganida ulaming qadamlari zarbidan yo‘l titrab ketdi. Ochlikdan o‘layozgan tanalaridagi ko‘zlari chaqchaygan, usti-boshi loyga belangan mahbuslar har safar soq- chilar itarganida gandiraklab ketishar, majburan bir necha qadam yugur- gilagach, yana awalgi bemajol yurishlariga qaytishardi.
Hans olomonning boshlari uzra bo‘ynini cho‘zib ular tomonga qara- di.
Uning ko‘zlari kumushrang tusga kirganiga va jiddiy boqayotganiga shubham yo‘q edi. Lizel teshiklardan yoki bo‘lmasa yelkalar osha qarashga intilardi.




Cho‘pday ozib ketgan erkaklar va ayollaming dardga to‘Ia, shafqat emas, aksincha ushbu qismatga izoh so‘rab iltijo bilan boqayotgan yuzlari beixtiyor tomoshabinlarga qaradi. Ular shunchaki bu sarosimaga, bu adolatsizlikka sabab bo‘lgan narsani bilmoqchi edilar.
Oyoqlarini arang yerdan ko‘tarib bosayotgan mahbuslaming egnida- gi kiyimlariga sariq Dovud yulduzlari bilan bir qatorda nogahon unutib qo‘ymasliklari uchun baxtsizlik ham qo‘shib tikilgan edi. Ba’zi birovlarda bu baxtsizlik choki tok kabi o‘sib ketgan edi.
Askarlar ulaming ikki tomonidan qo‘riqlab borar, tez-tez qimir- lashni va nolishni bas qilishni buyurardilar. O‘sha askarlaming aksariyati ko‘zlarida fyurerga sodiqlik o‘ti yonib turgan yosh yigitlar edi.
Bulaming barchasini o‘z ko‘zi bilan ko‘rib turarkan, Lizel dunyoda ulardan baxtsizroq va ulardan kuchsizroq odamlar yo‘qligini tushundi. O‘sha ayanchli manzarani tasvirlab, quyidagilami yozdi: “Suyagi turtib chiqqan yuzlar azobdan cho‘zilgan edi. Oldinga qarab odim otishgani sayin ochlik odamlami qattiqroq kemirar, ba’zi birlan yo‘l yoqasida ko‘z tikib turganlaming nigohidan qochib, boshlarini xam qilib olishgandi. Ba’zi mahbuslar o'zlarining tahqirlanishini, o‘limining debochasini ko‘- rish uchun yig‘ilganlarga iltijoli ko‘zlar bilan qarashar, hech bo‘lmaganda bitta odam jasorat bilan chiqib, ulaming qo‘llaridan suyashini istashardi”.
Hech kim unday qilmadi. Ushbu manzarani mag‘rurlik, beparvolik va uyat bilan tomosha qilayotgan odamlardan hech biri yurak yutib uni to‘xtatishga chiqmadi. To‘g‘rirog‘i, endi chiqadi.
Goh-gohida safda ketayotgan bironta erkak yoki ayolning — yo‘q, ular endilikda erkaklar va ayollarga ajratilmas, u yerdan faqat va faqat yahudiylar o‘tib borardi, xullas, yahudiyning ko‘zi olomon ichida turgan Lizelga tushardi. Ular o‘zlarining mag‘lubiyatini tan olib mungli boqishar, kitob o‘g‘risining qoiidan esa to ular ko‘zdan yo‘qolib, g‘oyib bo‘lgun- laricha uzoq qarab turishdan boshqa narsa kelmas edi. U o‘zining yuzida, nigohlarida yashiringan qayg‘uning qay darajada chuqurligini ko4rib, ular- ga nisbatan bildirayotgan hamdardligi samimiy va asió o‘tkinchi emasli- gini tushunishlaridan umid qilardi.


— Sizlardan bittangiz bizning yerto4 lamizda! Biz u bilan birga qor- bobo yasadik. U kasal bo‘lganida, men unga o‘n uchta sovg‘a olib keldim! — Lizel shu gaplami bor ovozi bilan qichqirib aytishni istar, biroq ayta olmasdi. Bundan boshqa yahudiylarga nima naf?


Lizel bu odamlar uchun o‘zining zig‘ircha ham yordami tegmas- ligini ich-ichidan his qildi. Ulami qutqarishning iloji yo4q, bir necha daqi- qadan so‘ng Lizelning o‘zi ularga yordam bermoqchi bo‘lgan odamning qismati nima bilan tugashini ko‘radi.
O4tib borayotgan safdagi kichik bir bo‘shliqda qolgan mahbuslarga nisbatan yoshi kattaroq, soqoli o‘siq, juldur kiyimli bir odam ham keta- yotgan edi.
Uning ko‘zlarida cheksiz azob-uqubat rangi aks etar, qanchalik oz- g‘in bo‘lmasin, oyoqlari, baribir, gavdasini ko‘tara olmay zo4riqardi.
U bir-ikki marta yiqilib tushganida yuzining bir tarafi yo‘lga qapishdi.
Har yiqilganida bitta askar tepasiga kelib yuqoridan: “Steh ’ auf!” — deb baqirardi.
Chol tizzalariga tayanib asta turar va qaddini arang rostlab, yo4 Ida davom etardi.
U safhing oxirgi qatorlariga endi yetishib olganida bir zumda tezli- gini yo'qotar va yana qoqilib, yerga yiqilib tushardi. Ammo uning orqasi- dan butun boshli yuk mashinasiga sig4 adigan boshqa mahbuslar to‘xtamay qadam otib kelishar, sal hayallasa uning ustidan yanchib o4tib, oyoqosti qilishlari tayin edi. Keksa yahudiy hilviragan gavdasini yerdan ko4tarishga urinayotganida qaltiroq qo‘llari chidab bo‘lmas darajada og‘rib azob berdi. Xayriyatki, orqa qatorda kelayotganlar uni aylanib o‘tib, o'midan turishga va yana bir necha qadam tashlashga imkon berishdi. Lekin uning o'likdan farqi yo‘q edi. Chol allaqachon o4lganlar qatorida edi. Yana besh daqiqa shu ahvolda yursa, u aniq nemislar arig‘iga qulab, o‘sha yerda jon bergan bo‘lardi. Hech kim uni qutqarib olishga urinmaydi, aksincha hamma tik turib uni tomosha qiladi.
To‘satdan xaloskor inson paydo bo‘Idi. U Hans Huberman edi.

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish