17 .
“Meni kechir, qizaloq”, — deyishni xohladim.
Animo bunday qilishga haqqim yo‘qligi uchun o‘tirmadim — gap qotmadim.
Buning o‘miga uni erinmasdan kuzatib turib, joyidan jilganida sekin izidan ketdim.
U birdan kitobni tashlab yubordi, tiz cho'kdi va uvullab yig‘lay boshladi.
Atrofhi tartibga ishlari boshlanganida uning kitobini bir necha bor oyoqosti qilishdi va tozalovchilar jamoasiga faqat betón bo‘laklarini olib tashlash buyurilgan bo‘lsa-da, qizning eng bebaho buyumini ham olib axlat tashiydigan mashinaga uloqtirib yuborishganini ko'rib ozurda bo‘ldim. Darrov mashinaga chiqib, uni qo‘llarimga oldim, lekin bu kitobni yillar davomida saqlab qo‘yishimni va ming martalab varaqlashimni hali bilmas- dim. Vayrona holiga kelib qolgan joylami kuzata turib o‘sha qizning nima- lami ko‘rganiga va qanday qilib omon qolganiga hayron bo‘ldim. Qo‘Iim- dan atrofdagi narsalaming asta-sekin joy-joyiga qo‘yilayotganligini tomo- sha qilib turishdan boshqa ish ham kelmasdi.
Uni eslaganimda ko‘z o‘ngimda ranglaming uzundan uzoq ro‘yxati paydo bo‘lardi, lekin uning tanasi faqat uch rangda aniq-tiniq namoyon bo‘lardi.
Shunday vaziyatlar bo‘ladiki, men o‘sha lahza kelguncha yuksak- larga ko'tarilaman va shikast yetgan haqiqat oydinlashguncha osilib tura- man.
Ulaming ifodalanishini o‘shanda ko‘raman.
(Ti
4/ RANGLAR
QIZIL —JKKK, OQ—0 VA QORA —■
Ular bir-birining ustiga tushishdi.
To‘q qizil rang ustiga ko‘zni qamashtiruvchi oq rang, uning ustiga esa egri-bugri qora rang tortildi.
18
Ha, kitob o‘g‘risi tez-tez esimga tushib turar, o‘zimning son- sanoqsiz cho‘ntaklarimdan birida uning hikoyasini boshqalarga aytib berish uchun olib yurardim.
Bu o‘zim bilan birga olib yuradigan juda oz miqdordagi hiko- yalarimdan biri va ulaming har biri o‘ziga xosdir.
Ulaming har biri siz va sizning inson sifatidagi mavjudligingiz o‘zim uchun bebaho ekanligini isbotlashga bo‘lgan urinishdir.
Mana, bir hovuch hikoyalardan biri — “Kitob o‘g‘risi”. Agar bu hikoyaga nisbatan sizda qiziqish uyg‘ongan bo‘Isa, men bilan birga yuring. Sizga ajoyib bir ertakni so‘zlab beraman va bir narsani ko‘rsataman.
19
В IRIN CHI QI SM
“GO‘RKOVLAR UCHUN
QO‘LLANMA”
Bu qism quyidagilarni o‘z ichiga
oladi:
“Himmel” ko'chasi — cho'chqa bo'lish san’ati — ternir mushtli ayol — bo‘sa olishga urinish. — Jessi Ouens — qumqayroqli qog‘oz — do‘stlik hidi — ogïr vaznli chempion va barcha kaltaklar onasi.
I BOB
“HIMMEL” KO‘CHASIGA YETIB KELISH
Oxirgi marta.
O'sha qirmizi osmon...
Nega kitob o‘g‘risi tiz cho‘kkancha inson qo‘li bilan ko‘tarilgan ahmoqona va chang-to‘zonli vayronalar uyumi oldida uvullab yig‘lab o‘tirgan ekan?
Ko‘p yillar oldin qor yog‘ishi uning boshlanganligini anglatardi.
Kimningdir vaqt-soati yetgan ko‘rinadi.
(5
Do'stlaringiz bilan baham: |