Nizomiy ijodida Iskandar obrazi.
Iskandar timsoli asar boshidanoq mazlumlarning himoyachisi sifatida tasvirlanadi eronga qarshi urush ham faqat Makedoniya mustaqilligi uchun kurashadi .Nizomiy bu dostonda Aleksandr tarixida umuman bolmagan lekin nizomiy vataniga aloqasi bor eoizodlarnikiritadi.Iskandarnoma asarida qahramaon faoliyati uch nuqtayi nazarda beriladi1 jahonni zabt etish
2 donishmand faylasuf.
3 payg'ambar
Nizomiy Aleksandr ning warqdagi tarqalgan laqabi zulqarany haqida ham fikr yuritadi bir qancha variyantlarni keltiradi.keksaygan nizomiyning hayot falsafasi iskandar timsoli orrqali targib qilingan NIZOMIY aleksandr haqidagi asarga ajoyib hayoliy jamiyat epizodini kiritadi nizomiy asarining Aleksandr tarixiga hech qanday aloqasi yoq
Ibn Sinoning ishq haqidagi qarashlari.
Mehribon va rahmli Olloh nomi bilan! Sen, Abdulloh al-faqih al-Maʼsumiy,[1] mendan ishq haqida qisqacha bir risola yozib berishni soʻragan eding. Quyida sening istagingni bajo keltirish va senga manzur boʻladigan bir risola bitishga harakat qildim va barcha imkoniyatlarimni ishga soldim. Risola yetti fasldan iborat: Har bir jonzotning javharidan kelib chiqadigan ishq toʻgʻrisida; Oddiy jonsiz mavjudotlar (maʼdanlar)ga xos sevgi haqida; Oʻzlariga xos miqdordagi oziqlanish quvvatiga ega boʻlgan mavjudotlar (oʻsimliklar) sevgisi haqida; Oʻziga xos tiriklik meʼyoriga ega boʻlgan hayvoniy ruh, javhar egalari sevgisi haqida; Yosh, yorqin, goʻzal xilqatlarning ishqi haqida; Ahli dillar ishqi haqida; Xulosalar. Avvalgi fasl Har bir jonzotning javharidan kelib chiqadigan ishq toʻgʻrisida.Olloh tomonidan boshqariladigan har bir mavjudot (javhar egasi) oʻzi uchun xayrga va kamolotga intiladi va oʻz tabiatidagi shaʼr – yomonlik deb ataluvchi nuqsonlardan qutilishga harakat qiladi. Oʻsha yomonlik, aslida, moddaning ilk holatida mavjud edi. Zero, har qanday yomonlik va nuqson moddaning ilk va nomavjudlik holatidan kelib chiqadi. Yuqoridan boshqariladigan barcha mavjudotlar tugʻma ishq va tabiiy hirs (istak)ga ega boʻladi. Bundan: sevgi intilishi narsa (ashyo)ning mavjudligi sababchisidir, degan fikr kelib chiqadi.Barcha mavjudotlarni uchta belgisiga qarab toifalarga boʻlish mumkin: Oʻziga xos kamolotga yetishganlar; Oxirigacha nuqsonga botganlar; Ikkala holat oʻrtasida ikkilanuvchi, tabiatan oraliq holatda turuvchilar. Ikkinchi fasl Oddiy jonsiz mavjudotlar (maʼdanlar)ga xos sevgi haqida. Oddiy jonsiz mavjudotlar uch toifaga boʻlinadi: Haqiqiy hayulo (dastlabki modda); Oʻz-oʻzicha mavjud boʻla olmaydigan shakllar; Ikkinchi darajali (juzʼiy) narsalar (aksidensiya). Ana shu shakllar bilan juzʼiy narsalarning farqi shundan iboratki, modda shaklda mohiyat kasb etadi. Shuning uchun ham qadimgi ilohiyotchilar shaklni mohiyat jinsining bir turiga kiritish kerak, deb hisoblar edi. Chunki shakl mustaqil ravishda mavjud boʻlgan mohiyat (javhar)ning uzviy qismi hisoblanadi. U oʻz-oʻzicha alohida mavjud boʻla olmaydi. Chunki dastlabki moddaning tabiati (holati) shunday edi. Shunga qaramay, modda javhari mohiyatga tegishli ekanligini inkor qilib boʻlmaydi. Chunki u tabiatan oʻzidan-oʻzi mavjud boʻluvchi mohiyatlarning bir boʻlagi hisoblanadi. Bundan tashqari, ilohiyotchilar ilk modda (hayulo)ga nisbatan shaklda koʻproq mohiyatga oid xususiyatlar mavjud, deb bilishadi. Buning sababi shundan iboratki, modda javhari shu javharga shakl boʻlgani uchun ham mavjuddir: agar shakl mavjud boʻlsa, javhar ham bil-feʼl mavjud boʻlishi kerak. Shunga koʻra, bil-quvva shakl bil-feʼlning bir turi sifatida mavjuddir, deyiladi. Uchinchi fasl Oʻzlariga xos miqdordagi oziqlanish quvvatiga ega boʻlgan mavjudotlar (oʻsimliklar) sevgisi Oʻsimlik ruhining uch turli quvvati borligini qisqacha koʻrsatib oʻtamiz: Oziqlanish quvvati; Oʻsish quvvati (kuchi); Koʻpayish quvvati. Shuningdek, oʻsish quvvatiga doir ishqning ham uchta koʻrinishi bor: 1.Ulardan biri, oziqlanish quvvati boʻlib, uning modda ehtiyojiga muvofiq zarur boʻlgan oziqa miqdorini bilishi va uning tabiatiga aylangan oziqlanuvchi tanada saqlanishi; 2. Sevgining ikkinchi koʻrinishi oʻsish quvvatiga tegishli boʻlib, oziqlanmish tananing muqobil ravishda ulgʻayishi manbaidir; 3. Sevgining uchinchi koʻrinishi koʻpayish quvvatiga tegishli boʻlib, oʻzi paydo boʻlgan (narsa)ga oʻxshash mavjudot paydo boʻlishi uchun intilishidir.Oʻsha quvvatlar mavjud boʻlsa, aniqki, ishqning oʻsha koʻrinishlari ham namoyon boʻladi. Toʻrtinchi fasl Jonli mavjudotlar – hayvoniy (javhar) mohiyat egalari sevgisi Shubhasiz, har bir hayvoniy ruh va quvvat[4] “tugʻma ishq” taʼsiri bilan harakatga keladi. Aks holda, hayvonlardagi tugʻma xususiyat – zarar keltiruvchi narsalardan tabiiy qochish, hazarlanish hamda tugʻma ishq paydo qiladigan tabiiy xususiyat boʻlmaganida edi, hayvon tanasida ruh quvvati mavjudligi quruq gapdan iborat boʻlib qolardi. Ruh quvvati, hayvoniy ruh oʻzining barcha boʻlaklarida namoyon boʻladi. Tashqi sezgi[5] tufayli paydo boʻladigan hislar tana uchun yo yoqimli yoki yoqimsiz boʻlishi mumkin. Aks holda, hayvon tanasi uchun tashqaridan boʻladigan taassurot uning uchun farqsiz boʻlib qolar, zararli taʼsirlardan oʻzini himoya qilmagan va uning tabiatidagi hissiyot kuchlari ortiqcha va keraksiz narsa boʻlib qolardi. Endi ichki hissiyotlarga[6] kelganimizda, ular xotirjamlik, yoqimli tasavvur va shunga oʻxshash narsalar tufayli paydo boʻladi va yoʻqotilganda ular sari kuchli intilish seziladi. Ishq ikki turli boʻladi. Birinchisi – tabiiy sevgi. Uni yuzaga chiqaruvchi kuch maqsadiga erishmaguncha, (agar unga tashqi tomondan qandaydir qarshilik qiluvchi kuch boʻlmasa) koʻngli toʻlmaydi. Masalan, tosh, uni majburlab joyidan qoʻzgʻatuvchi kuch paydo boʻlmaguncha, oʻz oʻrnida sobit turaveradi. Bu xususiyat oziqa quvvati va boshqa oʻsuvchi quvvatlarda ham bor. Tabiiy ishq biron tashqi kuch taʼsir etmaguncha oziqlanishda davom etaveradi. Ishqning ikkinchi turiga ixtiyoriy ravishda tanlanadigan sevgi kiradi. Uni yuzaga chiqaruvchi (kuch) baʼzan bu sevgining zarar keltirishi ayon boʻlsa, oʻz muhabbatini inkor qilishi va undan voz kechishi ham mumkin. Masalan, xoʻtik uzoqdan boʻri yaqinlashib kelayotganini sezsa, qanchalik och boʻlmasin, oʻzi yeyotgan arpani tashlab, qochishga tushadi. Xoʻtik uchun boʻridan keladigan zarar yem yemoqdan keladigan lazzatdan ustundir
Do'stlaringiz bilan baham: |