. “Abulfayzxon” asarida ijtimoiy muhit.
JAVOBI Abdurauf Fitrat «Abulfayzxon» fojiasida ma’lum bir tarixiy davr fojialarini badiiy talqin qilish bilan birga o‘zi yashab turgan ziddiyatlarga to‘la muhit – zulm, zo‘ravonlik va bosqinchilikka asoslangan tuzumning mohiyatini ham qaysidir ma’noda ochib berishga muvaffaq bo‘ldi. Fitrat «Abulfayzxon» fojiasi uchun Buxoro tarixidagi o‘ta ziddiyatli bir zamonni tanladi. XVIII asrda Buxoroda hukm surgan ashtarxoniylar sulolasi tugab, ular o‘rniga mang‘it amirlarining kelish hodisalarini qalamga oldi. Fitrat real tarixiy shaxslar bilan birga to‘qima hamda ramziy obraz lardan unumli foydalandi. Abulfayzxon taxtga o‘tirish uchun akasining bahridan o‘tgan edi. Xon yon-atrofidagi ikkiyuzlamachi xoinlar dastidan, qolaversa, o‘zining nihoyatda kaltabinligi tufayli mag‘lubiyatga uchraydi. Asarning bosh g‘oyasi ham zulm asosiga qurilgan tuzumning oxir-oqibat inqirozga yuz tutishini ta’kidlashga yo‘naltirilgan.Ma’lumki, drama Mir Vafo va Qozi Nizomning shaxmat o‘yinlari bilan boshlanadi. Yozuvchi bu o‘yinni bejiz tan-lamagan, shaxmat o‘yini zamirida qaysidir ma’noda fojiada qatnashadigan obrazlarning o‘zaro ziddiyati, qaysi tomonning yutishi va yutqizishiga ramzan ishora ham qilinadi
. “Makr va muhabbat”, “Zaharli hayot yohud ishq qurbonlari” asarlarining qiyosiy tahlili.
JAVOBI Asarning ikki qahramoni Maryam va Mahmud zamonasining hal qiluvchi kishilari mutaasib kuchlarga qarshi kurashadilar. Tomonlar o’rtasidagi kurash eng yuqori nuqtaga ko’tariladi, ularning istiqbol haqidag yuksak orzulari chilparchin bo’ladi.Natijada ilojsiz qolgan yoshlar mavjud tuzumga,feodal tartiblarga ,jaholatga,mutaasiblarga qarshi isyon tariqasida o’z jonlariga qasd qiladilar.
Asarda ilk bor nemis hayoti chuqur va ishonarli tasvirlangan bo‘lib, unda tasvirlangan voqea real sharoitdan olinib, hukm surayotgan axloqiy pastkashlik, gersog saroyining dabdabasi va buzuqligi ko‘rsatilgan. “Makr va muhabbat” pyesasida bir-biriga murosasiz bo‘lgan ikki qarama-qarshi guruh vakillarining to‘qnashuvi aks ettiriladi. Bir tomonda viloyatning gersogi chegaralanmagan o‘zboshimcha hokim. Prezident fon Valter uning nomidan davlat ishlarini boshqaradi. U amal parast laganbardor saroy xodimining tipik namoyandasi uning kotiba Vurm o‘taketgan qabih gersog saroyida buzuqlik bilan nom chiqargan engiltak ayol Milford xonim, qo‘rqoq gofmarshal fon Kalb yuqori sinf vakillari bo‘lib, makr xiyla–nayrang bozorini qizdiradilar. Ikkinchi tomondan ezilagn huquqlari oyoq osti qilingan quyi tabaqa vakillari oddiy mehnat kishilari–musiqachi Miller, uning beozor xotini, musiqachiing go‘zal qizi Luiza turadilar. Prezidentning o‘g‘li o‘zining hayotiy qarashlari bilan ikkinchi lager vakillariga yaqin turadigan mayor Ferdinand, garchi yuqori tabaqaga mansub bo‘lsada, u erdan o‘ziga maslakdosh do‘st, chinakam sevgini topolmaydi. Mayor kambag‘al musiqachilar oilasida haqiqiy insoniy fazilatli kishilarni uchratadi, Millerdan musiqa darsini olayotgan Ferdinand bilan Luiza bir-birlarini qattiq sevadilar. Ikki yoshning muhabbati fitnachilarning makr-hiylasiga duch keladi. SHu tariqa ikki sinf o‘rtasidagi to‘qnashuv SHiller asari syujetining dinamikasini tashkil qiladi. «Don Karlos» SHillerning Drezdenga kelib yashay boshlaganidan keyin uning ijodida isyonkorlik ruhi yo‘qolib, mavjud tuzumni ma’rifat yo‘li bilan tuzatish mumkin degan ishonch paydo bo‘lgan bir davrda yaratilgan.
“
Do'stlaringiz bilan baham: |