Жаббаров, Юсупов



Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/87
Sana14.08.2021
Hajmi4,09 Mb.
#147103
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   87
Bog'liq
mexanika va molekulyar fizika

§34. KAPILLYAR HODISALAR 
 
Reja:  
1.  Suyuqlik bilan qattiq jism orasida yuz beradigan chegaraviy hodisalar. 
2.  Egri sirtlarda qo’shimcha bosimning hosil bo’lishi. 
3.  Kapillyarlik hodisasi va uning tabiatdagi ahamiyati. 
4.  Jyuren-Borelli tenglamasi. 
 
Tayanch iboralar: Ho’llash, chegaraviy hodisa,
 
menisk, chegaraviy burchak, 
qo’shimcha bosim, kapillyar, egrilik radiusi, suyuqlik balandligi. 
 
        Tajribalar  shuni  ko’rsatadiki,  suyuqlik  bir  holatda  qattiq  jism  sirtini  ho’llaydi, 
boshqa holatlarda ho’llanmaydi. 
        Agar  suyuqlik  molekulalari  bir-biri  bilan  qattiq  jism  molekulalariga  nisbatan 
zaifroq  tortishsa,  suyuqlik  bu  jismni  ho’llaydi  deb  aytiladi.  Agar  suyuqlik 
molekulalari  bir-biri  bilan  qattiq  jism  molekulalariga  nisbatan  kuchliroq  tortishsa, 
suyuqlik  bu  moddani  ho’llamaydi  deb  ataladi.Masalan,  suv  toza  shishani  ho’llaydi, 
parafinni  esa  ho’llamaydi.  Simob  shishani  ho’llamaydi,  biroq  u  toza  mis  va  ruxni 
ho’llaydi.  O’simliklarning  yaproqlari  va  poyalari  yupqa  mumga  o’xshash  modda 
bilan qoplangani uchun suv ularni ho’llamaydi. 
        Suyuqlik qattiq jismni ho’llaydimi yoki ho’llamaydimi, shunga bog’liq ravishda 
suyuqlik sirtining shakli har xil bo’ladi. 
         Ho’llovchi  suyuqlik  qattiq  jism  bilan  tegishish  chegarasini  oshirishga  intiladi. 
Ho’llamaydigan  suyuqlik,  aksincha,  bu  chagarani  qisqartirishga  intiladi.  Qattiq  jism 
sirti  bilan  suyuqlik  sirtiga  o’tkazilgan  urinma  orasidagi  Ө  burchakka  chegaraviy 
burchak deyiladi.  ho’llovchi suyuqlik  uchun  Ө<90
0
, ho’llamaydigan suyuqlik  uchun 
Ө>90
0

 
 


134 
 
 
94-rasm 
            Yuqorida aytilganlarga ko’ra, idishga quyilgan suyuqlikning sirti idish devori 
yaqinida  egrilanishi  kerak:ho’llovchi  suyuqlik  bo’lgan  holda  botiq,  ho’llamaydigan 
suyuqlik bo’lganda esa qavariq sirt hosil bo’ladi. 
           Ingichka  idishda  chegaraviy  egrilanish  suyuqlik  sirtini  to’la  egrilab  uning 
butun  sirtini  qoplab  oladi.  Bunday  egrilangan  sirtga  menisk  deb  ataladi.  Ingichka 
idishlarga kapillyarlar deb ataladi. 
         Ingichka  naychalarda  qo’shimcha  bosim  bilan  bog’liq  ravishda  suyuqlik 
sathining ko’tarilishi yoki pasayish hodisasiga kapillyarlik deyiladi. 
 
 
95-rasm 
 
          Agar  suyuqlik  qattiq  jism  sirtini  ho’llasa,  suyuqlik  ko’tariladi,  agar  suyuqlik 
qattiq jism sirtini ho’llamasa, suyuqlik kapillyar bo’ylab pastga tushadi. 
Kapillyar  naycha  suyuqlikka  botirilganda  dastlab  menisk  hosil  bo’ladi.  Faraz 
qilamizki, sirt botiq,  ya’ni suyuqlik naycha devorini  ho’llaydi. Boshlang’ich  holatda 
bosim  meniskning  ikkala  tomonida  bir  xil  bo’ladi.  Agar  menisk  sferik  sirtning  bir 
qismi  bo’lsa,  egrilik  radiusining  a  o  b  uchburchakdan  (96-rasm)  osongina  aniqlash 
mumkin. 
 
                           
                                          (317) 
 
bu  yerda r-kapillyarning radiusi, r/R-cosӨ. 


135 
 
       Menisk tomonidan qavariq tarafga ko’rsatilayotgan bosim tufayli umumiy bosim 
atmosfera bosimidan katta bo’ladi. 
 
 
 
96-rasm 
 
       Naychadagi  h  balandlikka  ko’tarilgan  suyuqlik  ustunining  bosimi  egrilangan 
sirtning sirt tarangligi tufayli hosil bo’lgan va yuqoriga qarab yo’nalgan bosim bilan 
muvozanatlashadi. 
 
-zichlik, h-suyuqlik balandligi, R-suyuqlik sirtining egrilik radiusi, r-naycha radiusi. 
96-rasmdan foydalanib 
 
                                              
           ni aniqlaymiz. 
 
U vaqtda 
 
                            
                                                            (318) 
 
ni olamiz. Agar  Ө=0
0
 bo’lsa cos0
0
=1. Demak, 
 
                           
                                                               (319) 
 
     Bu  formulaga  Jyuren-Borelli  formulasi  deyiladi  va  u  kapillyar  bo’ylab 
suyuqlikning ko’tarilish balandligi yoki pasayishini aniqlashga imkon beradi. 
           Agar  naychani  suyuqlik  ho’llamagan  bo’lsa,  unda  suyuqlik  sirti  qavariq 
menisk shaklda hosil bo’ladi. Naycha ichidagi bosim naycha tashqarisidagi suyuqlik 
ustidagi bosimdan katta bo’ladi, natijada suyuqlik (319) formula bilan aniqlanadigan 
balandlikka pasayadi. 
         
a      o 
         
   R 
      b 


136 
 
 
 
97-rasm 
 
       Har  qanday  mo’rt  jismlar:  sochiq,  filtrlovchi  qog’oz,  quruq  bo’r,  haydalgan 
tuproq  va  h.k.lar kapillyarlik  xususiyatiga  ega.  Kapillyarlik  hodisasi o’simliklarning 
o’sishi uchun katta ahamiyatga ega, chunki tuproqdagi suv va oziq eritmalar o’simlik 
tanasidagi kapillyar naychalar orqali ko’tarilishini ta’minlaydi. 
 

Download 4,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish