J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy


O'tish iqtisodiyoti mamlakatlarida integratsion jarayonlarning rivojlanishi



Download 1,93 Mb.
bet67/131
Sana29.03.2022
Hajmi1,93 Mb.
#515588
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   131
Bog'liq
xalqaro moliya munosabatlari

O'tish iqtisodiyoti mamlakatlarida integratsion jarayonlarning rivojlanishi


Ma'lumki, o'tish iqtisodiyoti mamlakatlar guruhiga Markaziy­ Sharqiy Yevropadagi sobiq sotsialistik mamlakatlarni va sobiq lt­ tifoq hukumati tarkibiga kirgan ittifoqdosh respublikalarni kiri­ tish mumkin.
XX asrning 90-yillari boshiga qadar sotsialistik rejali tizim­ ni boshidan kechirgan Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi (MDH) mamlakatlari jahon xo'jaligiga dadil kirib borishining nazariy va
amaliy tomonlarini yechish uchun quyidagi muammolarni hal etishga kirishgan edilar:

  • <> tamoyillari konsepsiyasining nazariy ji­ hatlarini tahlil etib, amaliyotda keng qo'llash;

  • Jahon iqtisodiyotida sotsialistik rejali tizimni boshidan ke­ chirgan (XXR, Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlari) va hozir­ gi kunda bozor iqtisodiyoti asosida dadil rivojlanib borayotgan mamlakatlarni iqtisodiy islohotlarini chuqur tahlil etish va amali­ yotda qo'llash lozim;

  • lqtisodiyotda eksport strategiyasi bilan sanoat siyosati o'rtasidagi o'zaro aloqadorlikni chuqur tahlil etish;

  • Jahon mamlakatlari o'rtasidagi integratsion jarayonlar borishini tahlil etib, iqtisodiy faoliyatni jahon standartlariga mos mexanizmini qo'llab chiqish, takomillashtirish va boshqa­ lar.

Sobiq Sovet ittifoqi parchalangandan keyin mustaqil davlat­ larda integratsion tendensiyalar yuzaga kela boshladi. Birinchi bosqichda ular qisman bo'lsada, oldingi yagona iqtisodiy ma­ konni tarkibiy qismlarga ajralish jarayonidan himoya qilishga harakat qilish bilan namoyon bo'ldilar hamda birinchi navbatda xalq xo'jaligi holatiga salbiy ta'sir etadigan sohalardagi aloqalarni qisqartirishga alohida e'tibor qaratildi. Keyingi jarayonlarda esa, xususan 1996-1997-yillarda yuzaga kelgan shart-sharoitlarni hi­ sobga olgan holda integratsiyaga intilish kuchaytirildi.
Sobiq ittifoq hududida integratsion jarayonlar quyidagi asosiy omillar natijasida yuzaga keldi:

  • mehnat taqsimotini ancha qisqa davrda to'liq o'zgartirish mumkin emasdi. Mehnat taqsimotining birmuncha darajasi tarixiy va tabiiy-iqlim sharoitlarining rivojlanishiga bog'liq bo'lishi sababli ko'pgina hollarda bu maqsadga muvofiq bo'lmaydi;

  • bir davlat hududida ko'p xalqlarning uzoq davr mobaynida birgalikda yashashi. U turli xil sohalarda puxta <> tashkil etgandi. Millatlararo va dinlararo mojaro

yuqori darajada emasdi. Shu sababdan, MDHga a'zo mamlakat­ larga ko'plab aholining istagi o'zaro do'stona aloqalarni yetarli­ cha qo'llab-quvvatlaydi.
MOH o'z a'zolarining suveren tengligiga asoslangan bo'lib, a'zo mamlakatlar xalqaro huquqning mustaqil va teng huquqli subyekti hisoblanadi.
Tashkilotning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • siyosiy, iqtisodiy, ekologik, gumanitar, madaniy va boshqa sohalarda hamkorlik qilish;

  • a'zo-mamlakatlarni umumiy iqtisodiy makon doirasida har taraflama rivojlantirish, shuningdek, davlatlararo integratsiya va kooperatsiyani kuchaytirish;

  • insonlarning huquq va erkinligini ta'minlash;

  • xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta'minlashda hamkorlik;

  • o'zaro huquqiy yordam ko'rsatish;

  • davlatlar o'rtasidagi kelishmovchilik va bahsli munozaralar- ni tinchlik yo'li bilan hal qilish.

A'zo mamlakatlarning hamkorlikdagi faoliyati quyidagilar doirasida amalga oshiriladi:
inson huquq va erkinligini ta'minlash;

  • tashqi siyosiy faoliyatni muvofiqlashtirish;

  • umumiy iqtisodiy hududni, bojxona siyosatini shakllanti- rish va rivojlantirishda hamkorlik qilish;

  • aloqa, transport tizimi rivojlanishida hamkorlik qilish;

  • atrof-muhitni muhofaza qilish;

  • ijtimoiy va migratsion siyosat bo'yicha masalalarni hal qilish;

  • uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish;

  • mudofaa siyosati va tashqi chegaralarni saqlash sohalarida hamkorlik qilish.

Tashkilotning yuqori organi bo'lib, MDH davlat rahbarlari Kengashi hisoblanadi. Davlat rahbarlari kengashi yiliga ikki mar­ ta yig'ilishga to'planadilar. Shuningdek, MDH nizomida mam­ lakatlarning unga a'zo bo'lish shartlari, maqsad va tamoyillari belgilab berilgan.
9.2-jadval

Tashkilotga a'zo mamlakatlar24


Davlatlar

MDHni tashkil etish to'g'risidagi bitimning tas- diqlanish sanasi (1991 yil
8 dekabrda)

MDHni tashkil etish to'g'risidagi bitimga qaror tas- diqlanish sanasi (1991 yil
21 dekabrda)




Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish