O‘ZBEKISTON TARIXI
1. Amir Temur davlatining poytaxti bo‘lgan shaharni toping.
A) Shosh B) Buxoro C) Kesh D) Samarqand
2. XIV asrda Chig‘atoy xonlaridan kim birinchi bo‘lib o‘z qarorgohini Movarounnahrga ko‘chirgan?
A) Munke B) Kebek C) Tug‘luq Temur D) Abulxayrxon
3. O‘zbekiston hududidagi qaysi manzilgohda ilk shahar alomatlari ko‘zga tashlanadi?
A) Ko’lbuloq B) Obishir C) Selengur D) Jarqo‘ton
4. Rus podshosi Ivan IV bilan elchilik aloqalarini o‘rnatgan Buxoro xonini toping.
A) Abdullaxon II B) Ko‘chkunchixon C) Ubaydullaxon D) Imomqulixon
5. Toshkent shahri kim boshchiligidagi podsho Rossiyasi qo‘shinlari tomonidan egallangan? (1865-yil)
A) M.Chernyayev B) M.Skobelov C) F.Romanovskiy D) fon Kaufman
6. Rossiya imperiyasi tarkibidagi Turkiston general-gubernatorligi nechanchi yilda tashkil etilgan?
A) 1881-yilda B) 1875-yilda C) 1856-yilda D) 1867-yilda
7. Sovetlar boshqaruvi davrida o‘zbek xotin-qizlarini ozodlikka chiqarish jarayoni qanday nom ostida o‘tkazilgan?
A) “Hujum” harakati B) “Bosmachilik” harakati
C) “Ozodlik” harakati D) “Kolxozchilar” harakati
8. 1993-yilda O‘zbekiston qaysi xalqaro tashkilotga a’zo bo‘lgan?
A) BMT B) ShHT C) MDH D) YuNESKO
9. O‘zbekiston Respublikasida ijro etuvchi hokimiyat hisoblanadigan organni toping.
A) Vazirlar Mahkamasi B) Oliy Majlis
C) Oliy Sud D) Konstitutsiyaviy sud
10. Qaysi daryo qadimda Yaksart deb atalgan?
A) Amudaryo B) Sirdaryo C) Zarafshon D) Qashqadaryo
11. XIX asrning o‘rtalarida Toshkent shahrining nechta darvozasi bo‘lgan?
A) 6 ta B) 9 ta C) 12 ta D) 14 ta
12. Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistonning qaysi shahrida metallurgiya zavodi bunyod etilgan?
A) Bekobod B) Qo‘qon C) Buxoro D) Navoiy
13. VI-VII asrlarda O‘rta Osiyo aholisining asosiy qismi qaysi dinga e’tiqod qilgan?
A) moniylik B) zardushtiylik C) nasroniylik D) buddaviylik
14. XIX asr boshida qaysi hukmdorning hukmronligi davrida Qo‘qon adabiy muhiti shakllangan?
A) Umarxon B) Sheralixon C) Xudoyorxon D) Erdonabiy
15. Vazirlar Mahkamasining 1997-yildagi qarori bilan har ikki yilda bir marotaba qaysi shaharda “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali o‘tkazilib kelinmoqda?
A) Qo’qon B) Buxoro C) Xiva D) Samarqand
ONA TILI
1. Qaysi javobdagi so‘zlar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan?
A) halovat, forosat B) daromad, sabzovot C) saxovot, zokovat D) xususiyat, tafsilot
2. Qaysi javobda qo‘shimcha qo‘shilishi bilan bog‘liq imloviy xatolik mavjud?
A) Boshing ko‘kga yetgan bo‘lsa ham, Ustozlar ilmiga quloq sol har dam.
B) Og‘ir yukdan zo‘riqqan qo‘llariga biroz dam berdi.
C) Yuziga urilgan salqin shabada uni yana ham tetiklashtirdi.
D) Boqqaning ikkita echki, O‘shqirganing yer tebratar.
3. Qaysi gapda chiziqcha qo‘llash bilan bog‘liq imloviy xatolik mavjud emas?
A) Sen-la baxtiyorman, aziz Vatanim, Senga fido bo‘lsin shu jon-u tanim.
B) Senchi, sen bugun bormaysan-mi?
C) Bu ishlarni bugun-oq bitiring.
D) Gulzordagi och-sariq, qizil gullar nafis tebranib turibdi.
4. Qaysi gapda vergul qo‘llash bilan bog‘liq xatolik mavjud emas?
A) Bu safar na Nazira, na Nodira, kelmadi.
B) Bu fikrga qo‘shilmaydi balki, jon-jahdi bilan qarshi chiqadi.
C) Biz bugun, shubhasiz, g‘alaba qozonamiz.
D) Bizga kitob, daftar, qalamlar, kerak.
5. Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘z ko‘chma ma’noda qo‘llangan?
A) shabadaning yugurishi B) tog‘ cho‘qqisi C) qalin taxta D) buloqning ko‘zi
6. Qaysi javobda ot turkumi doirasida o‘zaro shakldoshlik hosil qila oladigan so‘z berilgan?
A) qor B) ot C) afzal D) shoh
7. Qaysi javobda zid ma’noli so‘zlar juftligi berilgan?
A) tor − keng B) qalin − yo‘g‘on C) hiyla − xiyla D) xotirjam − bemalol
8. Qaysi javobda tasviriy ifodaning izohi to‘g‘ri berilgan?
A) o‘rmon qiroli − sher B) kumush tola − makkajo‘xori C) dala malikasi − paxta
D) mo‘yqalam ustalari − shoirlar
9. Qaysi javobdagi yomon so‘zi gunoh, ayb ma’nolarida qo‘llangan?
A) Hay, Xadichaxon, o‘ylab gapiring-a, birovga tuhmat qilish yomon-a!
B) Bolalikda o‘tgan yomon kunlari esiga tushib xo‘rligi keldi.
C) Yarasi juda yomon, juda qiynalib yotibdi.
D) Yomon xabarning qanoti yengil bo‘ladi, tez tarqaladi.
10. Fe’lning birgalik nisbat shakli qatnashgan gapni toping.
A) Nasibaxon kirishini ham, qaytib ketishini ham bilmay qoldi. B) Men unga hazillashgan edim, ishonib o‘tiribdi-ya.
C) Chaqimchilik qilish yaxshi odat emas. D) Yetishibdi mozorga Ketmon-u bel ushlashib.
11. Qaysi javobda ot va sifat turkumiga oid juftlik berilgan?
A) chiroy − ko‘rk B) muattar − iforli C) sevgi − kuzgi D) chiziq − qiliq
12. Qaysi gapda undov so‘z mavjud emas?
A) “Albatta, mehnatning rohatini ko‘rish yoqimli”, − dedi bobosi.
B) “Oh-oh, buncha mazali ekan bu muqaymoq!” − dedi u.
C) “Hey, menga qara, Gulchehra”, − dedi u.
D) “Chuh jonivor”, − dedi Qosimjon otiga.
13. Otli so‘z birikmasi berilgan javobni aniqlang.
A) akamni ko‘rmoq B) bajarilgan ish C) chiroyli kiyingan D) ishni tezlatish
14. Hol qatnashgan gapni toping.
A) Noshud ketganda maqtanar, Botir − qaytganda. B) Men yoz faslini yaxshi ko‘raman.
C) Aytar so‘zni ayt, Aytmas so‘zdan qayt. D) Urushning boshi − o‘yin, Oxiri − o‘lim.
15. Bog‘langan qo‘shma gap berilgan javobni toping.
A) Ish ishtaha ochar, dangasa esa ishdan qochar. B) Shuni bilingki, Vatan muqaddasdir.
C) Tegishmagin ko‘pga, Teng bo‘lasan cho‘pga. D) Bir vaqt qarasam, oyoqlarim o‘z-o‘zidan yurib ketyapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |