J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy


KREDIT I JORIY



Download 1,93 Mb.
bet72/131
Sana29.03.2022
Hajmi1,93 Mb.
#515588
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   131
Bog'liq
xalqaro moliya munosabatlari

KREDIT

I

JORIY OPERATSIYALAR HISOBI







A

Savdo balansi







B

Xizmatlar balansi




-

C

Joriy o'tkazmalar







1-BO'LIM JAMI







2

KAPITAL VA MOLIYAVIY VOSITALAR
BILAN OPERATSIYALAR HlSOBI







A

Kapital bilan operatsiyalar hisobi







B

Moliyaviy hisob










I

To'g'ridan to'g'ri investitsiyalar










2

Portfel investitsiyalar










3

Boshqa investitsiyalar










4

Zaxira aktivlari







2-BO'LIM JAMI







YAKUNlY BALANS (1+2)







Joriy operatsiyalar hisobi. To'lov balansining ushbu bo'limi tovarlar, xizmatlar va bir tomonlama o'tkazmalar bilan bog'liq xalqaro bitimlari natijasida olingan mamlakatning sof daromad­ lari qiymatini ko'rsatadi va u quyidagicha hisoblanadi:





Joriy ope­ ratsiyalar hi- = sobi balansi

Eksportdan daro­ madlar


Importga xarajatlar


Chet elga sof
o'tkazmalar

Chet elga sof o'tkazmalar firmalar, uy xo'jaliklari va hukumat tomonidan chet elga o'tkazmalardan ushbu mamlakat rezident­ lariga xorijdan yuborilgan o'tkazmalarning chegirmasiga teng.



To'lov balansining joriy operatsiyalar hisobining ijobiy qoldig'i va chet el aktivlari o'rtasidagi bog'liqlik quyidagi ko'rinishga ega:



Joriy operatsiyalar hisobinin g ijobiy qoldig'i
Chet elda aktivlarning sof ortishi

Chet elda aktivlarning sof ortishi bu mahalliy rezidentlar ega­ lik qiluvchi xorijdagi aktivlarining ushbu mamlakatda norezident­ lar egalik qiluvchi mahalliy aktivlardan ortishi tushuniladi.


Shuningdek, joriy operatsiyalar hisobining taqchilligi chet el­ dagi aktivlarning sof kamayishini ifodalaydi. Ya'ni:



Joriy operatsiyalar hisobining taqchilligi
Chet eldagi aktivlarning sof kamayishi

Bunda mamlakat qarzdor hisoblanadi. Masalan, O'zbekiston yana chet elga sotish uchun aktivlarga ega. Biroq, biz sekinlik bilan chet eldan jalb etiladigan qarzlarni ko'paytirishimiz, ke­ lajakda ularni asosiy qarz summasi bilan birga foiz to'lovi bilan qaytarishga majbur bo'lamiz. Natijada, har bir mamlakat to'lov balansidagi joriy operatsiyalar hisobi balansi o'zaro tenglashadi.


Joriy operatsiyalar balansidagi defitsit mamlakatning boshqa mamlakat oldidagi qarzdorligi ortishini o'zida aks ettiradi. Agar mamlakat joriy operatsiyalar balansida defitsit yuzaga kelsa, u albatta mazkur taqchillikni har qanday yo'I bilan bo'lsa ham (boshqa bir mamlakatdan qarz olish, o'z valuta zaxirasidan foy­ dalangan holda va h.k.) to'lashi zarur.
To'lov balansida joriy operatsiyalar hisobidagi defitsit (taqchil­ lik) quyidagi yo'llar orqali moliyalashtirilishi mumkin:

  • chet elga ma'lum bir qism milliy aktivlarni sotish, ya'ni xorijiy mamlakatga to'g'ridan to'g'ri yoki portfel investitsiya shak­ lida turli milliy aktivlari yoki mablag'larni qo'yish;

  • chet el banklaridan, hukumatlaridan yoki xalqaro tashki­ lotlardan tashqi qarz olish yordamida;

  • mamlakat Markaziy bankida saqlanayotgan rasmiy valuta zaxiralaridan foydalanish orqali, ularni taqchillikni bartaraf etish uchun sarflash hisobiga.

Ba'zan mamlakatlar joriy operatsiyalar hisobidagi taqchil­ likni moliyalashtirish imkoni qolmaganda, ya'ni moliyalashtirish uchun tashqi kredit olib bo'lmasa, mamlakat valuta zaxirasi mi­ nimum darajaga yetib qolgan bo'lsa, xorijga qilinadigan xara­ jatlarini qisqartirish yoki chet elga tovarlar va xizmatlarni sotish orqali daromadlarini oshirish yo'li bilan defitsitni bartaraf etadi. Tashqi savdo balansi. To'lov balansining birinchi bo'limi bo'lgan joriy operatsiyalarning dastlabki moddasi mamlakatning tashqi savdo balansi hisoblanadi. XVF eksport va importni bir xii tartibda baholashni taklif etgan bo'lib, unga ko'ra eksport qiluvchi mamlakat chegarasidagi bahoda aniqlanadi. Shuning uchun eksport va import baholash uchun FOB (free on board) baholardan foydalanish talab etiladi. CIF (Cost, Insurance and Freight) baholaridan esa, import operatsiyalarida keng foydalani­ ladi va ba'zan ularga tegishli to'g'irlashlar ham kiritiladi. Bun­ day to'g'irlashlar AQSH, Germaniya, Fransiya kabi mamlakat­ Iar to'Iov balanslarida bo'lib, 1990-yillarda mazkur mamlakatlar importining 3-4 foizi FOB narxlarida amalga oshirilgan. O'sha paytda Yaponiyaning tashqi savdosida dengiz orqali yuklarni
o'tkazish qariyb 10% dan yuqori bo'lgan.
Bir tomonlama o'tkazmalar va xizmatlar balansi. Joriy ope­ ratsiyalar hisobining ikkinchi asosiy qismi xizmatlar balansi hisob­ lanadi. Xalqaro savdoda xizmatlar muhim ahamiyatga ega. Xiz­ matlar balansida transport xizmatlari, jumladan yuk yo'lovchilarni tashish, sug'urta, elektron, tele-kosmik, telegraf, telefon, pochta va boshqa turdagi aloqa xizmatlari, xalqaro turizm, ishlab chiqarish va ilmiy-texnik tajribalarni o'zaro almashish, ekspert xizmatlari, chet elda diplomatik, savdo va boshqa vakolatxonalarni saqlash, ma'lumotlar berish, ilmiy-ma'naviy va madaniy hamkorlik xiz­ matlari, reklama, yarmarka va turli yig'inlar uchun yig'imlar va
h.k. bo'yicha to'lovlar va tushumlar aks etadi.
Shuningdek, joriy operatsiyalar balansida bir tomonlama o'tkazmalar, xususan olingan daromadlar, ya'ni xorijga qo'yilgan investitsiyalardan olingan daromadlar yoki chet el investitsiyalari­ ga to'lovlar ham asosiy rol o'ynaydi. To'lov balansining aynan ushbu moddasi mamlakatda xorijiy tadbirkorlik rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Mamlakatdan tashqarida olingan da­ romadlarni investor o'z mamlakatiga o'tkaza olmasligi davlatga xorijiy investitsiyalarning kirib kelishiga keskin to'siq bo'lishi mumkin. Shuning uchun ham, XVF ustavida alohida 8-kelishuv moddasi (2 (a), 3 va 4 qismlari) bo'lib, unga ko'ra o'ziga xalqaro operatsiyalar bo'yicha majburiyat oluvchi mamlakat XVF bilan kelishmasdan turib, joriy operatsiyalar bo'yicha to'lovlar va turli o'tkazmalarni amalga oshirishda diskriminatsion valuta chek­ lovlarini o'rnatishi mumkin emas. XVF a'zosi bo'lgan jahondagi ko'plab mamlakatlar (hozirgi kunda 150 dan ortiq mamlakatlar) XVFning 8-kelishuv moddasini qabul qilishgan. O'zbekiston esa, mazkur moddani 2003-yilda o'zida qo'llash bo'yicha majburiyat olgan, ya'ni qabul qilgan.
Joriy o'tkazmalarga turli ko'rinishdagi bir tomonlama
o'tkazmalar, shuningdek, qaytarmaslik sharti bilan beriladigan mablag'lar, to'lovlar ham qo'shiladi. Ularni ikki ko'rinishga bo'lish mumkin, ya'ni davlat operatsiyalari va shaxsiy maqsad­ lar uchun bir tomonlama o'tkazmalar. Davlat operatsiyalari bilan bog'liq bir tomonlama o'tkazmalarga bir mamlakatning boshqa bir mamlakatga iqtisodiy yordam tariqasida bergan subsidiyasi yoki beg'araz yordami, xalqaro tashkilotlarning to'lovi, moliyaviy grantlari, foizsiz ajratmalari va h.k. lar kiradi. Shaxsiy maqsad­ larda foydalaniladigan operatsiyalar xorijdagi ishchilarning, mu­ taxassislarning, qarindoshlarning o'z vataniga, oilasiga shaxsiy ehtiyoj yoki boshqa turli maqsadlar uchun yuborgan mablag'lari bilan bog'liq faoliyatni o'z ichiga oladi.
Kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobi. To'lov balansining ikkinchi bo'limi kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobini o'zida aks ettirib, u turli shakldagi inves-
titsiyalarning xalqaro harakatini, xususan aktivlarni sotishdan, masalan, mahalliy aksiyalarni, obligatsiyalarni, ko'chmas mulk va kompaniyalarni chet elga sotishdan olingan daromadlar, shu­ ningdek, chet eldan rezidentlarning aktivlarini sotib olish uchun qilgan xarajatlarini hisobga oladi. Mazkur bo'limda jalb etilgan va berilgan savdo kreditlari va bo'nak (avans) to'lovlari, ssuda va qarzlar, naqd xorijiy valuta, joriy operatsiyalar hisobidagi qoldiqlar va depozitlar, muddati o'tkazib yuborilgan qarzdorlik, hukumatlararo kelishuvlar asosida yetkazib beriladigan tovarlar bo'yicha qarzdorlik, eksport mahsulotlari bo'yicha olinishi ku­ tilayotgan kontagentning moliyaviy qarzdorligi, import operatsi­ yalariga berilgan bo'naklar bo'yicha qarzdorlik aks ettiriladi.



Kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsi­ yalar hisobi
Aktivlarni so­ tishdan tushgan tushumlar
Xorijda aktivlarni sotib olish uchun qilingan xarajatlar

Mamlakatning aktivlari bilan bog'liq barcha xalqaro bitimlar (ularni sotish va sotib olish) kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobida o'z aksini topadi. Masalan, O'zbekiston chet elga qarz mablag'larini bersa, u o'z aktivlarini sotgan bo'ladi, ya'ni uni kelajakda sotib oluvchi asosiy qarzga qo'shimcha foiz to'lovi bilan qaytarib to'laydi. Mazkur operatsiya kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobining «kredit» qismida aks etadi. Shuningdek, kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobida kapital transfert (o'tkazma)lar (mulkni asosiy kapitalga qaytarmaslik sharti bilan o'tkazish) ham yoziladi. Unga aeroport, kasalxona, yo'I qurilishi va h.k. kabi investitsion grantlar, huku­


mat tomonidan qarzdorlikni <> operatsiyalari kiradi.
Kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobi qoldig'i (saldosi) uzoq va qisqa muddatli kreditlarni olish va taqdim etish­ da namoyon bo'Jib, ular aktivlar bilan barcha bitimlardan xorijiy valutalarni sof tushimini ko'rsatadi. Kreditlarni taqdim etish chet el aktivlarini (aksiya, obligatsiya, ko'chmas mulk va h.k.) sotib

olishga qilingan xarajat hisoblansa, kreditlarni olish aktivlarni so­ tishdan kelgan tushum sifatida baholash mumkin.
Uzoq muddatli kreditlar to'g'ridan to'g'ri yoki portfel inves­ titsiyalar ko'rinishida taqdim etiladi. Korxonaga to'g'ridan to'g'ri investitsiya kiritish, korxona mulkining asosiy qismiga egalikni anglatadi va mazkur korxona faoliyati ustidan nazorat qilish im­ konini beradi. Qolgan barcha uzoq muddatli investitsiya shakl­ larini portfel investitsiya deb hisoblash mumkin. Shuningdek, portfel investitsiya asosan korxona mulkiga egalik qilish imkonini beruvchi qimmatli qog'ozlarining bir qismini (odatda o'z mul­ kining 10% gacha bo'lgan qismini) olish hisobiga shakllanadi.
Aktivlar bilan bog'liq barcha xalqaro bitimlar (Markaziy bank­ ka tegishli rasmiy valuta zaxiralaridan tashqari) shartli ravishda xalqaro kapital harakati hisobig-a ajratiladi. Kapital harakati hiso­ bidagi ijobiy qoldiq mamlakatga kapitalni sof kirib kelishi hisob­ lanadi, aksincha esa, kapitalning sof chiqib ketishi yuzaga keladi. Kapitalning sof chiqib ketishida kapital harakati hisobida defitsit yuzaga keladi, ya'ni chet eldan aktivlarni sotib olishga ketgan xarajatlarni shu kabi aktivlarni xorijga sotishdan olingan daro­ madlardan ortib ketganligini ko'rsatadi.
Joriy operatsiyalar balansi moddalarini kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobidagi uzoq va qisqa muddatli kreditlarni olish va taqdim etish hamda kapital transfertlar orqali to'ldirish mustaqil rasmiy hisob-kitoblar balansini olish imkonini beradi.
Rasmiy hisob, kitoblar balansi <> moddani o'zi ichiga olgan. Nazariy jihatdan olganda har bir bitim to'lov balansida debet va kredit ko'rinishida ikki marta aks etsa ham, amaliyotda mazkur talab ba'zan bajarilmay qoladi. Amalga oshirilgan bitimlar turli holatlar va ma'lumotlarni hisob­ ga olgan holda har doim ham vaqt va sonli ko'rinishda ifodalab bo'lmaydi. Ba'zi iqtisodiy boyliklar oqimi statistik hisobdan chet­ da qolib ketishi mumkin, ayniqsa bunday holatlarga noqonuniy ravishda amalga oshirilgan bitimlar misol bo'la oladi. Bunday
hisobdan qolib ketgan iqtisodiy oqimlarni faqat balansning jami kredit va debet qiymatini hisoblagan holda aniqlash mumkin.
To'lov balansi ikki yoqlama yozuv tamoyili asosida nolga tenglashtiriladi. Bu esa, mamlakatning barcha qarzlari to'lanishi kerakligini anglatadi. Shuning uchun joriy operatsiyalar hisobi­ dagi defitsit kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hi­ sobidagi ijobiy qoldiqqa teng bo'lishi lozim. Agar rezidentlar chet elga mahsulotlar, xizmatlar va aktivlarni sotishdan olingan da­ romadlarga nisbatan xorijiy mahsulotlar, xizmatlar va aktivlarni sotib olishga ko'proq xarajat qilsalar, ya'ni rasmiy hisob-kitoblar balansi defitsit bilan chiqsa, ushbu taqchillikni (qarzdorlikni) so'ndirish Markaziy bank tomonidan rasmiy xorijiy valuta za­ xiralarini qisqartirish hisobiga amalga oshiriladi (agar Markaziy bank valuta kursini tartibga solib turish majburiyati bo'lmasa).
To'lov balansida jami xorijdan tushgan valutalar xorijga jami to'langan (o'tkazilgan) valutalarga teng bo'lishi zarur. Agar to'lov balansida defitsit yoki profitsit yuzaga kelsa, mamlakat Markaziy banki tomonidan muvofiqlashtirilgan holda to'lab (o'rni qoplab) beriladi yoki sotib olinib rasmiy valuta zaxiraga joylashtiriladi.

    1. Download 1,93 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish