11.3-rasm. Xalqaro fond bozorida yevroobligatsiyalarning shakllanish mexanizmi.
Ikkinchidan, chet el obligatsiyalari joylashtiriladigan mam Iakatda ro'yxatga olinadi, uning nominal qiymatijoylashtiriladigan mamlakat uchun milliy valutada bo'ladi, u faqat joylashtiriladigan mamlakat fond bozorida muomalada bo'ladi. Yevroobligatsiyalar esa, ma'lum bir mamlakatga ro'yxatga olinmasdan joylashtirila di, bir vaqtning o'zida bir necha mamlakatlar fond bozorlarida muomalada bo'lishi mumkin, shuningdek, obligatsiya nominali ko'rsatilgan milliy yoki xalqaro valutaning xususiyati emitentining milliy xususiyatlari mos kelmasligi lozim. Yevroobligatsiyalarni dastlabki joylashtirish to'g'ridan to'g'ri emitent joylashgan mam lakatning milliy fond bozorlarida amalga oshirilmasdan, balki xorijiy mamlakatlar milliy fond bozorlarida amalga oshiriladi va ular orqali emitent joylashgan mamlakat milliy fond bozorlariga kelib tushishi va muomalasi amalga oshirilishi mumkin.
M illiy fond bozori vositasi bo'lgan oddiy obligatsiyalar bilan xalqaro fond bozorining maxsus vositasi bo'lgan yevroobligatsiya lar o'rtasidagi asosiy farqlar quyidagilarda namoyon bo'ladi:
xalqaro anderrayter konsorsiumlari yoki investitsion banklarni o'z ichiga oluvchi oddiy sindikatlar tomonidan bir vaqt ning o'zida bir necha mamlakatlarda yevroobligatsiyalar emissi yasi amalga oshiriladi;
sindikat tomonidan ko'rsatilgan hududlarda joylashtiril gan yevroobligatsiyalar emissiyasi hech qaysi bir mamlakatdan ro'yxatdan o'tmaydi. Yevroobligatsiyalar muomalasi ma'lum bir davlatning obligatsiyalar muomalasini tartibga solishning iqti sodiy-huquqiy me'yorlari orqali tashkil etilmaydi, balki yevro obligatsiyalar asosan xalqaro huquqiy me'yorlar bo'yicha tartibga solinadi;
yevroobligatsiyalar bir vaqtning o'zida bir necha mam lakatlarga yoki turli mamlakatlar fond bozorlariga joylashtiriladi. Xorijiy investorlar o'zlarining mahalliy birjalaridan yevroobli gatsiyalarni sotib olishlari mumkin. Shuningdek, emitent mam lakat investorlari boshqa mamlakatlar orqali o'z fond bozorlariga yetib kelgan yevroobligatsiyalarga egalik qilishadi;
oddiy obligatsiyalardan farqli ravishda yevroobligatsiya nominali bo'yicha to'lanadigan foizdan <> soliq undirilmaydi. O'zining yuqori daromadini soliqqa torti lishidan olib qochib, uni sir saqlaydigan omonatchini Fransiyada
<Yevroobligatsiyalar bozori transmilliy korporatsiyalarning o'rta va uzoq muddatli investitsiyalarini moliyalashtirishning muhim manbalardan hisoblanadi. Davlatlar odatda budjet daromadlari ni ko'paytirish va davlat qarzlarini qayta moliyalashtirish uchun yevroobligatsiyalardan foydalanishadi.
Yevroobligatsiyalarning oddiy konvertirlanadigan shakli ham mavjud bo'lib, ma'lum bir belgilangan muddatdan keyin, emitent kompaniya aksiyalariga ularni almashtirish sharti bilan chiqarila di. Bunday yevroobligatsiyalar egasi emitent kompaniya faoliya tining foydalilik darajasi ortadi, degan taxmin bilan ularni sotib oladi. Chunki odatda, konvertatsiya davrigacha yevroobligatsiya lar bo'yicha foiz to'lovlari amalga oshirilmaydi.
Jahon yevroaksiyalar bozori 1983-yildan sinditsiyalashgan kreditlash amaliyoti bilan birga rivojlana boshladi, biroq ularning emissiyasi yevroobligatsiyalarga nisbatan juda kam. Yevroaksi yalarga konvertirlanadigan yevroobligatsiyalarning muomalaga chiqarilishi jahon qimmatli qog'ozlar bozorida mazkur turdagi segmentlarning o'zaro integratsiyasini kuchaytirdi.
Yevrotijorat veksellari - foiz stavkasi yevrodollar depozit ser tifikatlari bo'yicha olingan (odatda o'rtacha 0,25%), 3-6 oylik muddatga yevrovalutada rasmiylashtirilgan hujjatli veksellardir. Yevroveksellar o'rta muddatli qarz munosabatini ifodalovchi qim matli qog'ozlar hisoblanadi.
Umuman olganda, yevroveksellar bozori hajm jihatdan juda kichik, 1981-yildan boshlab rivojlangan. Yevroveksellar 1984-yil dan emissiya qilib kelinmoqda.
Yevrovaluta depozit sertifikatlari - omonatchining depozitini va unga tegishli foizlarni olish huquqini tasdiqlovchi, yevrovalu tada qo'yilgan pul mablag'lari to'g'risida banklarning yozma
guvohnomalari. Yevrobozorda bu kabi sertifikatlar amaliyotda keng qo'llaniladi. Bu kabi depozit sertifikatlarining muddati
30 kundan 3-5 yilgacha bo'lishi mumkin. Yevrobanklar no minali 25 ming AQSH dollari va undan yuqori bo'lgan depozit sertifikatlarini qimmatli qog'ozlarning ikkilamchi bozorida so tish imkoniyatini taqdim etgan holda turli banklar va xususiy korxona yoki tashkilotlar o'rtasida joylashtiradilar. Muomaladagi muddatli depozit sertifikatlari, odatda brokerlarga sotiladi yoki innossament bo'yicha boshqa shaxsga o'tkaziladi. Depozit sertifi katlari yevrobanklarda omonatlarni ko'paytirgan holda, ularning kreditlash imkoniyati oshiradi va yevrobozorning kengayishini rag'batlantiradi. Yevrovalutadagi depozit sertifikatlari bo'yicha foiz stavkasi yevrodollar depozitlariga nisbatan past bo'lsada, ularni ikkilamchi bozorda oson sotish mumkin.
YevronotaJar - suzuvchi foiz stavkadagi qisqa muddatli maj buriyatlar h isoblanadi. 1980-yildan yevronotalar bilan operatsi yalar amalga oshirib kelinmoqda. Ular ba'zan yevrobank kafolati bilan turli kreditlash vositalariga ham almashtirilishi mumkin.
Yevroobligatsiyalar va yevronotalar o'zaro bir-biridan farq qiladi. Yevroobligatsiyalar taqdim etuvchiga ko'rinishida, ya'ni nomi yozilmasdan chiqariladigan qimmatli qog'oz hisoblanadi va savdo tizimlarining depozitariylarida saqlanadi. Bunday nomi yozilmagan qimmatli qog'ozlar odatda rivojlanayotgan mam lakatlarga joylashtiriladi. Yevroobligatsiyalarni chiqaradigan emi tentlarga qulaylik yaratish maqsadida ularning ta'minoti uchun zaxira shakllantirilmaydi.
Yevronotalar nomi yozilgan qimmatli qog'ozlar hisoblanadi va ular bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda emissiya qili nadi. Yevroobligatsiyalardan farqli ravishda yevronotalar ta'minoti uchun zaxira shakllantiriladi.
Yevropa ittifoqida bosqichma-bosqich yagona yevropa fond bozori shakllangan bo'lib, bunda Yevropa ittifoqida joriy etilgan quyidagi tamoyillar asosiy rol o'ynagan:
bank faoliyatini unifikatsiyalashga ruxsat berish;
o'zaro axborot almashinishini va tadbirkorlik faoliyatini erkinlashtirish;
bozor ishtirokchilarini mamlakatlarga qarashliligi bo'yicha nazorat qilish;
birjalararo axborot almashishning yagona tizimi yaratilishi.
Yevropa ittifoqida yagona moliyaviy muhitni shakllantirish uchun mamlakatlar moliya bozorlaridagi xususan, milliy fond bo zorlariga xos bo'lgan quyidagi asosiy farqlar bosqichma-bosqich bartaraf etib borildi:
birja operatsiyalarini milliy doirada tartibga solish (qim matli qog'ozlarni birja savdolariga qo'yishga ruxsat berish, ax borotlar oshkor etishga bo'lgan talablar va h.k.);
birjalarning operatsiyalar hajmi va milliy iqtisodiyotdagi roli;
qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi institutsional investorlar, ya'ni sug'urta kompaniyalari, pensiya fondlari, investitsiya fondlari, banklarning fond bozoridagi roli va o'rni bilan bog'liq farqlar.
Yevropa ittifoqida yagona fond bozori tarkibi shakllantiril gan bo'lib, u o'z ichiga aksiyalar, obligatsiyalar, davlat qimmat li qog'ozlari va hosila moliyaviy vositalar bilan operatsiyalarga ixtisoslashgan, hamkorlikda yangi tashkil etilgan qo'shma birjalar (Yevropa birjasi, Xalqaro birja, LIFFI va boshq.) va qator seg mentlarni oladi.
Yevropada tashkil etilgan yagona ssuda kapitallari va qimmatli qog'ozlar bozorlari yevropa iqtisodiy integratsiyasini tashkil etish da asosiy rol o'ynagan.
Hozirda jahon fond bozorlari infratuzilmasida quyidagi asosiy o'zgarishlar sodir bo'lmoqda:
Birinchidan, savdolarga xorijliklar ishtirok etishi uchun ularga alohida savdo maydonchalari tashkil etilmoqda. Xususan, Lon don fond birjasida yuzlab xalqaro investitsiya institutlari, 500 dan ortiq xorijiy banklar savdo qilishmoqda, 60 dan ortiq mamlakat xalqaro kompaniyalarining aksiyalari birja listingi ro'yxatida turib sotilmoqda.
lkkinchidan, jahon qimmatli qog'ozlar bozorida banklar ning roli boshqa moliyaviy vositachilar hisobiga qisqarayotgan bo'lsada, ular birjalarning ish vaqtlari tugab, yopilganda sav dolar uzluksizligini ta'minlovchi va anonim ravishda qimmatli qog'ozlar kotirovkasini amalga oshiruvchi xususiy elektron bro kerlik tizimlarini hamda moliyaviy vositalarning yangi turlarini yaratishmoqda.