To'lov balansining tarkibi hamda ularga xos xususiyatlar
To'lov balansi tarkibi. To'lov balansini tuzishning turlicha us lubiyati mavjud bo'lib, hozirgi kunda Xalqaro valuta fondi (XVF)
taklif etgan metodika (uslubiyat)dan, ya'ni to'lov balansi mod dalarining tasnifidan mamlakatlar amaliyotida keng qo'llaniladi. Mazkur uslubiyatda obyektiv reallik ko'proq ko'rinadi, xususan to'lov balansi ikkita yirik bo'limga ajratilgan. Bu bitimlarning hisobini yuritishning ikki tomonlama xususiyatidan, ya'ni savdo va moliyaviy jihatidan kelib chiqqan holda yaratilgan. Xususan, tovarlar va xizmatlar eksporti norezidentlar oldida rezidentlar ning talablarini oshiradi (to'Iov balansida <<+>> ishorasi bilan aks ettiriladi), bu esa, o'z navbatida norezidentlar oldidagi moliyaviy majburiyatlarning kamayishiga olib keladi (<<->> ishorasi bilan bel gilanadi). Har ikkita hisob-kitob yozuvlarining yig'indisi nolga teng bo'lishi lozim. Tovarlar va xizmatlar eksporti natijasida mamlakatda valuta zaxiralari to'planib boradi va ular import ope ratsiyalari to'loviga xizmat qilishi mumkin.
Agar mamlakatda import operatsiyalari to'lovi uchun yetarlicha valuta zaxiralari mavjud bo'lmasa, u xorijdan qarz mablag'larini jalb etishi mumkin. Bu kabi qarz mablag'larini davlatlar o'zlarining tovarlar va xizmatlar eksportini doimiy oshirib borish orqali qop lashi mumkin. Bunday holatda, bitimning savdo qismi (tovarlar va xizmatlarning mamlakatga kirib kelishi) bo'yicha chet elliklar oldida so'ndirishni talab qiluvchi (<<->> ishorasi bilan belgilanadi gan) mamlakat qarzdorligining paydo bo'lishiga olib keladi. Mam lakatga norezidentlarning kreditlarini jalb etish esa mamlakatning chet elliklar oldida moliyaviy majburiyatlari ortishiga sabab bo'ladi va <<+>> ishorasi bilan aks ettiriladi.
Mazkur holatni yanada yaqqolroq tasavvur etish uchun haqi qatda mamlakatga kirib kelgan va chiqib ketgan valutaviy tushum va to'lovlar nisbatini olish mumkin.
Mamlakatning to'lov balansi sanoat korxonalari balansiga o'xshab emas, balki bank balansiga o'xshash holda tuziladi. Ma salan, O'zbekistondagi korxona 100 ming AQSH dollarlik mahsu lotni eksport qilib, to'lovni uch oy davomida olishga sotib oluvchi bilan kelishgan. O'zbekiston to'lov balansida dastlab mazkur sum ma tovarlar eksporti sifatida balansining kredit qismida yoziladi
va bu xorijdan to'lovni talab qilish huquqini beradi. So'ngra ush bu summa qisqa muddatli kapital sifatida to'Iov balansining debet qismida aks ettiriladi va u O'zbekistondan qisqa muddatli kapital ning chiqib ketishini anglatadi. Ya'ni O'zbekistonlik eksportyor xorijiy importyorga 3 oylik kredit bergan deb hisoblanadi. Bunda O'zbekistonning xorijdagi aktivlari ortadi va to'lov balansining kapital qismi debetlanadi. Mazkur operatsiyani quyidagi shaklda yozish mum kin:
Tashqi iqtisodiy operatsiyalar
|
Kredit (+)
|
Debet (-)
|
Tovarlar eksporti, ming AQSH
dollarida
|
100
|
-
|
Qisqa muddatli kapital chiqishi
- ming AQSH dollarida
|
-
|
JOO
|
Qaytarmaslik sharti bilan boshqa mamlakatlarga taqdim eti ladigan iqtisodiy boyliklar (mahsulotlar, xizmatlar va moliyaviy aktivlar) to'lov balansi moddalarida ikki yoqlama yozuv tamoyili asosida qanday aks ettiriladi, degan tabiiy savol paydo bo'ladi. Bu kabi operatsiyalar uchun to'lov balansida alohida <AQSH dollari miq doridagi mahsulotlarni oldi. O'zbekiston to'lov balansida bu ope ratsiya quyidagi ko'rinishda aks ettiriladi:
Tashqi iqtisodiy operatsiyalar
|
Kredit (+)
|
Debet (-)
|
Ijtimoiy yordam (import), min
AQSH dollarida
|
-
|
IO
|
Bir tomonlama o'tkazmalar, min
AQSH dollarida
|
10
|
-
|
Shunday qilib, to'lov balansining kredit qismida mahalliy ak tivlar (mahsulotlar, moddiy va moliyaviy boyliklar)ning chetga chiqib ketishi (kamayishi), aksincha esa, ya'ni xorijiy mamlakat
aktivlari (mahsulotlar, moddiy va moliyaviy boyliklar)ning mam lakatga kirib kelishini (ortishini) ko'rsatadi. Passiv (majburiyat lar)ga nisbatan esa mazkur qonuniyat teskari amal qiladi. Ma salan, O'zbekiston AQSHdan 10 mlrd AQSH dollari miqdorida mablag'ni qarzga oldi, O'zbekiston bu yerda nafaqat aktivga ega bo'lmoqda, balki passiv (AQSH oldida majburiyat)ga ega bo'lmoqda. Bunda to'lov balansida aktivning hisobi debet, pas sivning hisobi esa kredit bo'ladi. Bu O'zbekiston to'lov balansida quyidagicha aks ettiriladi:
Tashqi iqtisodiy operatsiyaJar
|
Kredit (+)
|
Debet (-)
|
Aktiv, mJrd AQSH dollarida
|
-
|
IO
|
Passiv, mlrd AQSH dollarida
|
IO
|
-
|
Xalqaro iqtisodiy operatsiyalarni to'lov balansining debet yoki kredit qismida aks ettirishning umumiy qoidasi quyidagi jadvalda keltirilgan:
Operatsiya
|
Kredit (+)
|
Debet (-)
|
TovarJar va xizmatJar
|
TovarJar va xiz- matJar eksporti
|
TovarJar va xiz- matlar importi
|
lnvestitsiyaJardan daromadJar va mehnatga haq to'lash (ish haqi)
|
Norezidentlar- dan tushgan (olingan) tu-
shum
|
Norezidentlarga to'Jovlar
|
Bir tomonlama o'tkazmalar
|
MabJag'larn i olish
|
Mablag'larni berish
|
Moliyaviy aktivlar bilan ope- ratsiyaJar
|
Uzoq va qisqa
muddatli kredit- Jami oJish
|
Uzoq va qisqa
muddatli kredit- Jami berish
|
To'lov balansi ikkita yirik bo'limga bo'linadi, ya'ni joriy ope ratsiyalar hisobi (current account balance) bo'limi hamda kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobi (capital and fi nancial account) bo'limi. XVF mamlakatlar to'lov balansini ikki
xii ko'rinishda, ya'ni jamlangan va operatsiyalari batafsil, to'liq ko'rsatilgan holda e'lon qiladi.
To'lov balansi moddalarini XVFning davriy nashrlarida beri ladigan to'liq tarkibi tuzilishi:
N |
TO'LOV BALANSI
|
Summa
|
Balansning bo'lim va moddalari
|
DEBET
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |