J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy



Download 1,93 Mb.
bet74/131
Sana29.03.2022
Hajmi1,93 Mb.
#515588
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   131
Bog'liq
xalqaro moliya munosabatlari

Mamlakat to'lov balansining makroiqtisodiy modeli

Mamlakat to'lov balansi mahsulot va xizmatlar bozori moli­ yaviy oqimi uzviy aloqaga ega. Bu aloqadorlikni milliy hisob­ chil ik tizirni orqali quyidagicha ifodalash mumkin:
Y=C+l+G+Xn (I)
Bu yerda: Y - yalpi milliy mahsulot hajmi; C - iste'mol xara­ jatlari hajmi; I - investitsion xarajatlar hajmi; G -davlat (budjet) xarajatlari hajmi; Xn- mamlakatning sof eksport hajmi.
Mazkur t:englikni quyidagi shaklga almashtirish mumkin:
Y-C-G=I+Xn (2)
Natijada, (Y-C-G) ushbu holat milliy jamg'arish (S) hajmini ifodalab, lenglikni quyidagi shaklda yozish imkonini beradi:
S=I+Xn (3)
Bir mamlakat iqtisodiyotida milliy jamg'arish hajmi(S)ni ik­
kiga ajratib ko'rsatish ham mumkin (S= S1+ S2) . Ya'ni shaxsiy jamg'arma (S1 = Y-T) va davlat jamg'armasi (S2 =T-G). Buyer­ da: T - davlat budjetiga soliqlardan tushum va majburiy to'lovlar
hajrni.
(3) formuladan tenglikning bir tomoniga barcha ko'rsatkich­ larni olib o' tgan holda, milliy hisobchilik tizimida juda muhim bo'lgan quyidagi ifodaga ega bo'lamiz:
(l-S)+Xn=O (4)
Mazkur ifoda, milliy hisobchilik tizimida kapitalni jamg'arish (1--S) uchun xalqaro mablag'lar oqimi va xalqaro tovar hamda xizmatlar oqimi (Xn) o'rtasidagi aloqadorlikni ko'rsatib beradi. Tenglikning har bir bo'lagi to'lov balansi bilan bog'liq o'z nomiga ega, ya'ni:
(1-S) - to'lov balansida kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobi qoldig'ini ko'rsatadi.
Xn - to'lov balansidagi joriy operatsiyalar hisobi qoldig'ini ko'rsatadi.
Kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobi qoldig'i (I-S) mamlakat ichidagi jamg'armadan investitsiyalar­ ning ortiq qismini ko'rsatadi. Mamlakat ichidagi investitsiyalar jamg'armadan ochiq iqtisodiyot sharoitida ortiq bo'lishi mum­ kin. Chunki investorlar o'z loyihalarini moliyalashtirish uchun mamlakat ichidagi jamg'armadan ortiqcha mablag'ni faqat ja­ hon moliya bozoridan jalb etadi (oladi). Joriy operatsiyalar hisobi qoldig'i (Xn) mamlakatning sof eksporti evaziga xorijdan olingan mablag'larni anglatadi.
Milliy hisobchilik tizimining asosiy ayniyatlari to'lov balan­ sining kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hiso­ bi va joriy operatsiyalar hisobi o'zaro muvozanatlashgan, ya'ni tenglashgan bo'lishi lozim. Bu esa, to'lov balansida kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobi qoldig'i bilan joriy operatsiyalar hisobi qoldig'i yig'indisi nolga teng bo'lishini ang­ latadi va quyidagi ayniyat to'lov balansi uchun milliy hisobchilik tizimidagi asosiy tenglama ekanligini ko'rsatadi.
(1-S)+Xn=O = BP (Balance of Payments)
Agar, (I-S) qiymat ijobiy bo'lsa va (Xn) manfiy bo'lsa, kapi­ tal va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobi qoldig'i ijobiy va joriy operatsiyalar hisobi qoldig'i salbiy (defitsit) bo'lganligini anglatadi. Bu esa, biz jahon moliya bozoridan qarz olgan holda, o'zimizning eksportimizdan ko'p import qilganligimizni bildiradi. Agar, (1-S) qiymat manfiy (taqchillik) bo'lsa va (Xn) ijobiy bo'lsa, kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobi qoldig'i salbiy (defitsit) va joriy operatsiyalar hisobi qoldig'i esa profitsit bo'lganligini anglatadi. Bu esa, biz jahon moliya bo­ zoriga kreditor sifatida chiqayotganligimizni va o'zimizning im­
portimizdan ko'p eksport qilayotganligimizni bildiradi.
Bir tomondan, bir mamlakat jamg'armasi undagi investitsiya­ Iar miqdoridan ortiq ketadigan bo'lsa, ortiqcha qism xorijga kredit
sifatida beriladi. Boshqa mamlakatga ega o'sha mamlakat tovar­ lari va xizmatlarini sotib olishi (import) uchun ortiqcha moliyaviy mablag' kerak bo'ladi va Xn ijobiy qoldiqqa ega bo'ladi.
Boshqa Lomondan esa, agar bizning investitsiyamiz o'z jamg'armalarimizdan ortib ketsa, ortiqcha investitsiyalar xorijiy mamlakatlardan mo!iyalashtirilganligini anglatadi. Jalb etilgan ushbu qarz mablag'lari hisobiga o'z eksportimizdan ko'ra ko'proq mahsulotni import qilish imkonini beradi va Xn salbiy qoldiqqa ega bo'ladi.
Xalqaro kapital oqimi bir gator shakllarda bo'lishi mumkin. Kapital harakatidagi ijobiy qoldiq yuzaga kelsa, odatda mam­ lakat chet eldan qarz olgan hisoblanadi. Xuddi shunday, kapital­ ning xalqaro joylashuvi chet elliklar tomonidan o'sha mamlakat aktivlariga ega bo'lish shaklida ham bo'lishi mumkin. Masalan, yaponiyal ik investorlar amerikadagi Rokfellerlar markazini egal­ laganda, ushhu bitim natijasida AQSH to'lov balansining kapital harakati hisobi ijobiy qoldiqqa ega bo'lgan, lekin Yaponiyadan qarz olmagan. Xorijliklar tomonidan mamlakatning ichki qarz majburiyatlari (davlat obligatsiyalari va h.k.) olinganda, ya'ni mamlakat chetdan qarz olganda ham, mamlakat ichidagi ak­ tivlarga ega bo'lganda ham, ularning ushbu mamlakat kapitali­ dan kelajakda olinadigan daromadga ega bo'lish huquqi mavjud. Boshqacha aytganda, har ikki holatda ham, chet elliklar ush­ bu mamlakat kapital zaxirasining ma'lum bir qismiga (ulushi­ ga) ega bo'lishadi. Tashqi iqtisodiy faoliyat natijasidan olingan ijobiy qoldiqlar, <>, mamlakatning xalqaro kapital za­ xirasi sifatida rasmiy oltin-valuta zaxirasiga jamlanadi. Shuning uchun ham, yuqorida keltirilgan to'lov balansining makroiqti­ sodiy formulasi qisqacha (sodda) ko'rinish bo'lib, unga mam­ lakatning oltin valuta zaxiralari harakati (OR - official reserves) ning hisobi qo'shilmagan. ORning o'zgari i davlatning oltin valuta jamg'armasining kamayishi yoki ko'payishini o'zida ifo­ dalaydi. Bunda kapital harakati hisobi bilan bog'liq bo'lgan ope­ ratsiyalar kirmaydi.
To'lov balansining yakuniy makroiqtisodiy modeli quyidagi ko'rinishga ega:
(I - S) +Xn + OR =O
Shunday qilib, joriy operatsiyalar hisobi qoldig'i, nafaqat xalqaro kapital harakati hisobi qoldig'i bilan, balki ((I - S)+ OR) summa bilan tenglashtiriladi.


    1. Download 1,93 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish