Transformatorning nol ketma-ketlikli toklari bo'lmagan nosimmetrik yuklama. Agar transformatorning ikkilamchi chulg‘amida nol simi chiqarilmagan bo‘lsa nosimmetrik yuklamada ham nol ketma- ketlikli toklar I(0 bo‘lmaydi. Bu natijaga transformatorning chulg'amlari A/Y, Y/A, Y/Y, A/A sxemalariga ulanganda erishiladi.
Bu sxemalarda birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlaridagi fazalaming toki magnit jihatdan o‘zaro muvozanatlashadi va kuchlanishlar uchburchagining “0” nuqtasi bu holda o‘z holatini o‘zgartirmaydi.
Standartga binoan, agar teskari ketma-ketlik tashkil etuvchisi to‘g‘ri ketma-ketlik tashkil etuvchisining 5 foizidan oshmasa, unda uch fazali kuchlanish va toklar sistemasi amaliy jihatdan simmetrik hisoblanadi.
Transformatorlarda o‘tish jarayonlari
/. Yuklama ulanmagan transformatorni elektr tarmogUga qo'shish
Agar transformatoming ikkilamchi chulg‘amiga yuklama ulanmagan ho'lsa, barqaror ish holatda birlamchi chulg‘amdan salt ishlash toki o‘tadi (bu tok nominal tokning juda kam qismini tashkil qiladi).
Agar transformator elektr tarmog‘iga bevosita qo‘shilsa, o‘tish jarayoni sodir bo‘lib, undaga tokning qiymati nominal tok IlN ga nisbatan bir necha marta oshadi va qisqa vaqt ichida barqaror qiymatigacha kamayadi (8.5,6-rasm).
J t >«< 111 > i
8.5-rasm. Yuklama ulanma- gan o'rta quvvatli bir fazali transformatomi elektr tarmog'iga bevosita qo‘shish sxemasi (a) va bu jarayondagi tok ossillogrammasi (b)
tA
cJt
0‘tish jarayonidagi transformator kuchlanishlari muvozanat tenglamasi quyidagicha yoziladi:
. u, = /0r, + w,dO/ dt . (8.6)
Bu tenglama egri chiziqlidir, chunki po‘lat o‘zakdagi magnit oqim F ning salt ishlash toki /0 ga nisbatan o'zgarishi to‘g‘ri chiziqli emas. Magnit oqim O o‘zining maksimal qiymatiga transformatorni elektr tarmog‘iga ulagandan keyin tot»7i da erishadi. 0‘tish jarayonida magnit oqimning oshishi magnitlovchi tokning ko'payishiga sabab bo'ladi. Transformator magnitlanish xarakteristikasining egri chiziqli bo‘lganligidan o‘tish jarayonida I0 tokining oshishi magnit oqimning ko'payishiga nisbatan ham ortiq bo'ladi.
Transformatomi elektr tarmog‘iga bevosita qo‘shishning dastlabki paytida magnitlovchi tokning keskin oshgaijdagi oniy qiymati uning nominal toki I1N qiymatiga nisbatan (2-5-5) marta, salt ishlash tokining
barqaror rejimdagi qiymatidan esa (10(M20) marta katta bo‘ladi.
Transformatorning ikkilamchi chulg'ami to'satdan qisqa tutashishi. Transformatorning ikkilamchi chulg‘ami U,= U1N da to‘satdan qisqa tutashsa undagi tokning qiymati nominal tok I]N ga nisbatan (15-5-20) marta katta bo‘ladi. Bu holdagi tokni zarbiy tok (i,qlz= i( linM) deb ataladi va quyidagicha aniqlanadi:
bqt.3 ^lqLmax
(8.7)
[ i+
bunda — so‘nishning vaqt doimiyligi, ya'ni qisqa tutashuvdagi tokning erkin tashkil etuvchisi so‘nishiga ketgan vaqt (8.6-rasm).
rasm. Nominal kuchlanish bilan ishlayotgan transformatorning ikkilamchi chulg'ami to‘satdan qisqa tutashgandagi tokning vaqt boyicha o ‘zgarish grafigi.
da o‘rta qavsning ichidagi son esa zarbiy tok koeffitsienti K,zmax bo'ladi va u T^ ning qiymatiga bog‘liq holda (1-h2) oraliqda o‘zgaradi. Katta quwatli transformatorlar uchun Kzmax= 1,7:1,8 ga, kam quwatli transformatorlar uchun esa, bu koeffitsient 1,2-: 1,3 ga teng.
Kam quwatli transformatorlar uchun vaqt doimiysi T = 0,006 s., katta quwatli transformatorlar uchun esa u 0,05 s. ga teng.
0‘tish jarayonining davomiyligi taxminan t = (3-:-4)T s. ga teng. Demak, transformatorlarning kam quwatlisida o‘tish jarayoni tok o'zgarishining bitta davrigacha, katta quwatlilarda esa (6+8) davrigacha davom etadi.
Zarbiy tok i|ql z ning transformator nominal toki amplitudasiga nisbati quyidagiga teng:
>•„_/ < 1,N> - (100/ 0.,«,) K,™ = 27*12, (8.8)
(katta qiymatlar kam quwatli kuch transformatorlariga to‘g‘ri keladi).
Qisqa tutashuvda transformator chulg'amlariga ta'sir qiladigan elektromagnit kuchlar zarbiy toklarning kvadratiga mutanosib ravishda o'zgarishi tufayli, bu kuchlar normal ish rejimidagi kuchlarga nisbatan 729^-144 marta oshadi. Bu kuchlar o‘zining yo‘nalishini o‘zgartirmagan holda 2f = 2-50 = 100 Hz chastota bilan pulslanadi. Bunday qisqa muddatli katta kuchlarga chulg‘amlar bardosh berishi uchun ular ishonchli mahkamlanishi kerak.
Amalda transformatorning himoya qurilmalari tok o‘zgarishining
.4 davridan keyin ishga tushib, transformatomi elektr tarmog‘idan uzib qo'yishi kerak.
Nazorat savollari:
Do'stlaringiz bilan baham: |