a — soddalashtirilgan vektor diag- rammasi (qisqa tutashuv uchburchagi OBK) va b — almashtirish sxemasi.
Nazorat savollari: Transformatorga ulangan yuklama o ‘zgarishining asosiy magnit oqimga ta 'sirini Lens qoidasi orqali qanday tushuntiriladi?
Keltirilgan transformator nima va uning parametrlari real transformatomikidan nima bilan farq qiladi?
Yuklama ulangan transformatoming vektor diagrammalari qanday quriladi?
Qisqa tutashuv tajribasi nima maqsadda o ‘tkaziladi? BOB. TRANSFORMATORNING EKSPLUATATSION
XARAKTERISTIKALARI Transformatorning tashqi xarakteristikalari va kuchlanish o‘zgarishi rasmdagi vektor diagrammalar yuklama ulangan transforma- torning barqaror rejimdagi ish jarayonini to‘la aks ettiradi, lekin ular bo‘yicha amalda taxminiy tekshirishlar uchun hisob o'tkazish qiyin. Shu sababli katta quwatli transformatorlarda I# tokining juda ham kamligidan uni 0 ga tenglaganda toklaming muvozanat tenglamasi (I( * —1'2) hamda yuklama ulangan transformatorning almashtirish sxemasi ancha sodda ko‘rinishga ega bo‘ladi
(5.1,n-rasm) va transformator ish jarayonini taxminiy hisoblashni ancha osonlashtiradi. Bunday holdagi vektor diagrammani soddalashtirilgan vektor diagramma deyiladi va u amalda keng foydalaniladi (5.1,6-rasm).
Aktiv-induktiv yuklama uchun qurilgan soddalashtirilgan vektor diarammani qurish uchun tok I,=—1'2, kuchlanish U'2va ular orasidagi burchak
2 hamda transformator chulg'amlarining qarshiliklari yoki qisqa tutashuv kuchlanishi u ., uning aktiv (uqta.) va reaktiv (uqtr.) tashkil etuvchilari ma’lum boljshi lozim.
Transformatorda kuchlanish oizgarishi.Transformatoming birlamchi rasm. Yuklama ulangan transformatoming soddalashtirilgan almashtirish sxemasi (a) va uning vektor diagrammasi (b) hamda AU ni hisoblash formulasini keltirib chiqarishga oid vektor diagramma (d).
chulg‘amiga berilgan kuchlanish Uj=U1N=const va tok chastotasi ham f=fN = const bo‘lganda salt ishlashidagi va yuklama tokining nominal qiymatidagi ikkilamchi chulg‘am kuchlanishlari ayirmasiga transformator kuchlanishining o‘zgarishi (AU) deyiladi. Umumiy maqsadli kuch transformatorlari asosan aktiv-induktiv yuklamada ishlagani tufayli, mazkur o‘zgarish kuchlanish tushishi ko'rinishida namoyon bo‘ladi. Bu kattalik transformatorni ishlatishda muhim xarakteristikalardan biridir.
AU ni aniqlash formulasi birlamchi chulg‘amiga berilgan kuchlanishi U=U1N va ikkilamchi chulg‘am toki I'2= I'2N= I1N bo‘lgan hol uchun nisbiy birliklarda qurilgan soddalashtirilgan vektor diagramma (5.1 ,b- rasm)dan keltirib chiqariladi.
Ikkilamchi chulg'amda AU ning qiymati nominal kuchlanishga nisbatan foizlarda quyidagicha aniqlanadi:
AUN(%)=100 (U10-U’2) / u20= 100 (U1N - U’2) / u1N, (5.1) bunda, U'20= U1N — keltirilgan transformator uchun.
Odatda AU (5.1 ,^-rasmda — AD) qisqa tutashuv kuchlanishining aktiv uq t a(%)va reaktiv uq t r (%) tashkil etuvchilari orqali foizlarda hisoblanadi: