J. M. Keyns ta’limoti



Download 242.05 Kb.
bet5/5
Sana25.03.2020
Hajmi242.05 Kb.
1   2   3   4   5

Multiplikator

J.M.Keyns investitsiyalarning ko‘payishi bilan milliy daromadning ko‘payishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni taxlil qildi. Uning ko‘rsatib berishicha, investitsiyalarning ko‘payishi milliy daromadning o‘sishiga olib keladi va u quyidagi formula ko‘rinishida ifodalanadi:


Y = I

Bu yerda Y- milliy daromadning o‘sishi, I – investitsiyalarning o‘sishi tufayli yuzaga kelgan.

Investitsiyalarning ko‘payishi va uning natijasida milliy daromad va aholining ish bilan bandligining o‘sishi maqsadga muvofiq iqtisodiy samara sifatida ko‘riladi. Ana shu iqtisodiy samara iqtisodiy adabiyotlarda multiplikator samarasi deb ataladi. Multiplikator – bu son koeffitsenti bo‘lib, daromad o‘sishi bilan, ushbu o‘sishni yuzaga keltirgan investitsiyalar o‘simi o‘rtasidagi nisbatni ifodalab beradi. Multiplikator atamasini birinchi marta ingliz iqtisodchisi R.Kan 1931 yili ishlatgan. R.Kanda ish bilan bandlik sohasidagi multiplikator samarasi to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Uning ko‘rsatib berishicha, davlat tomonidan ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil qilish ish bilan ta’minlangan kishilarni xarajatlarining ko‘payishiga olib keladi va o‘z navbatida xarajatlarning o‘sishi endi xususiy sektorlarda ish joylarining barpo etilishini rag‘batlantiradi. Shunday qilib, dastlabki ish joylariga nisbatan ko‘proq ish bilan bandlik yuzaga keladi.

R.Kanning «ish bilan bandlik multiplikatoridan» J.M.Keynsning «Investitsiyalar multiplikatori» farq qilgan holda, u «qachonki investitsiyalarning umumiy summasi o‘ssa, unda daromad summasining ko‘payishi va uning investitsiyalar o‘simidan K marta ortiq bo‘lishini ifodalab beradi». J.M.Keynsning ta’kidlashicha, bunday holatning sababi «psixologik qonundan» kelib chiiqadi, unga ko‘ra «real daromadning o‘sib borishi bilan jamiyat uning doimo kamayib boruvchi qismini iste’mol qilishni xohlaydi».

J.M.Keyns nazariyasiga ko‘ra, multiplikator jamg‘arishga bo‘lgan me’yorli moyillikka teskari kattalikdir yoki 1 soni bilan iste’molga bo‘lgan me’yorli moyillik o‘rtasidagi farqga teskari kattalikdir, ya’ni.

Multiplikator samarasi, yuqorida qayd qilib o‘tganimizdek investitsiyalarning ko‘payishi daromadning ortishiga olib kelishini ko‘rsatadi va bu ortgan daromad (jamg‘armani chiqarib tashlagandan keyin) yalpi talabning bir qismiga aylanadi. Daromadlarning multiplikatsiyalashuvi jarayoni to‘xtamaguncha shunday davom etib boraveradi. Bu yerda shu narsani qayd qilib o‘tish kerakki kishilarning jamg‘armaga bo‘lgan moyilligi qancha ko‘p (shunga muvofiq MRS miqdori kam) bo‘lsa, multiplikatorning ahamiyati shuncha kam bo‘ladi. To‘la ish bilan bandlik sharoitida multiplikator amal qilmaydi, negaki bo‘sh turgan resurslarning bo‘lmaganligi sababali ishlab chiqarishini ortiqcha kengaytirib bo‘lmaydi. Real ijtimoiy mahsulot ko‘paymagan holda resurslarni faqat tarmoqlararo qayta taqsimlash yuzaga keladi. Multiplikatsiyalashgan iste’molning kengayishi baholarning o‘sishida ifodalanadi.

Aynan multiplikator samarasining amal qilishi orqali jamg‘arma va investitsiyalarning tenglashuvi yuzaga keladi. Agar investitsiyalr jamg‘armadan kam bo‘lsa, unda samarali talab milliy daromad xajmini kamaytiradi, bu esa o‘z navbatida jamg‘arma miqdorining pasayganini bildiradi. Aksincha, investitsiyalar jamg‘armadan ortiqcha bo‘lsa, milliy daromadning o‘sishiga va jamg‘armaning ko‘payishiga olib keladi.

Likvidlik ustunligi nazariyasi

J.M. Keyns investitsiyaga ta’sir etuvchi asosiy omil sifatida foizni taxlil qildi. Yangi klassiklaridan farqli ravishda, J.M.Keynsning aytishicha, foiz jamg‘arma va investitsiyalar bozorda emas, balki pul bozorida o‘rnatiladi. U «likvidlik ustunligi» (odam o‘zida naqd pul bo‘lishini xohlash) tushunchasini kiritdi. Agar yangi klassiklarda pul zahirasini jamg‘arish noratsional hisoblansa, J.M.Keyns bo‘yicha esa bunday jamg‘arma bo‘lajak xo‘jalik vaziyatini prognozlashtirib bo‘lmasligi, xo‘jalik xatari mavjudligining muqarrar natijasidir. O‘z ishlarining yurishib ketishidan xavotirlanish, kelajakka ishonmaslik kishilarni naqd pul saqlashga undaydi. Bundan tashqari, yuqori likvidlik moliyaviy aktivlar moliya bozoridagi «o‘yinda» muayyan ustunlik berishi mumkin: qimmatli qog‘ozlarning kursi pasayganda ularni tezda sotib olish uchun naqd pullar asqotadi.

Kishilarning o‘z uylarida naqd pul zahiralarini ushlab turishi, J.M.Keyns bo‘yicha, quyidagi sabablarga bog‘liq:


  • xarid qilish zarurligi (transaktsion motiv)

  • kutilmagan vaziyat uchun (ehtiyot shartdan)

  • olib sotarlik sababi.

Birinchi ikkita sababni pulning miqdoriy nazariyasining kembridj varianti tarafdorlari ko‘rsatib o‘tgan. Olib sotarlik sababi bozor foiz normasining tebranib turishi bilan bog‘liq.

Bozorda faqat ikkita moliyaviy aktiv ishtirok etadi, deb faraz qilaylik. Ularning biri naqd pullar, ikkinchisi, obligatsiyalar bo‘lib, ulardan keladigan daromad ularning nominal qiymatiga nisbatan olingan. Bunday obligatsiyalar bo‘yicha olinadigan daromadlarni ularning bozor qiymatiga bo‘lgan nisbati foiz stavkasini belgilaydi. Buning ustiga obligatsiyalar kursining va foiz stavkasining o‘zgarishi o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud: obligatsiyalar qancha qimmat bo‘lsa, foiz shuncha past bo‘ladi va aksincha. Endi foiz stavkasi normal darajadan pastga tushdi, deb faraz qilamiz. Bunday sharoitda odamlar uning ko‘tarilishini kutadilar, negaki u obligatsiyalar kursiga salbiy ta’sir etadi (ularning qiymati foiz stavkasi oshganda pasayadi). Shuning uchun bunday vaziyatda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘z jamg‘armalarini pul shaklida saqlashni afzal ko‘radilar(mablag‘larni arzonlashib boruvchi qimmatli qog‘ozlarga ko‘yish befoyda). Aksincha, foiz stavkasi yuqori bo‘lganda obligatsiyalarga bo‘lgan talab oshadi, negaki kishilar ularni kursi oshishiga o‘ynashni xohlaydilar. Natijada naqd obligatsiyaga bo‘lgan talab pasayadi.

Bundan «likvidlik ustunligi» tushunchasi yoki zamonaviy iqtisodiy fan tili bilan aytganda pulga bo‘lgan talab o‘z-o‘zidan kelib chiqadi. Likvidlikka bo‘lgan talab bilan foiz stavkasi o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud: foiz stavkasi qancha yuqori bo‘lsa, odamlarda o‘z aktivlarni naqd shaklda saqlashga bo‘lgan xohish shuncha kam bo‘ladi va aksincha.

Shunday qilib, pulga bo‘lgan yalpi talab ikki qismdan tashkil topadi: a) oldi- sotdi (sdelka) uchun talab (milliy daromad darajasidan kelib chiqadigan funktsiya), b) chayqovchilik uchun talab (foiz stavkasi funktsiyasi):



D=f(Y,R)

Ehtiyotkorlik ham likvidlik ustunligini keltirib chiqaruvchi sabablardan biri hisoblanadi. Qimmatli qog‘ozlar – jamg‘arma to‘plashning xatarli shaklidir. Shuning uchun odamlarga aktivlari daxlsiz hisoblangan naqd ko‘rinishdagi o‘ziga xos sug‘urta fondi zarur.



Pul bozori va foiz stavkasi

Keynscha modelda baholar o‘zgaruvchan emas. Shuning uchun pul massasining ko‘payishi ishlab chiqarish darajasiga baholarning o‘sishi orqali emas, balki foiz stavkasi orqali ta’sir ko‘rsatadi. Agar yangi klassiklar pul massasi makroiqtisodiy jarayonlarga faqat «to‘g‘ri» ta’sir ko‘rsatish mexanizmini, Viksell - ham «to‘g‘ri» ham «egri» mexanizmlarini tadqiqot qilgan bo‘lsalar, J.M.Keyns esa e’tiborni faqat

«egri» mexanizmga qaratdi.

Foiz stavkasi ikkita sababga ko‘ra o‘zgarishi mumkin: yokishilarning o‘z aktivlarining bir qismini pul shaklida ushlab turishga bo‘lgan xohishiga nisbatan ularning psixologik kayfiyatidagi o‘zgarishlar oqibatida (pulga bo‘lgan talab egri chizig‘ining siljishi), yoki pul massasining o‘zgarishi natijasida (pul taklifi egri chizig‘ining siljishi). Agar foiz stavkasi R1 darajada o‘rnatilgan bo‘lsa (3-rasmga qarang), unda uning R2 darajaga pasayishi faqat pulga bo‘lgan talab egri chizig‘i chapga (D2) siljigandagina, yoki pul taklifi egri chizig‘ining o‘ngga (S2) siljishi natijasida sodir bo‘ladi.



Yuqorida aytilganlardan xulosa qilib, pul taklifi miqdori foiz stavkasiga va demak, investitsiyalar hajmiga ham ta’sir ko‘rsatadi deyish mumkin. Masalan, muomaladagi pul miqdorining M1 dan M2 ga o‘sishi foiz stavkasini R1 dan R2 ga pasaytirdi va investitsiyalar darajasini I1 dan I2 ga oshirdi (4-rasmga qarang).

Ammo foiz stavkasi juda past bo‘lganda pulga bo‘lgan talab mutlaqo elastik holatda bo‘ladi, negaki odamlar barcha boshqa aktiv turlariga qaraganda naqd pulni afzal ko‘radilar. J.Robinson bu vaziyatni «likvidlik tuzog‘i» deb atagan. Bunday vaziyatda pul emissiyasi befoyda, negaki foiz stavkasini pasaytirish mumkin bo‘lmay qoladi. Iqtisodchilar, J.M.Keynsning o‘zi real hayotda likvidlik tuzog‘ining amal qilish mumkinligiga ishonganmi yoki bunday vaziyatni mushohada (o‘y – xayol) deb hisoblaganmi, xanuzgacha baxslashib kelmoqdalar.

J.M.Keyns asarida likvidlik tuzog‘ining ikki tushunchasini topish mumkin. Birinchidan, foiz stavkasi past bo‘lganda (va demak, obligatsiya qiymati yuqori bo‘lganda) qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari uning oshishini kutadilar (obligatsiyalar qiymatining pasayishini). Shuning uchun ular bugungi kunda qimmat obligatsiyalarni sotib olmaydilar va o‘z aktivlarini likvidli shaklda saqlaydilar (chayqovchilik sababi). Ikkinchidan, past foiz stavkasi pulni qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishida saqlash xatarini qoplamaydi va ehtiyotkorlik sababidan kelib chiqqan holda odamlar o‘z jamg‘armalarini xavfsiz bo‘lgan naqd pul ko‘rinishida ushlab turishni afzal ko‘radilar.



Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblashning chora-tadbirlari

J.M.Keyns ta’limotidagi asosiy yutuqlardan biri shundan iboratki, unda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solib turishning zarurligi ko‘rsatib berildi. Bu yerda shu narsani aytib o‘tish joizki, J.M.Keynsdan oldingi iqtisdchilar (D.Rikardo, A.Pigu, K.Viksell) ham bu borada nazariya yaratganlar. Ammo J.M.Keyns nazariyasi uning o‘tmishdoshlari va zamondoshlari nazariyalaridan shu bilan farq qiladiki, u ishsizlik va ortiqcha ishlab chiqarish inqirozlari tasodifiy, o‘z-o‘zidan yuaga keladigan hodisalar emas, balki bozor mexanizmi harakati tug‘diradigan hodisalar ekanligini isbotlagani holda, birinchi marta iqtisodiyotni davlat tomonidan muntazam, uzluksiz ravishda tartibga solib turish zarurligini ko‘rsatib beradi. J.M.Keyns bu bilan klassiklar tomonidan ishlab chiqilgan va o‘sha paytda hukumron bo‘lib turgan tartiblashning mikroiqtisodiy yondashuvini rad etdi. Firmaning (mikroiqtisod) rivojlaanishi sharoiti bir butun milliy iqtisodiyotning (makroiqtisodiy) rivojlanish sharoitini belgilab berolmasligini ko‘rsatib berdi.

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblashning keynscha nazariyasi uch asosiy holatni o‘z ichiga oladi: birinchidan, o‘z-o‘zidan harakatga keladigan bozor mexanizmiga baho beriladi; ikkinchidan, iqtisodiyotning boshboshdoqlik asosida rivojlanishi jarayonida bo‘ladigan qiyinchilik va ziddiyatlarning sabablari talqin qilinadi; uchinchidan, kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida iqtisodiyotni tartiblash tadbirlari tizimi belgilanadi.

J.M.Keyns klassiklarning iqtisodiyotning o‘zini-o‘zi tartiblash mexanizmini tanqid qilib, bozor iqtisodiyotida bunday mexanizm amal qilmasligini, iqtisodiyotni davlat yordamida tartiblash mumkinligini ko‘rsatib, «davlat iste’molga bo‘lgan moyillikka o‘zining rahbarlik ta’sirini qisman muvofiq ravishdagi soliq tizimi, qisman foiz normasini belgilash yo‘li bilan va ehtimol, boshqa usullar bilan o‘tkazishi lozim bo‘ladi», deb yozadi.

J.M.Keyns fikriga ko‘ra, iqtisodiy jarayonlarni davlat tomonidan tartiblanishining samaradorligi davlat investitsiyalari yordamida vositalarni qidirishga, aholining to‘la ish bilan bandligiga erishishga, foiz normasini pasaytirish va belgilashga bog‘liq. Uning ta’kidlashicha, davlat investitsiyalari ular etishmay qolgan sharoitda qo‘shimcha pul chiqarish bilan kafolatlanishi (byudjet kamomadidan qo‘rqmagan holda) kerak, kamomad esa ish bilan bandlikning o‘sishi va foiz normasining pasayishi bilan bartaraf etiladi. Boshqacha aytganda, J.M.Keyns kontseptsiyasi bo‘yicha, ssuda foizi qancha past bo‘lsa, investitsiyalarga bo‘lgan qiziqish shuncha yuqori bo‘ladi, bu o‘z navbatida ish bilan bandlikni oshiradi, ishsizlikni tugatishga olib keladi.

    1. Yangi keynschilik





  1. yillarning ikkinchi yarmida J.M.Keyns nazariyasi asosida yangi keynschilik shakllandi. Uning ancha ko‘zga ko‘ringan vakillari amerkalik E.Xansen (1887-1975), P.Samuelson (1915 y. tug‘ilgan), E.Domar (1914), S.Xarris (1897-1974), R.Solou (1924 y. tug‘ilgan), ingliz R. Xarrod (1900-1978) lar hisoblanadi.

Yangi keynschilikning asosiy tadqiqot ob’ekti makroiqtisodiy miqdorlarning (yalpi talab, yalpi taklif, jamg‘arma) o‘zaro ta’siri hisoblandi. Masalaga bunday yondoshuv tsiklli ishsizlik, inlfyatsiya, iqtisodiy o‘sish muammosini tahlil qilishga yordam beradi.

Yangi keynschilar (E.Domar, R.Xarrod) iqtisodiy o‘sish nazariyasini ishlab chiqdilar. Undagi asosiy muammo – realizatsiya muammosi hisoblanadi. Bu nazariyaga muvofiq, iqtisodiyot dinamik muvozanat holatda bo‘ladi, agar talab ishlab chiqarish resurslaridan to‘la foydalanish imkonini bersa. Talab bog‘liq bo‘lgan milliy daromadning ko‘payishi, ularning fikriga ko‘ra, faqat kapital jamg‘arilishi funktsiyasi hisoblanadi, kapitalga bo‘lgan talab esa, faqat milliy daromadning o‘sish sur’ati bilan aniqlanadi.

Iqtisodiy o‘sishning yangi keynschilik modelida iste’mol va jamg‘arma o‘rtasidagi o‘zaro miqdoriy bog‘liqlik, «multiplikator-akselerator» tizimi asosiy o‘rinda turadi. Iqtisodiy o‘sishning asosiy omillari investitsiya (kapital jamg‘armasi normasi) va ishlab chiqarishning kapital sig‘imi (kapitalning ishlab chiqarilgan mahsulotga nisbati) hisoblanadi.

Yangi keynschilar industriallashtirish paytida kapital sig‘imining o‘sish moyilligini va «etuk iqtisodiyot» davrida pasayishini payqadilar. Jamg‘armaning invesittsiyalardan ortib ketishi iqtisodiyotda korxonalar to‘la quvvat bilan ishlamaslikka va ishsizlikka olib keladi. Investitsiyalarining jamg‘armadan ortib ketishi baholarning o‘sishini keltirib chiqardi.

Yangi keynschilar iqtisodiyotni bilvosita va bevosita tartiblash chora-tadbirlarini ishlab chiqdilar. Bilvosita ta’sir ko‘rsatish usuliga soliq siyosati, byudjet orqali moliyalashtirish, kredit siyosati, tezlashtirilgan amortizatsiyalar kiradi.

J.M.Keyns tomonidan taklif qilingan ssuda foizini tartiblash keng qo‘llanildi. Foiz normasini o‘zgartirish, birinchi navbatda asosiy kapitalga kapital qo‘yilmasini rag‘batlantirish uchun uzoq muddatli kreditlashga nisbatan olib boriladi. Davlat krediti ishlab chiqarishning tarmoq tuzilishini o‘zgartirishda, eksport tarmoqlarini rag‘batlantirishda, iqtisodiyotning qoloq bo‘g‘inlarini qo‘llab quvvatlashda, infratuzilmani rivojlantirishda, texnika taraqqiyotini jadallashtirishda muhim rol o‘ynay boshladi.



Yangi keynschilar multiplikator printsipini akselerator printsipi bilan to‘ldirdilar. Multiplikator printsipi bo‘yicha investitsiya ish bilan bandlikni ta’minlab daromadni oshiradi. Akselerator printsipiga ko‘ra daromadlarning o‘sishi konkret sharoitda investitsiyaning ko‘payishiga olib kelishi ham mumkin. Buning ma’nosi shundan iboratki, daromadlarning ko‘payishi yalpi talabning oshishiga olib keladi, yalpi talabning oshishi esa, ishlab chiqarishning kengaytirilishini taqozo etadi va demak, yangi investitsiyalarga bo‘lgan talab kelib chiqadi. Akselerator daromad o‘sishi bilan kelgusi investitsiyalar o‘simi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi.


Download 242.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent axborot
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
umumiy o’rta
haqida umumiy
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat