J. M. Keyns ta’limoti



Download 242.05 Kb.
bet3/5
Sana25.03.2020
Hajmi242.05 Kb.
1   2   3   4   5

Y=C+I

Bu yerda: Y - milliy daromad;



C - iste’mol xarajatlari;

I - yalpi investitsiyalar.

Bunda J.M.Keyns foydalanilmagan resurslar mavjudligi sharoitida baholar o‘zgaruvchan emas deb mushohada qiladi. Xususan, mehnat bahosi o‘zgarmas deb qaraladi – nominal ish haqi kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy omillar sababli pasayishi mumkin emas. Shu bilan birga muallif bu yerda ishlab chiqarish resurslaridan unumli foydalanish imkoniyatlari ochib berilganligi to‘g‘risida qayd qilib o‘tadi.



Insonning psixologik moyilligi

J.M.Keyns ochib bergan psixologik qonunga ko‘ra, inson daromadlari oshib borishi bilan iste’mol va jamg‘armani ko‘paytirib borishga moyil. Shuning uchun, iste’mol va jamg‘armaning milliy daromadga bog‘liqligi, ularning nisbati muhim ahamiyat kasb etadi. Iste’mol funktsiyasi tenglama ko‘rinishida ifodalanadi:



C=C(Y)

J.M.Keyns tomonidan kashf qilingan asosiy psixologik qonun uning iste’mol funktsiyasini tadqiq qilishda yo‘naltiruvchi omil bo‘ladi. «Asosiy psixologik qonun, - deb yozadi J.M.Keyns, - shundan iboratki, kishilar, odatda, daromadlari ortib borishi bilan o‘z iste’molini ko‘paytirishga moyildirlar, lekin bunda iste’mol darmad ortgan darajada oshmaydi».

Bu hol shu narsani bildiradiki, agar daromad o‘zgarsa iste’mol ham shu yo‘nalishda o‘zgaradi, lekin iste’mol o‘zgarishi daromad o‘zgarishi darajasidan past bo‘ladi. J.M.Keyns iste’mol o‘zgarishi bilan daromad o‘zgarishi o‘rtasidagi nisbatni iste’molga bo‘lgan me’yorli moyillik deb atadi va uni quyidagi formula bilan ifodaladi:

Iste’mol va umumiy daromad o‘rtasidagi nisbatni esa, u iste’molga bo‘lgan o‘rtacha moyillik deb atadi:



J.M.Keyns ochib bergan psixologik qonunga ko‘ra iste’molga bo‘lgan me’yorli moyillik miqdori 0 dan 1 gacha bo‘lgan oraliqda yotadi:



Yuqorida qayd qilib o‘tganimizdek, J.M.Keyns o‘z nazariyasida iste’molga bo‘lgan moyillik tushunchasi bilan birga jamg‘armaga bo‘lgan moyillik tushunchasini ham ilgari surdi. Jamg‘armaga bo‘lgan me’yorli moyillik – bu jamg‘arma (S) miqdori o‘zgarishi bilan uni o‘zgartirgan daromad o‘zgarishi o‘rtasidagi nisbatdir:



Jamg‘armaga bo‘lgan o‘rtacha moyillik esa jamg‘armaning umumiy daromadga bo‘lgan nisbati bilan ifodalanadi:


APS = S

Y
Bu yerda shu narsani qayd qilib o‘tish kerakki, agar umumiy daromad oshsa, unda kishilar ushbu oshgan daromadning bir qismini iste’molga sarflasalar, ikkinchi qismini jamg‘aradilar. Shuning uchun jamg‘arma va iste’mol o‘zgarishlari yig‘indisi daromad o‘zgarishiga teng, ya’ni
C  S  Y
J.M.Keyns nazariyasiga muvofiq, daromadning bir qismini jamg‘arishga bo‘lgan insonning psixologik moyilligi kapital qo‘yilmasini kamaytirishi sababli daromad o‘sishini sekinlashtiradi. Insonning iste’molga bo‘lgan me’yorli moyilligiga kelsak, J.M.Keyns fikri bo‘yicha, u doimiy hisoblanadi va shuning uchun investitsiyalarning ko‘payishi va daromadlar darajasi o‘rtasida barqaror nisbatni keltirib chiqarishi mumkin.

Bu aytilganlar shu narsadan dalolat beradiki, J.M.Keynsning tadqiqot metodologiyasida noiqtisodiy omillar - davlat (ishlab chiqarish vositalariga va yangi investitsiyalarga bo‘lgan iste’mol talabni rag‘batlantiruvchi sifatida) va odamlarning psixologiyasi (xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning o‘zaro munosabatlarini oldindan belgilab beruvchi sifatida) ham iqtisodiy o‘sishda muhim ahamiyat kasb etadi.




Download 242.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent axborot
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
umumiy o’rta
haqida umumiy
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat