82
5.
Qozog’istonda 1 yildan so’ng kutiladigan inflyatsiya darajasi 12 foiz bo’lsa,
O’zbekistonda esa bu ko’rsatkich 8 foiz bo’lsa, bugungi kundagi kurs 1 KZT = 12 UZS
bo’lsa, kursga faqat inflyatsiya ta’sir ko’rsatsa, bir yildan keyingi kursni toping?
6.
Faraz
qilaylik, oltin standart tizimi hukm surmoqda. Dollar 1 untsiya oltin
uchun 20,67 dollar miqdorida qat’iy belgilangan oltin tarkibiga ega, Britaniya funti uchun
1 untsiya 4,25 funt sterlingga teng. Dollarning funt sterlingga
ayirboshlanadigan kursi
qanday?
Faraz qilaylik, siz o’z ixtiyoringizda 100 funt sterlingga ega bo’la turib, almashuv
kursi 1 funt sterling uchun 6 dollarga teng bo’lganda tijorat operatsiyalarini amalga
oshirmoqchisiz. Buyuk Britaniyada qancha miqdorda oltin sotib olish mumkin?
Dastlab
funt sterlingni dollarga almashtirib, so’ngra AQShda qancha miqdorda oltin sotib olish
mumkin? Mazkur oltin Buyuk Britaniyaga olib kelinsa, uni qancha funt sterlingga sotish
mumkin bo’ladi? Dastlabki almashuv kursi qancha muddatga o’zgarmasdan saqlanishi
mumkin? Agar almashuv kursi 1 funt sterling uchun 3 dollarni tashkil qilgan bo’lsa,
mazkur vaziyatlarning qanday bo’lishini izohlab bering.
7.
O‘rta muddatli kredit
Ko‘p tovarlarni eksport qiluvchi Buyuk Britaniyadagi firma hozirgi kunda Lotin
Amerikasiga o‘rta muddatli kredit asosida tovarlarni eksport
qilishni taklif qilmoqda,
biroq u o‘z passivlarining regress bo‘yicha ortib ketishidan xavfsiramoqda.
Quyidagi holatda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan va so‘nggi yillarda asosan
kontinental Evropada ko‘p qo‘llaniladigan ECGD departamentining qoplanmasidan
foydalanmasdan turib bank tomonidan moliyalashtirishning mumkin bo‘lgan
usulini
tasvirlab bering.
O‘z javobingizda importyor uchun uning ustunliklari va kamchiliklari haqida
ma’lumot bering.
8.
Ochiq hisob
«EX Porter Ltd» kompaniyasi yaqinda
EIH bozori tarkibiga kirdi, bu bozorda
ehtimol kompaniyaning sotuv hajmi yiliga 200000 f.st. miqdoridan ortib ketishi mumkin.
Raqobat kurashi tufayli kompaniya ochiq hisob bo‘yicha shartlarni
taklif qilishga va
boshqa valyuta bilan ish yuritishga majbur. Natijada ular ko‘pgina qiyinchiliklarga duch
83
kelishlarini,
shuningdek,
bitimlarni, naqd pullar oqimini kuzatish bo‘yicha ma’muriy
xarajatlar bo‘lishini kutmoqdalar.
Vazifa:
A) eksportyor uchun bunday turdagi bitimlar bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy
muammolarni ko‘rsating.
B) yordam olish uchun bir qancha manbalar mavjud bo‘lsa ham, mijozingizning
ehtiyojlarini, shuningdek, mazkur kutiladigan muammolarni qondira olishi mumkin
bo‘lgan xizmatlarning bir paketini tasvirlab bering.
Har qanday afzalliklar va
kamchiliklarni ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: