J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori tahlili toshkent-2019


-Mavzu. Xalqaro investitsiya bozori



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/112
Sana02.03.2022
Hajmi1,74 Mb.
#478680
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   112
Bog'liq
fayl 2063 20211105

 
6-Mavzu. Xalqaro investitsiya bozori 
6.1. Xalqaro faoliyatni uzoq muddatli moliyalashtirish shakllari 
6.2. Investitsiya loyihalarni uzoq muddatli xalqaro moliyalashtirish 
6.3. Xalqaro lizing operatsiyalari 
 
6.1. Xalqaro faoliyatni uzoq muddatli moliyalashtirish shakllari 
“Uzoq muddatli kredit” atamasi amaliyotda kredit muassasalarining ssudalariga 
aloqador bo‘lib, u odatda, davlat va xususiy korxonalar, banklar tomonidan o‘z qarz 
majburiyatlarini chiqarish orqali milliy hamda jahon ssuda kapitallari bozorlaridan qarz 
mablag‘larini jalb etish shaklida amalga oshiriladi. Uzoq muddatli kredit va qarzlar 
mashina hamda asbob-uskunalar eksportiga, iqtisodiyotning sanoat tarmog‘ida turli yirik 
loyihalarni amalga oshirishga, asosiy kapital orqali takror ishlab chiqarishni 
kengaytirishga xizmat ko‘rsatadi. Yirik kredit muassasalari uzoq muddatli xalqaro 
kreditlarni nazariy jihatdan 40 yilgacha, amalda esa 10-15 yil muddatga taqdim etadilar. 
Kompensatsion bitimlar bo‘yicha kreditlar.
Banklar tovar qiymatiga teng 
bo‘lgan, o‘zaro etkazib berishga asoslangan kompensatsion bitimlar bo‘yicha uzoq va 
qisqa mudatli kreditlarni taqdim etadilar. Korxonani barpo etish va qayta tiklash, tabiiy 
resurslarni o‘zlashtirish uchun mashina va asbob-uskunalarni 8-15 yil muddatga kreditga 
olgani holda qarz oluvchi uni mazkur kredit asosida qurilgan va qurilayotgan korxonalar 


84 
mahsulotlari hisobiga so‘ndirilishini ta’minlaydi. Kompensatsion bitimlarni o‘ziga xos 
xususiyatlari ularning keng qo‘lamli, uzoq muddatli ekanligi hamda eksport-import 
bitimlarini o‘zaro bog‘liqligi bilan ajralib turadi. Kompensatsion bitimlar bo‘yicha 
kreditlar va importyor sotib olinadigan mashina va asbob-uskunalar uchun to‘lov hamda 
tegishli xarajatlarni qoplash uchun tovarlarni qayta eksport qilishdan tushum hisobiga 
o‘zaro bog‘liq bo‘lishadi. Kompensatsion bitimlarni amalga oshirishda odatda 
firma(tijorat) kreditlariga nisbatan uzoq muddatli konsortsial yoki sindikat kreditlar keng 
ko‘llaniladi. Bunday kreditlarni bank konsortsiumlari yoki sindikatlari taqdim etadilar. 
Amaliyotda mazkur holatning yuzaga kelishiga asosiy sabab birinchidan, milliy 
qonunchiliklarda banklar uchun bir qarz oluvchiga ajratiladigan kredit limitini o‘rnatilishi 
bo‘lsa, ikkinchidan banklar kreditlarni taqdim etishda risk darajasini cheklashga harakat 
qilishi hisoblanadi.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish