J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori tahlili toshkent-2019



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/112
Sana02.03.2022
Hajmi1,74 Mb.
#478680
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   112
Bog'liq
fayl 2063 20211105

6.3. Xalqaro lizing operatsiyalari 
Lizing
. Lizing (inglizcha leasing, lease-ijaraga berish so‘zidan olingan) lizing 
beruvchi tomonidan lizing oluvchiga moddiy qimmatliklarni turli muddatlarga ijaraga 
taqdim etilishidir. Lizing operatsiyalari qadimdan mavjud bo‘lib, eramizdan avvalgi 2 
ming yil avval Vavilonda bunday operatsiyalar amalga oshirilgan. Xo‘jalik aloqalarining 
baynalminallashuvi sharoitida ular yangi xususiyatlarini kasb etdi, ularning hajmi, 
foydalanish sohasi ortdi, operatsiyalarning amalga oshirish texnologiyalari takomillashib 
bordi. 1950 yillardan boshlab ular xalqaro amaliyotda qo‘llanildi.
Xalqaro amaliyotda, muddti bo‘yicha asbob-uskunalarni ijaraga berish quyidagi 
turlarga bo‘linadi: 
1.
Qisqa (renting) va o‘rta (xayring) muddatli - 3 yilgacha. Bunda, standart asbob-
uskunalar, ya’ni avtomobillar, traktorlar, temir yo‘l vagonlari va shu kabilar lizingga 
beriladi;
2.
O‘rta va uzoq muddatli (lizing)da sanoat texnologiyasi bilan bog‘liq asbob - 
uskunalar ijaraga beriladi. 
Lizingning yuqoridagi ikki turi o‘rtasidagi farq quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 
-
rentingda shartnomadagi ob’ekt davomli kelishuvlar bo‘yicha ishlatilishi; 
-
uzoq muddatli ijarada esa, ijaraga berilayotgan asbob - uskuna shartnomada 
belgilangan me’yoriy muddatgacha uzluksiz ishlatilishi mumkin. 
Hozir zamonaviy lizing xizmatlari bozorida tuzilayotgan shartnomalarni keng 
tarqalishi - lizing shakllarining ko‘pligi, uning ko‘rsatkichlari tez sur’atlarda o‘sishi bilan 
izohlanadi. Jahon bozorida lizing xizmatlarini asosiy qismi uch markazda joylashgandir. 
Bular: 


93 
1.
AQSh; 
2.
G‘arbiy Evropa; 
3.
Yaponiya. 
Xorijiy investitsiyalarni tovar shaklda jalb etishning bir ko‘rinishi sifatida 
mamlakatda lizing xizmatlarini ko‘payishi iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish sektorini 
rivojlantiradi. Bundan tashqari, xalqaro lizing xalqaro kreditni bir shakli sifatida banklar 
va lizing kompaniyalari o‘rtasida raqobat kuchayishiga turtki bo‘ladi. Bu o‘z navbatida, 
ssuda foizlari tushishiga, va natijada, kapitallarni ishlab chiqarish sohalariga oqib kirishi 
uchun qulay zamin yaratadi.
To‘lov balansi taqchilligi sharoitida mamlakat tashqi qarzdorligiga xalqaro lizing 
operatsiyalarni qo‘shilmasligi, uning tashqi iqtisodiy faoliyatdagi afzalligini ko‘rsatadi.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish