J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori tahlili toshkent-2019


O‘zbekiston Respublikasida korporativ obligatsiyalarni chiqarish



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/112
Sana20.07.2022
Hajmi1,74 Mb.
#828840
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   112
Bog'liq
J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori

8.3. O‘zbekiston Respublikasida korporativ obligatsiyalarni chiqarish 
mexanizmi 
Emitent tomonidan obligatsiyalarni chiqarish agar emitentning ustavida boshqacha 
holat nazarda tutilmagan bo‘lsa, kuzatuv kengashi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. 
Korporativ obligatsiyalar quyidagi shartlarga rioya etgan holda:
a) emitentning bunday obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan 
sanadagi, auditorlik tashkiloti xulosasi bilan tasdiqlangan o‘z kapitali miqdori doirasida;
b) keyingi uch yilda rentabellik, to‘lovga qobiliyatlilik, moliyaviy barqarorlik va 
likvidlilikning auditorlik tashkiloti xulosalari bilan tasdiqlangan ijobiy ko‘rsatkichlariga 
ega bo‘lgan, shuningdek mustaqil reyting bahosini olgan emitentlar tomonidan;
с) investorlarga tegishli mablag‘larning emitentlar tomonidan to‘lanishi bo‘yicha 
to‘lov agentlari vazifasini bajaruvchi tijorat banklari ishtirokida chiqariladi. 
Infratuzilma obligatsiyalari quyidagi shartlarga rioya etgan holda:


134 
emitentning bunday obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan 
sanadagi, auditorlik tashkiloti xulosasi bilan tasdiqlangan o‘z kapitali va chiqarilish 
bo‘yicha qo‘shimcha ta’minot miqdori doirasida;
infratuzilma obligatsiyalarini joylashtirishdan olingan mablag‘lardan O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
qarorida nazarda tutilgan loyihani moliyalashtirish uchun foydalanilsa;
infratuzilma obligatsiyalari bo‘yicha emitentning majburiyatlari ular to‘liq 
muomaladan chiqarilguniga qadar belgilangan tartibda sug‘urtalangan bo‘lsa, chiqariladi.
Davlat korxonalari infratuzilma obligatsiyalarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi bilan kelishilgan holda chiqaradi.
Infratuzilma obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag‘lar alohida bank 
hisobvarag‘ida jamlanadi va emitentning ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat 
qiluvchi kuzatuv kengashi yoki yuqori boshqaruv organi qaroriga ko‘ra sarflanadi. 
Obligatsiyalar ularning egalariga emitentni boshqarishda ishtirok etish huquqini 
bermaydi.
Emitent tomonidan chiqarilgan va so‘ndirilmagan (bekor qilinmagan) barcha 
korporativ obligatsiyalarning nominal qiymati o‘z kapitalining miqdoridan oshmasligi 
kerak. 
Obligatsiya uning olingan vaqtidan qat’i nazar, bir chiqarilish ichida huquqlarni 
amalga oshirishda teng hajmlar va muddatlarga ega. 
Ustav fondining shakllanganiga qadar (tijorat banklari ustav fondining shakllanish 
hollari bundan mustasno), shuningdek, uni to‘ldirish yoki emitentning moliyaviy-xo‘jalik 
faoliyati bilan bog‘liq zararlarni qoplash uchun korporativ obligatsiyalar chiqarishga yo‘l 
qo‘yilmaydi.
Obligatsiyalar hujjatsiz shaklda chiqariladi. 
Foizli, diskontli, yutuqli va maqsadli (foizsiz) obligatsiyalar chiqarilishi mumkin. 
Foizli obligatsiyaning daromadi chiqarilish shartlari bilan belgilanadigan nominal 
qiymati bo‘yicha belgilangan muddatda so‘ndirish va qayd etilgan foizlarni to‘lash 
hisobiga tashkil etadi. 


135 
Diskontli obligatsiyaning daromadi nominal qiymati bo‘yicha belgilangan 
muddatda so‘ndirish hisobiga, bunda daromad sotish bahosi va obligatsiyaning nominal 
qiymati o‘rtasidagi farq hisobiga tashkil etadi. 
Yutuqli obligatsiyalarni chiqarishda nominal qiymatga foiz yoki diskont 
ko‘rinishida belgilangan daromadga qo‘shimcha ravishda muntazam o‘tkazib turiladigan 
tirajlar bo‘yicha yutuq ko‘rinishida to‘lanadigan daromad belgilanishi kerak. Daromadi 
muntazam ravishda o‘tkazib turiladigan tirajlar bo‘yicha yutuq ko‘rinishida 
belgilanadigan obligatsiyalarni chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Maqsadli (foizsiz) obligatsiyalar bo‘yicha daromad tovar (xizmat) ko‘rinishida 
belgilanadi. Qaysi tovar (xizmat) asosida chiqarilganligini ko‘rsatish maqsadli 
obligatsiyalarning majburiy rekviziti hisoblanadi. 
Obligatsiyalarning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlarini muomalaga 
chiqarishga yo‘l qo‘yiladi. 
Bankning berilgan kreditlar va boshqa aktivlarini ta’minlash bo‘yicha qimmatli qarz 
qog‘ozlari mazkur Qoidalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda obligatsiyalar 
ko‘rinishida chiqarilishi mumkin. 
Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi, agar qonun hujjatlarida boshqacha holat nazarda 
tutilmagan bo‘lsa, quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 
a) qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish va tasdiqlash; 
b) risolani tasdiqlash (qimmatli qog‘ozlar ommaviy joylashtirilgan taqdirda); 
с) qimmatli qog‘ozlar chiqarishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish; 
d) qimmatli qog‘ozlar chiqarishni Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysida 
hisobga olish; 
e) qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi axborotni qonun hujjatlari va mazkur 
Qoidalarda belgilangan tartibda oshkor qilish; 
f) chiqarilishdagi qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish; 
g) ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga qimmatli qog‘ozlarni chiqarish natijalari 
to‘g‘risida bildirishnoma taqdim etish. 

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish